Netanyahu: Arab davlatlari bilan maxfiy aloqalarimiz mavjud

535
0

Netanyahu: Arab davlatlari bilan maxfiy aloqalarimiz mavjud

(Isroil) bosh vaziri Binyamin Netanyahu (Isroil)ning arab davlatlari bilan parda ortida yuritilayotgan hamkorliklari yaxshi samara berayotganini bildirdi. Netanyahu bu haqida (Isroil) asoschisi David Ben-Gurion vafotining 44 yilligi munosabati bilan Gʻarbiy Quddusda tashkil qilingan marosimda maʼlum qildi.

“Arab davlatlari bilan samarali hamkorligimiz koʻpincha yashirin tarzda olib borilmoqda. Men bu munosabatlarning yanada rivojlanishiga va tinchlik doiralarini kengaytiradigan mevalarini berishiga ishonaman. Va bora-bora shunday boʻladi ham, chunki parda ortida davom etayotgan hamkorligimiz shundan darak bermoqda”, “Kim bizni nishonga olsa, biz uni otib tashlaymiz. Kimki bizni yangidan qatliom qilishga harakat qilsa, oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan boʻladi”, dedi (Isroil) bosh vaziri.

Shuningdek, (Isroil) energetika vaziri Yuvalь Shtaynits ham Saudiya Arabistoni bilan (Isroil) oʻrtasida yashirincha aloqa borligini bildirdi. Shtaynitsga koʻra, ikki davlat oʻrtasidagi aloqaning maxfiyligi arab hukumatlarining talabidir.

“Bizning bir necha musulmon va arab davlatlari bilan yashirin aloqalarimiz mavjud. Bu aloqalarning maxfiy tutilishi bizning talabimiz emas, balki oramizdagi aloqalarni sir saqlash ularning istagidir. Biz uchun muammo yoʻq, lekin biz qarshi tarafning xohishini hurmat qilamiz. Shuning uchun biz uni sir saqlaymiz”, dedi Shtaynits.

Oʻtgan hafta, (Isroil) bosh shtab boshligʻi Gadi Ayzenkot Saudiya Arabistonining “Ilafa” gazetasiga bergan intervyusida, (Isroil) hukumati Saudiya Arabistoni va boshqa moʻʼtadil arab davlatlari bilan tajriba va razvedka maʼlumotarini almashishga tayyorligini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.