Saudiya muftiysi: (Isroil)ga qarshi jang qilish joiz emas

604
0

Saudiya muftiysi: (Isroil)ga qarshi jang qilish joiz emas

Saudiya Arabistoni muftiysi va ulamolar kengashi raisi Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh Oli Shayx kutilmagan fatvo chiqardi. Uning bu fatvosi (Isroil) tomonidan yuqori baholandi. Saudiya muftisining fatvosiga koʻra, Isroil xalqiga, yaʼni yahudiylarga qarshi jang qilish joiz emas.

Mahalliy televizion kanali orqali chiqish qilgan Saudiya muftiysi Abdulaziz Oli Shayx tomoshabinlarning “oʻtgan iyul oyida Masjid ul-Aqsoda roʻy bergan voqealar” haqidagi savollarga javob berar ekan, “(Isroil) xalqiga qarshi jang qilish joiz emasligi, Hamasning terrorchi tashkilot ekanligi va Hizbullohga qarshi (Isroil) qoʻshinlari bilan hamkorlik qilish mumkinligi haqida fatvo berdi.

Bu fatvodan boshi osmonga yetgan (Isroil) aloqa vaziri Ayub Kara Saudiya Arabistoni muftiysi va ulamolar kengashi raisi Abdulaziz Oli Shayxni tabriklab, uni (Isroil)ga taklif qildi.

Asli duruzlardan kelib chiqqan Ayub Qora Tvitter ijtimoiy tarmogʻidagi oʻzining rasmiy sahifasi orqali quyidagi xabarni tarqatdi: “Yahudiylarga qarshi jang qilishni va ularni oʻldirishni taʼqiqlagan fatvolari tufayli Saudiya Arabistoni muftiysi va ulamolari kengashi raisi Shayx Abdul Aziz Oli Shayxni tabriklayman. Oli Shayx Hamasning terrorchi tashkilot ekanligini va Falastin xalqiga zarar yetkazganligini, Aqsoda oʻtkazilgan namoyishlar xalqning tuygʻularini qoʻzgʻab, maftunkor soʻzlar bilan odamlarni oʻziga ogʻdirish ekanligini va Hizbullohni yoʻq qilish uchun (Isroil) armiyasi bilan hamkorlik qilish mumkinligini bidirdi. Men muftiyni (Isroil)ga taklif qilmoqchiman, yuqori darajada hurmat bilan kutib olinadi”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.