Riyodda terrorizmga (Islomga) qarshi yigʻilish tashkil qilindi

811
0

Riyodda terrorizmga (Islomga) qarshi yigʻilish tashkil qilindi

41ta Islomiy oʻlkaning mudofaa vazirlari terrorizmga (Islomga) qarshi kurashish maqsadida tuzilgan “Islomiy Harbiy ittifoq” yigʻilishiga ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida toʻplandi. Yigʻilishda “Islomiy harbiy ittifoq”qa aʼzo davlatlarning mudofaa vazirlari “terrorizm”ga va “ekstremizm”ga qarshi kurashish uchun keragicha kuch sarflashga tayyor ekanligi qayd etildi.

Taxminan yarim kun davom etgan yigʻilish “Terrorizmga (Islomga) qarshi hamkorlik” asosida amalga oshirildi hamda terrorizmga (Islomga) qarshi kurashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Terrorizmga (Islomga) qarshi tashkil qilingan “Islomiy harbiy ittifoq”ning bosh kotibi General Abdulilah al-Solih ittifoqning strategiyasi, faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot berdi.

Yigʻilishda ishtirok etgan jahon musulmonlari uyushmasining bosh kotibi doktor Muhammad al-Iso esa mafkura haqida gapirib, agressiv radikal gʻoyalarga toʻxtaldi. Muhammad Al Isoning bildirishicha, “terrorizm” faqat birgina xavfsizlik masalasi emas, balki mafkuraviy masaladir.

Saudiya Arabistonining Valiahdi Muhammad ibn Salmon ham yigʻilishning ochilish nutqida, 40dan ortiq davlatlar terrorizmga (Islomga) qarshi kurash uchun harbiy, siyosiy, moliyaviy jihatdan birgalikda ish yuritishlari lozimligini taʼkidladi.

“Bugungi holatimiz terrorizmga qarshi kurashda birgalikda harakat qilish zarurligini koʻrsatmoqda”, dedi Saudiya Valiahdi.

Terrorizmga qarshi kurash bahonasida “Islomiy harbiy ittifoq”ning tashkil qilinishi Saudiya Arabistoni tomonidan 2015 yil dekabr oyida eʼlon qilingan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.