Jeenbekov: Markaziy Osiyoda IShID mafkurasining taʼsiri kuchaymoqda

1010
0

Jeenbekov: Markaziy Osiyoda IShID mafkurasining taʼsiri kuchaymoqda

 Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning maʼlum qilishicha, mintaqada IShID mafkurasining tarqalishi kuchaymoqda hamda Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarini yollash boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda.

 “Markaziy Osiyoda IShID va shunga oʻxshash radikal guruhlar mafkurasining tarqalishi kuchaymoqda, faol targʻibot va bizning davlatlar fuqarolarini yollash boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Oʻylashimcha, MDH va KXShT mamlakatlarining faol oʻzaro harakatisiz chegara xavfsizligi sohasida kollektiv xavfsizlikni, davlat chegaralarining ishonchli qoʻriqlanishini toʻla taʼminlay olish hamda zamonaviy chaqiriqlar va tahdidlarning katta qismiga qarshi kurashish imkonsiz”, – deya aytib oʻtdi Jeenbekov MDH davlatlari yetakchilarining norasmiy uchrashuvi davomida.

Turkiston:

Qani edi, Jiyanbekov oʻzi aytayotgan gaplarining mohiyatini oʻzi tushuna olganida! Olamiy kufr sistemasining koʻrsatmasi bilan toʻti qush singari islomiy vahimalar bilan oʻz xalqini qoʻrqitavermagan boʻlarmidi! Afsuski navbatdagi prezidentimiz ham “IShID”ni roʻkach qilib Islom mafkurasiga qarshi pozitsiyani egallab boryapti!

Jiyanbekov kabilarning aqli yetmagan yoki atayin koʻz yumib kelayotgan bir necha misollarni keltirib oʻtsak: Putin “Afgʻonistonda IShID bilan Tolibon oʻrtasida urush kutilyapti” dedi. Tolibon harakati Afgʻonistonda bir necha oʻn yillardan buyon mavjud va faoliyat qilib kelayotgani hammaga maʼlum. Uni Afgʻon xalqi askar bilan taminlab keladi. Lekin “IShID” tashkiloti yaqinda juda tez vaqt ichida paydo boʻldi. Toʻgʻrirogʻi ularni AQSh harbiy vertolyotlar bilan Avgʻonistonga tashib keldi degan xabarlar tarqadi. Aslida ham bu tashkilotning qisqa vaqt ichida birovning yordamisiz bir kancha mamlakat chegarasidan oʻtib, Afgʻonistonda paydo boʻlib qolishi amalda mumkin boʻlmagan ishdir. Dunyoda bunday fovqulodda ishni faqat olamiy taʼsir quvvatiga ega boʻlgan AQShgina bajara oladi. Hatto “IShID”ning har yerdan Turkiya orqali oʻtib, Iroq va Suriyada toʻplanishi ham faqat AQShning taʼsiri va xohishi bilan amalga oshgan edi. Endi, navbat Oʻrta Osiyoni qoʻrqitish yoki uni urush girdobiga tortishga keldi. Ular bu bilan yana AQShning manfaatlarini roʻyobga chiqarib berishga intilishyapti.

Islom mafkurasini biror tashkilotga xoslab boʻlmaydi. Shuningdek, oʻzini islomiy deb atagan shaxs, jamoa yoki jhodiy tashkilot faoliyatini misol keltirib, islomiy mafkuraga baho berib boʻlmaydi! Kufr olami “IShID” dunyoqarashining asosi boʻlgan “takfir” va Shiya oqimiga qarshi nafrat asosidagi tarbiyani hozirgi kungacha Saudiya Arabistoni va boshqa deyarli barcha Arab oʻlkalaridagi islomiy oliygohlarda taʼlim berishda davom etib boryapti. Bir necha oʻn yillagan shu gʻoyriislomiy taʼlim tarbiya berishning oqibatida, yiring fasod toʻplanib tanani yorib chiqqandek “IShID” tashkiloti ummat vujudidan yorib chiqdi! Kufr olami bu kunni uzoq va sabr bilan kutgan edi! Buzuq tafakkur paydo qilib borayotgan ushbu muhit, “IShID”ning paydo boʻlishida asosiy poydevor vazifasini bajarib berdi.

“IShID” Qirgʻizistonda deyarli yoʻq. Qirgʻizistonda sof islomiy mafkura bilan, kufrga asoslangan “moʻʼtadil Islom” oqimi mavjud. Aslida kurash shu ikki robita oʻrtasida boryapti. “IShID”ga qarshi kurash bahonasida yolgʻon vahima koʻtarish bilan bir qatorda Islom mabdasiga qarshi teskari propoganda olib borilyapti. Bu ish davlat vositasida va dunyo sistemasi miqyosida olib borilyapti. Ularning maqsadlari, “IShID”ni buzuqi, vahshiy va gʻoyriinsoniy tashkilot sifatida namoyon qilib, boshqa Islomiy tariqat boʻyicha faoliyat olib borayotgan Hizb va jamoalarni fikran va jismonan jamiyatdan siqib chiqarib yuborishga harakat qilish!

Jiyanbekov yuqoridagi bayonoti bilan kufrning Islom va musulmonlarga qarshi fitna qilish karvoniga qoʻshilganini eʼlon qildi. Toʻgʻrisi bu prezidentdan boshqa pozitsiya kutilgan emas! Lekin bu inson oʻziga Atambayevdan meros qolgan Rossiyaparast yetakchi guruhni, oʻz xalqiga qarshi musulmonlar nomidan tayorlab borayotgan qoʻporuv amaliyotlaridan toʻxtatib qolishidan umid qilamiz!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.