“U terrorchi emas, chunki u amerikalik”
Kuni kecha AQShning Nevada shtatida joylashgan Las-Vegas shahridagi musiqa festivalida amalga oshirilgan qurolli hujum Amerika Qoʻshma Shtatlari tarixida hozirgacha eng koʻp oʻlimga sabab boʻlgan qurolli hujum sifatida qayd etildi. Hujumda kamida 59 kishi halok boʻldi, 527 kishi jarohatlandi.
Politsiya hujumchining Nevada shtatida yashovchi 64 yoshli Stiven Paddok ismli oqtanli amerikalik ekanligini tasdiqladi. Las-Vegas politsiya boshligʻi Jozef Lombardo matbuot anjumanida hujumchining voqea joyida politsiya tomonidan otib oʻldirilganlini bidirdi.
Eʼtiborli joyi shundaki, bu hujum – garchi AQSh tarixida eng koʻp oʻlimga sabab boʻlgan qurolli hujum boʻlsa ham – AQSh tarafidan “terror akti emas”, deb eʼlon qilindi. AQSh markaziy razvedka agentligi tarafidan berilgan bayonotda bu ishning terrorga aloqasi yoʻqligi maʼlum qilindi. AQSh federal tergov byurosidan berilgan bayonotda ham hujumchining hech bir terror tashkiloti bilan aloqasi yoʻqligi aniqlanganligi qayd etildi. Vashington ichki xavfsizlik boʻlimi mazkur hodisada terror shubhasi yoki hujumchining terrorchilar bilan hamkorligiga doir biror dalil topilmaganligini eʼlon qildi.
Turkiston:
Xabarlarda aytilishicha, Paddokning uyida oʻtkazilgan tintuvda uning uyida qurol-aslaha ombori mavjudligi aniqlangan. Shunday boʻlsada AQShning nazarida u terrorchi emas va u amalga oshirgan hujumning ham terror amaliyotiga hech qanday aloqasi yoʻq, chunki bu hujumni AQSh fuqarosi amalga oshirdi, buning ustiga u oq tanli.
“Terrorizm” kufr termini boʻlib, ular: – “tinch aholini hayotiga xavf solish yoki ularni doimiy qoʻrquvda ushlab turish” deb taʼrif berishadi. Lekin bu kufr termini ekanligi sababli, ular bu terminni oʻzlari uchun emas, olamda kufrga qarshi yagona mabdaiy Ilohiy sistema boʻlgan Islom diniga qarshi foydalanish uchun oʻylab topishgan.
Demak ularning “terrorchi” degan termini tinch aholiga tahdid qilgan, ularni ommaviy qatl qilgan yoki xalqni doimiy qoʻrquvda ushlab turgan shaxs, davlat, yoki harbiy kuchlarga tegishli boʻlishi kerak edi. Lekin bu kabi terminlarni ular faqat islomiy jamoalar, shaxslar va oʻz yurtlarini bosqinchilardan himoya qilishga majbur boʻlgan mujohidlarga cheklab olishdi!
Musulmonlarning yetakchi qatlami vakillari ham, kufr siyosiy doiralaridan taʼsirlanib, Islom dinini xuddi nuqsonli, odamlarni agressiyaga undovchi din,degan xulosaga kelib qolishdi. Terrorchilar faqat islomiy muhitdan kelib chiqyapti, deb oʻz dindoshlariga qarshi kurashib kelyapti. Ularga, yuqoridagi kofir qavmdan oʻrnak olishni tavsiya etgan boʻlar edik! Qarang, oʻz dindoshi hatto oʻz fuqorolaridan bir necha oʻnlaganini qirib yuborganida ham, uni “terrorchi” deb atashdan or qilishyapti!
Biz Musulmonlar bu kufr terminlarini inkor qilib, foydalanishdan bosh tortishimiz kerak. Bu kufr terminlarini oʻz birodarlarimizga yopishtirishda faqat kufr manfaati bor ekanini ongli ravishda his qilib, bunday terminlardan foydalanish harom deb bilishimiz va ulardan yuz oʻgirishimiz vojib!