Istanbulda yana 9 nafar muhojir qamoqqa olindi

762
0

Istanbulda yana 9 nafar muhojir qamoqqa olindi

Istanbul politsiya boshqarmasining Anti-terror boʻlimi yarim tunda Istanbulning Zaytunburni, Tuzla, Umraniya, Bayrampasha, Bashakshahar va Esenyurt tumanlarida bir vaqtning oʻzida “terrorga” qarshi kurash amaliyoti oʻtkazdi. Amaliyot doirasida Turkiyadan boshpana topgan 9 nafar muhojirlar hibsga olindi. Ulardan 5tasi yosh bola! Bu insonlar Turkiston-Der jamiyatining aʼzolaridir.

Qoʻlga olingan shaxslar tergov ham qilinmay, deport qilish uchun Turkiya xavfsizlik idorasining migratsiya boʻimiga yuborildi. Mahbuslar orasida oʻtgan yili qamoqqa olinib, migratsiya boʻlimida koʻzi yorigan va migratsiya boshqaruv markazi rahbarining buyrugʻi bilan qoʻyib yuborilgan Dilafruz Shamsidinova va uning 3 farzandi ham bor.

Turkiston-Der jamiyatining rahbari Burhon Qovunchi hibsga olingan kishilarning IShIDga aloqasi yoʻqligini bildirdi. Qovunchiga koʻra, bu amaliyotlar muhojirlarga nisbatan davlat zulmidir.

“Bu insonlarni hibsga olganlar ularning IShIDga aloqasi yoʻqligini yaxshi bilishadi. Ular hech tergov qilinmagan holda migratsiya maʼmuriyatiga topshirilmoqda. “Terrorizm bilan bogʻliq boʻlishi mumkin”, deya taxmin ham qilib qoʻyishadi. Bu ishlar Turkiyaning Turkistonlik musulmonlarga nisbatan zulmi sifatida tarixda qoladi”, dedi Qovunchi.

Turkiyada rasman yashash manzillari va ish joylariga ega boʻlgan Sharqiy Turkiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikistondan kelgan muhojirlarga qaratilgan amaliyotlar natijasida qoʻlga olingan kishilar Xitoy va Rossiya bilan tuzilgan “terrorchilarga qarshi kurash” shartnomasiga binoan oʻz yurtiga qaytarib yuborilishi uchun migratsiya idorasiga topshirilmoqda. Ularga nisbatan oʻz yurtlarida qanday muomala qilinishi hech kimga sir emas. Ayniqsa Xitoy va Rossiyada Islomiy tuygʻularga ega Musulmonlar terrorchi sifatida koʻriladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.