Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini tahdidlarga qarshi birlashishga chaqirdi

760
0

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlarini tahdidlarga qarshi birlashishga chaqirdi

 10 noyabr kuni Samarqand shahrida BMT shafeligida “Markaziy Osiyo: bir oʻtmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va oʻzaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferentsiyasi oʻz ishini boshladi. Tadbirda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm, terrorizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik harakatiga qarshi kurashning yagona samarali yoʻli – mamlakatlararo oʻrnatilgan tartibda axborot almashinuvi ekanini bildirdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 “Bizning nazarimizda, tahdid va mavjud xavfni “tashqi va oʻzniki” sifatida ajratish gʻoyasidan voz kechish lozim. Xavfsizlik masalasi BMT tomonidan tan olingan preventiv diplomatiya doirasidagi instrumentlar orqali hal etilishi va nazoratga olinishi lozim. Mintaqada barqaror tinchlik sharoitining kelgusi taqdiri bevosita Afgʻonistonda erishilgan natijaga bogʻliq. Shuning uchun, taʼkidlab oʻtaman, Oʻzbekiston qoʻshni mamlakatlar bilan iqtisodiy sherikchilikni, transport va logistika, milliy kadrlarni tayyorlashda oʻzaro hamkorlikni davom ettiradi”,- dedi prezident.

 Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, mintaqada barqarorlikni taʼminlashning eng ustuvor masala – ekstremistik gʻoyalarga qarshi samarali kurash olib borish, shuningdek, uning taʼsiriga tushib qolayotgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlay bilishdan iborat.

 “Aholining tarkibi boʻyicha Markaziy Osiyo eng yosh mintaqa hisoblanadi. Yoshlar umumiy aholining 60 foizini tashkil qiladi, bu esa jahondagi oʻrtacha koʻrsatkichdan yuqori”,- deb qoʻshimcha qilgan Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, oʻz nutqida, prezident BMT minbarida Oʻzbekiston tomonidan “Yoshlar huquqlari toʻgʻrisida”gi Konventsiyani qabul qilish taklif bildirilganini qoʻshimcha qildi.

 “Bizning bu yoʻlda birlashib, harakatlanishimiz, yoshlarni yomon yoʻlga adashib qolishdan asrash borasida kuchli belgi boʻladi. Bu bilan adashgan kishilarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni normal hayotga qaytarishda birlashganmizni bildiramiz”,- deydi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.