Atambayev Qirgʻiziston prezidenti sifatida soʻnggi safarga joʻnab ketdi
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyaga oʻzining bu lavozimdagi soʻnggi tashrifini amalga oshiradi. U RFda VI Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi ochilish marosimida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.
Taʼkidlanishicha, Atambayev Rossiyaga prezidenti Vladimir Putinning taklifiga koʻra joʻnab ketgan.
Qirgʻiziston prezidenti tashrif davomida forumning ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, Putin bilan uchrashadi.
Bu Atambayev uchun Qirgʻiziston prezidenti lavozimiga eng soʻnggi safarga aylanadi. Eslatib oʻtamiz, 24 noyabr kuni Qirgʻizistonda mamlakatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiyasi boʻlib oʻtadi.
Turkiston:
Atambayev milliy kengash majlisidagi soʻzlagan nutqida, Qirgʻiziston yangi elitasiga bir necha oʻn yillik yoʻllanma koʻrsatgandek bayonot berdi. Qozoq prezidenti haqida gapirayotib, “men hech kim oldida tiz choʻkmayman sizlar xam tiz choʻkmanglar”, deb yangi hokimiyatga buyruq ohangida uqtirib oʻtdi. Lekin, Qirgʻiziston Yevro Osiyo ittifoqidan hecham chiqmasligini ham taʼkidlab oʻtdi.
Atambayev, prezidentlikdan ketishi bilan hokimiyat tizginini oʻz qoʻlida ushlab qolmoqchi. Buning uchun uni Rossiya qoʻllab yuborishi oʻta muhim. Nazarbayev esa aksincha, Atambayev prezidentlikdan ketishi bilan uning Qirgʻiz elitasiga boʻlgan taʼsirini yoʻq qilmoqchi. Demak Atambayev Putinga oʻzining shaxsiy manfaati uchun, Qirgʻiziston mamlakatining biror muhim manfaatini “tuhfa” qilishi kutilayapti!