Sobiq muftiy Jalilov ikkinchi marta tergovga chaqirildi
Bishkek shahar militsiyasi sobiq muftiy Chubak Jalilovni bugun yana tergovga chaqirdi. Bu haqida uning advokati Akin Toktaliyev “Azattыk” radiosiga maʼum qildi.
– Chubak Jalilovga chaqiruv qogʻozi Bishkek shahar militsiyasining tergovchisi Oktyabrь Makenbayevning nomidan kelgan. Ular Jalilovni ikkinchi ayolga uylangani masalasida avval ham tergovga chaqirishgan edi. Tergovchilar sobiq muftiydan “ikkinchi ayolga uylanganim haqidagi maʼlumot yolgʻon”, deb aytishni talab qilishmoqda, – dedi Toktaliyev.
Jalilov 3 dekabrь kuni ham Bishkek shahar tergovchilari tarafidan soʻroq qilingan. Toktaliyevning aytishicha, sobiq muftiy olti soat soʻroq qilingan, biroq militsiya uni ikki soat soʻroq qilganini aytmoqda.
Oʻtgan hafta Chubak hoji Jalilovning ikkinchi ayolga uylangani haqida video bayonoti tarqagan edi. Video tasvirda Jalilov “Men uylandim. Ammo birinchi ayolim bilan ajrashganim yoʻq. U biroz hafa boʻlib turibdi. Uning xafa boʻlishga va qizgʻanishga haqqi bor. Men Turkiyada bola boquvchilik qilib yurgan, 30 yoshdan oʻtib qolgan beva ayolga uylandim”, deya maʼlum qildi.
Uning bu gaplariga “Jogorku Kenesh”dagi ayrim deputat ayollar qarshilik koʻrsatib, huquqiy baho berishni talab qilishgan. Jinoyat kodeksining 153-moddasiga binoan, ikki yoki undan ortiq ayolga uylangan kishilar, yaʼni ikki yoki undan ortiq ayol bilan birga yashagan kishilar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.
Turkiston:
“Azattыk” axborot agentligining yuqorida tarqatgan maqolasiga koʻra, militsiya Chubak hoji Jalilovni ikkinchi marotaba soʻroqqa chaqirib, tergov qilgan. Avvalroq, inson huquq himoyachisi Aziza Abdurasulovaning Chubak hojining bayonoti ustidan prokraturaga bergan arizasiga javob qaytargan organ xodimlari, “Chubak hojining bayonotida hech qanday jinoiy element yoʻq ekan” deb rasmiy javob bergan edi. Oradan bir necha kun oʻtib, ular xuddi ashaddiy jinoyatchini qoʻlga olgandek, qurollangan guruh bilan kelib, Chubak hojini uyidan mahkamaga olib ketishgan. Mahkamada uni 6 soat noqonuniy tergov qilishgani haqida, uning advokati Akun Toʻxtaliyev matbuot orqali xabar tarqatdi. Toʻxtaliyevning taʼkidlashicha, organ xodimlari rasmiy munosabatlarini birdan oʻzgartirib olganlarini va oʻzlarining bu keskin muomalalarini, yuqoridan berilgan buyruq bilan izohlashgan. 4 dekabr kuni “sputnik”- Bishkek ShIIMga Chubak Jalilov “Men u ayolni sevgilim deganman. Shuningdek u bilan jamoiy ham, rasmiy ham, nikohda boʻlgan emasman. Meni faqat bitta ayolim bor” deb koʻrsatma bergani haqida maʼlumot tarqatdi.
Chubak hoji hukumat odamidir. U hatto hozirda oʻzini aybga tortmoqchi boʻlib turgan parlamentni majlisu shoʻroga taqqoslab, unga sharʼiy tus bermoqchi boʻlgan. Parlamentdagi partiyalarning deyarli hammasiga saylovda duo berganini oʻzi eʼlon qilgan. Qolaversa hozirgi prezidentni saylovda ochiq qoʻllashini bayon qilgan edi. Koʻpxotinlik masalasi Chubak hojining muammolaridan kelib chiqqani yoʻq. Ummat Gʻarbning ilmoniy kufr mafkurasiga qarshi boʻlgan islomiy mafkuraning ijtimoiy muammolarni hal qilishdagi (koʻpxotinlik kabi) sharʼiy muolajasini tanlay boshlagani sababli Gʻarbparast kuchlarning bosimi ostida qolgan hukumat keskin muomalalar paydo qilmoqda.
Yaʼni ularning tinchini buzgan narsa shuki, odamlar oʻzaro ijtimoiy aloqalaridan kelib chiqayotgan muammolarida, Gʻarbning nikohsiz oʻynash qilib olish “echimi”ni inkor qilib, hukumat nazarida noqonuniy boʻlsa ham, sharʼiy nikoh bilan bir nechta ayollarga uylanishni tanlay boshlamoqda. Shuning uchun ular Chubak hojini, sharʼiy uylangan nikohidan voz kechdirib, “shunchaki oʻynashim edi” degan koʻrsatma berish bilan jonini saqlab qolishga undashmoqda.
Chubak hoji “bu gap yoki koʻrsatma bilan ham sharʼiy nikoh saqlanib qolaveradi” degan pozitsiyada turib, organ xodimlari bilan kelishgan holda, oʻzlaricha sharʼiy hiyla qilib, vaziyatdan chiqib ketishi mumkin. Lekin Chubak hoji bilib yoki bilmay islomiy qadriyatni jamiyatga juda chiroyli koʻtarib chiqmoqda! Endi bu islomiy qadriyatni oliy qilishi va bu yoʻlda aziyatlarga sabr qilib, turib berishi qoldi! Insha Olloh bu birodar oʻzining islomiy pozitsiyasida mahkam turib, jamiyatimizdagi bu sharʼiy yechimni urfga aylanishiga katta hissa qoʻshib, ajrini oladi deb umid qilamiz! Lekin bu ish qaysi tomonga va qanday ahvol bilan yechilmasin, koʻpxotinlik ijtimoiy muammoning Islomiy muolajasi deb iymon keltirganmiz. Kufr bizni, har qanday nosharʼiy qonunlari bilan jilovlashga va zinoga yoʻnaltirishga harakat qilmasin, biz Islom va uning Ilohiy qadriyatlarini hayotimizda amalda asos qilib boraveramiz insha Olloh!!!