Qirgʻiziston va Qozogʻiston prezidentlari uchrashdi
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev Qirgʻiziston prezdenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi. Siyosatchilar Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT)ning Minskda boʻlib oʻtgan sammiti vaqtida uchrashgan.
24.kg tarqatgan xabarga koʻra, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari, xususan, chegaradagi vaziyat bilan bogʻliq masalalarini muhokama qilishgan. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev barchaga chegaradagi vaziyat maʼlumligi haqida gapirgan.
“Shuning uchun biz shunday qarorga keldik: hukumatlarimiz tomonidan tuzilgan yoʻl xaritasi bor, biz uni yana qayta koʻrib chiqamiz. Ikki davlat ishchi guruhlari buni muhokama etishadi va bu yoʻl xaritasini imzolashadi”, – degan Nursulton Nazarbayev.
U Qozogʻiston ham, Qirgʻiziston ham chegarada nazorat oʻrnatishini qayd etib oʻtgan. Shuningdek, YeII vakillari yuklar oʻtkazilishini nazorat qiladi.
Xuddi shunday tekshiruvlar Xitoy bilan chegarada ham oʻtkaziladi. Nursulton Nazarbayevning maʼlum qilishicha, u Sooronbay Jeenbekovni oʻz mamlakatiga taklif etgan.
“Biz mavjud masalalar boʻyicha gaplashdik va bir toʻxtamga keldik. Ikki davlat hukumati dekabrь oyi mobaynida oʻzaro munosabatlardagi masalalar boʻyicha yoʻl xaritasining yakuniy koʻrinishini ishlab chiqishi zarur. Shunda koʻplab muammolar hal etiladi. Chegaralar bu yoʻl xaritasi imzolanishidan avvalroq ham ochiladi. Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha barcha vazifalar va masalalar kelishilgan muddatda hal etiladi”, – deya qayd etgan oʻz navbatida Sooronbay Jeenbekov.
Turkiston:
2013 yili Karimov rejimi, Qirgʻizistonning janubiga Oʻzbekistondan oqib keluvchi tabiiy gazni toʻxtatib qoʻygan edi. Natijada 2014 yili Rossiya Qirgʻiziston gaz tarmogʻini butunicha 1 dollorga sotib olib, oʻzining “Gazprom” kompaniyasiga bergan edi. Endi esa Qozogʻiston Yevro Osiyo ittifoqi orqali Qirgʻizistonning Oʻzbekiston, Tojikiston va Xitoy bilan oʻrtasidagi chegara nazoratini Ruslarga olib bermoqchimi?!
Sobiq prezident Almazbek Atambayev oʻzi uchun yangi yetakchi guruh tuzub olish va unga doimiy taʼsir oʻtkazib tura oladigan sharoit paydo qilib olish orqali qanday boʻlmasin, saltanatni qoʻlida ushlab qolish maqsadida Qirgʻiziston mamlakatining juda katta manfaatlarini Rossiya va yana boshqa mamlakatlarga berib yubordi. Endi tashqi kuchlar Jiyanbekov orqali yana Qirgʻiziston manfaatlariga koʻz tika boshlashyapti. Chunki Jiyanbekovni hali oʻzining kamandasi yoʻq. U ham Atambayev avvalida muvaqqat hukumatga tayanganidek, hozircha Atambayevning yetakchi guruhiga tayanib turishga majbur. Lekin bu holat yangi yildan keyin oʻzgara boshlaydi. Yangi konstitutsiya ishga tushishi bilan, bosh vazirlik bilan prezidentlik ikkita boshqaruv aparatiga aylanadi. Demak tashqi kuchlar Jiyanbekovning zaifligi va oʻzining yetakchi guruhiga muhtoj ekanligidan foydalanib, uni qoʻllab yuborish orqali hokimiyatdagi taʼsirini kuchaytirishga vaʼda berib, mamlakat manfaatlariga tajovuz qilishga harakat qilishadi.