Rossiyada Qirgʻiziston haydovchilik guvohnomalari taqiqlanishi mumkin

785
0

Rossiyada Qirgʻiziston haydovchilik guvohnomalari taqiqlanishi mumkin

 Rossiyada Qirgʻizistonda berilgan haydovchilik guvohnomalari boʻyicha mashina boshqarishni taqiqlovchi qonun loyihasi Davlat dumasiga kiritildi. Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan vitse-spiker Igor Lebedev shunday tashabbus bilan chiqdi.

 “26 oktyabrь kuni Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Oktyabrь inqilobi kunini Tarix va ajdodlar xotirasi kuniga oʻzgartirish haqidagi farmonni imzoladi. Uni nishonlash chogʻida 1916 yildagi Rossiya imperiyasiga qarshi qoʻzgʻolon hodisalari sharaflanadi. Bizning fikrcha, Qirgʻizistonning bunday nodoʻstona qadami tufayli avval qabul qilingan baʼzi qarorlarni qayta koʻrib koʻrish zarurati paydo boʻldi. Xususan, tadbirkorlik va mehnat faoliyatini amalga oshirish chogʻida milliy hamda xalqaro haydovchilik guvohnomalari asosida transport vositalarini boshqarishga qoʻyilgan taqiq ham shular jumlasidan”, – deya tushuntirish berdi  Igor Lebedev.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iyulь oyida Qirgʻiziston fuqarolariga RFda transportda, Rossiya haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan holda ishlashni ruxsat beruvchi qonunni imzolagan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.