Tojikistonda harbiy oʻquv mashgʻulotlaridagi otishma vaqtida aholi uylari zarar koʻrdi

944
0
????????????????????????????????????

Tojikistonda harbiy oʻquv mashgʻulotlaridagi otishma vaqtida aholi uylari zarar koʻrdi

 Shahrituz tumanidagi poligonda otishma vaqtida uchta uy zarar koʻrdi. Oʻqlar nishonni chetlab oʻtdi va tinch aholi vakillarning uyiga kelib tushdi. Hodisa 11 noyabr kuni, “Harbmaydon” poligonida KXShTning “Jangovar biradorlik-2017” tezkor-strategik qoʻshma mashqlari boshlangan kunning ertasiga yuz berdi. Mahalliy rasmiylarning maʼlum qilishicha, hodisa oqibatida tuman aholisidan hech kim ziyon koʻrmagan. Bu haqida “CA-NEWS” xabar berdi.

 Ittifoq qishlogʻida yashovchi Saida Qurbonovaning aytishicha, oʻqlardan biri uning besh nafar farzandi televizor koʻrib oʻtiradigan xonaga kelib tushgan.

 “Baxtimizga, oʻsha kuni qishlogʻimizda elektr yoʻq edi va shu sababli ham bolalar men bilan oshxonada edi. Otilgan oʻq tufayli uyimizning devori, boloxonasi va tomida teshik qoldi”, -deydi Saida Qurbanova.

 Uning eri Muhiddin Qurbonovning aytishicha, yetib kelgan askarlar uyning yertoʻlasidan yana bitta oʻq topishgan.

 Xolmatov nomli qishloq kengashi raisi Abdurahim Oʻrinovning aytishicha, hukumat Qurbonovlar oilasiga yetkazilgan zararni qoplaydi. Uning soʻzlariga qaraganda, maxsus komissiya uyga yetkazilgan zarar 2 ming somoni deya belgiladi.

 Favqulotda vaziyatlar va fuqaro mudofaasi Shahrituz tuman shtabning maʼlum qilishicha, otishmadan tuman markazidagi ikkita uy zarar koʻrgan.

 Shtab rahbari Said Boronovning soʻzlariga qaraganda, Tojikiston-Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi “Harbmaydon”  poligonida KXShTning qoʻshma mashqlari vaqtida otilgan oʻqlar aholining uylariga borib tushgan. Uning aytishicha, harbiylar aholiga uylar tank qurollaridan otilgan snaryadlardan zarar koʻrganini maʼlum qildi.

 Soʻnggi oʻn yillikda Tojikistonda harbiy mashqlar vaqtidagi daydi oʻqlardan 11 nafar tinch aholi vakili halok boʻlgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.