Sooronbay Jeenbekov prezidentlik lavozimiga kirishdi

454
0

Sooronbay Jeenbekov prezidentlik lavozimiga kirishdi

 Qirgʻizistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov qasamyod qabul qildi va rasman mamlakat prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi. U respublikaning beshinchi prezidenti boʻldi.

 Qirgʻiziston prezidentlik saylovi 15 oktyabrda boʻlib oʻtgan edi. Sobiq bosh vazir Jeenbekov hukmron Sotsial-demokratik partiyadan nomzodini ilgari surgan, ovoz berish jarayonida bevosita ishtirok etgan 56 foiz saylovchining 54 foizidan ortigʻi uni qoʻllab-quvvatlagan edi.

 Tantanali marosim Bishkek yaqinidagi “Ala-Archa” davlat qarorgohida boʻlib oʻtdi. Unda 450 faxrli mehmon ishtirok etgan.

 Jeenbekov, tantanali ravishda “davlat rahbari vakolatlarini adolat bilan ado etishlikka, inson va fuqaro huquqlarini muhofaza qilishga, konstitutsiyaga qatʼiy amal qilishga, xalq birligi, davlat yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilishga” qasamyod qildi.

 Shundan soʻng, MSK rahbari Nurjan Shayldabekova unga prezidentlik guvohnomasi, koʻkrak nishoni va prezident shtandartini taqdim etdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.