Qirgʻiz hukumati koʻp bolali onani ozodlikdan mahrum qildi

1144
0

Qirgʻiz hukumati koʻp bolali onani ozodlikdan mahrum qildi

Qirgʻiziston hukumati uzoq yillardan beri Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan jirkanch kurashida asosan musulmon erkaklar bilan kurashib kelayotgan edi. Biroq rasmiy hukumat tomonidan musulmon erkaklarga koʻrsatilayotgan zulm va bosimlar oʻz natijasini bermay, birodarlarimiz bu yoʻlda ulkan sabr va matonat namunasini koʻrsatib kelishgach, nomard hukumat musulmon erkaklarning hamiyyatiga tegish orqali biror fitna chiqarish va shu orqali Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashiga qonuniy tus berish yoʻlini izlay boshladi. Shu sababli ham hukumat 2013-yildan boshlab  Islomiy dunyoqarash saqlanishi vojib boʻlgan nomus deb eʼtibor qiladigan onalarimiz, opa-singil va qizlarimizning ham oʻzining razil kurashi domiga torta boshlagan boʻlsa, bugunga kelib koʻp bolali onalarni ham qamoqqa tashlay boshladi.

 Issiqkoʻl viloyatining Tup tumanida yashovchi 1975-yilda tugʻilgan, 11 farzandning onasi, 12- farzandiga homilador boʻlgan Nazira Asanaliyeva ham kuch organlari tuhmati ortidan 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 2017-yilning 5-mart kuni ertalab soat 7lar chamasida Nazira Asanaliyevaning uyiga Tup tumani MXDQ va IIV 10-boʻlim xodimlari qoʻllarida tintuv oʻtkazish boʻyicha qogʻoz bilan kelib, tintuv ishlarini olib borishadi. Tintuv davomida uning uyidan oʻnga yaqin kitoblar topiladi. Topilgan kitoblarni barchasi Qirgʻizistonda rasmiy turda chop etilgan va muftiyotning muhri boʻlgan kitoblar boʻlgan. Kuch organlari kerakli boʻlgan “ashyoviy dalil” topa olishmagach, oʻzlari bilan olib kelgan kitobni tashlab qoʻyishadi. Oʻtkazilgan ekspertiza esa bu kitobni Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasiga tegishli kitob ekanligi toʻgʻrisida xulosa chiqaradi. Shundan soʻng boʻlib oʻtgan sud ishida Nazira Asanaliyevani 2 oyga oʻzi yashab turgan qishloqni tark etmaslik toʻgʻrisida hukm chiqaradi.

 2017-yil 26-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan sud ishida Nazira Asanaliyeva va uning turmush oʻrtogʻi Nurmat Asanaliyevlar topilgan kitob oʻzlariga teshili emasligini aytishgan hamda Nazira 12-farzandiga homilador, homila 3 oylik ekanligi toʻgʻrisidagi ulьtra tovushli tekshiruv (UZI) xulosasini taqdim etishgan. Biroq sudьya bularni inobatga olmadi va Nazira Asanaliyevani 3 yilga ozodlikdan mahrum etish toʻgʻrisida hukm chiqardi.

 Qirgʻiziston hukumati muslima onalarimiz, opa-singil va qizlarimizni shu kabi iflos tergovchi va sudьyalarga topshirib, ular qoʻli bilan oʻzining jirkanch ishlarini amalga oshirib kelyapti. Bu sudьyalar esa vaqtincha egallab turgan lavozimidan ayrilib qolmaslik uchun hatto oxiratini ham sotib yuborishga tayyor turishibdi. Bugungi kunda hukumat suyangan birdan bir tayanch kuch organlari boʻlgani sababli ham ular sodir etgan zulm va adolatsizliklarni koʻrib, bilib tursada oʻzini hech narsa bilmagandek qilib koʻrsatmoqda.

 Ey, Qirgʻiziston musulmonlari!

  Bizlar rasmiy hukumatning kuch organlariga suyangan holda olib borayotgan zulm va odalatsizliklariga, Islom shariatida saqlanishi vojib boʻlgan nomus deb eʼtibor qilinadigan onalarimiz, opa-singil va qizlarimizning taqdirlariga beparvo qaraydigan, “menga, mening oila axlimga tegmayapti-yu” deb eʼtiborsizlik qiladigan boʻlsak, hech qancha vaqt oʻtmay turib, bu hukumat ayollarimizga tajovvuz qila boshlaydi. Bu narsa sodir boʻlmasligi uchun biz hozir hukumat yoʻl qoʻyayotgan adolatsizliklar, kuch organlari tomonidan sodir etilayotgan qonun buzilishlarning oldini olishga harakat qilishimiz kerak. Aks holda ertaga kech boʻladi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.