Kapitalizmda notoʻgʻri taqsimotning natijalari

732
0

Kapitalizmda notoʻgʻri taqsimotning natijalari

2017 yilda dunyodagi eng boy kishilarning boyligiga yana 1 trillion dollar qoʻshildi. Milliarderlarning boyligini oʻlchaydigan Bloomberg indeksida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 2016 yil 27 dekabrda 4.4 trillion dollarni tashkil qilgan dunyodagi eng boy 500 kishining boyligi 2017 yil 26 dekabrida 5,3 trillion dollarga yetgan. Har kuni boyligiga 2,7 milliard dollar qoʻshilgan boylar 2017 yilda avvalgi yilga qaraganda 4 barobar koʻproq daromadni qoʻlga kiritgani aytilmoqda.

Kapitalistik tuzumda boylarning boyligiga yana-da koʻproq boylik qoʻshilar ekan, boshqa odamlarning faqirliklari va kundalik yashash darajalarining pastligi yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda dunyodagi yeng boy 8 kishining boyligi dunyoning yarim aholisini tashkil qilgan 3,6 milliard kishining boyligi bilan tengligi aniqlandi.

“Kredit Suisse” bankining hisobotida keltirilishicha, kapitalistik tuzumda dunyo aholisining eng boy 1 foiz qismi bilan qolgan 99 foizi oʻrtasida farovonlik farqi kundan kunga ortib bormoqda. Kapitalistik tuzumi faqat katta pulga ega boylarga, yaʼni kapitalistlarga xizmat qiladigan nizom sifatida koʻzga tashlanmoqda. Chunki boy elitaning mol-mulklari kapitalizmning uzoq umr koʻrishini taʼminlaydi.

Markazi Shvetsariyada joylashgan “Kredit Suisse”  nomli xalqaro moliya instituti nashr qilgan soʻngi “Global farovonlik” hisobotiga koʻra, dunyodagi eng boy 1% inson oʻtgan 2000 yilda butun yer yuzidagi xalqlar boyliklarining 45,5 foiziga ega boʻlgan boʻlsa, 2017 yilga kelib bu koʻrsatkich 50,1 foizga koʻtarilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.