Qozogʻiston “yoʻl haritasi”ni imzolamadi
Erevan shahrida oʻtkazilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari hukumatlararo kengash yigʻilishida Qozogʻiston bosh vaziri Bakitjon Sagintayev qozoq-qirgʻiz chegarasidagi vaziyatni hal qilish boʻyicha “yoʻl xarita”ni imzolamadi. Bu haqida “Sputnik” nashri xabar berdi.
Ushbu qaror xolisonaligi boʻyicha Qozogʻiston va Qirgʻiziston amaldorlarining fikrlari boʻlinib ketdi.
“Nur Otan” partiyasi jamoatchilik instituti direktori oʻrinbosari Vladimir Telьnov Qozogʻiston hukumatining qarori mantiqiy deb hisoblaydi.
“Qirgʻiziston bizdan barcha qoidalarni juda qatʼiylik bilan bajarishni talab qilgandan keyin, aslida ularni hech kim buzishni istamagan, Qozogʻiston tomonining reaktsiyasi iqtisodiy bitimlar qanday ijro etilayotganligiga qaratilgan. Toʻgʻri, ular imtiyozga ega. Ularda Xitoyga olib kirish narxi bir necha baravar (25 foiz)ga arzon, demak ular Xitoy tovarlarini faqat oʻzida ishlatish majburiyatini oladilar. Negadir ular ushbu mahsulotlarni ichki davlat ehtiyojidan 5 baravar ortiq olib kiradilar. Bu tovarlar hammasi qayerga ketmoqda? Tushunarli qayerga”,- deb taʼkidladi Sputnik Qozogʻistonga Vladimir Telьnov.
Erevanda oʻtkazilgan yigʻilishda Qozogʻiston bosh vaziri Bakitjan Sagintayev quyidagi raqamlarni aytib oʻtdi. Jumladan, Xitoy maʼlumotlariga koʻra, Xitoydan Qirgʻizistonga import hajmi 2,6 milliard dollarni tashkil qilgan. Qirgʻiziston hisobotlarida esa 900 million dollar qayd etilgan. Uning fikriga koʻra, Qirgʻizistonga Xitoyda ishlab chiqarilgan kiyim kechak va poyabzal Rossiya va Qozogʻistonga qaraganda koʻproq olib kiriladi.
Qozogʻiston bosh vaziri yigʻilishda Qirgʻizistonning bojxona maʼmurchiligi kuchsiz ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Buning oqibatida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq davlatlari qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2,68 milliard dollar yoʻqotilgan. Sagintayev soʻzlariga koʻra, chegarada koʻrilayotgan choralar Qirgʻizistonga qarshi emas va yuk tashuvchilarning qoidabuzarliklarini aniqlashga qaratilgan.