Erdogʻan AQShda “aziz doʻsti” bilan uchrashdi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72 bosh assambleyasiga ishtirok etish uchun AQShning Nьyu-York shahriga borgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan “Lotte New York Palace” mehmonxonasida “aziz doʻsti” boʻlgan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Ikki doʻstning suhbati taxminan bir soat davom etdi.
Uchrashuvning matbuotga ochiq qismida Turkiya prezidenti Erdogʻan bayonot berib, “aziz doʻsti” Tramp bilan bir qancha masalalar ustida maslahat qilishi haqida maʼlum qildi. Buning uchun u oʻz vaqtini ayamagan Trampga minnatdorchilik izhor qildi.
“BMT bosh assambleyasiga ishtrok etish uchun Amerikaga kelib, aziz doʻstim Donald Tramp bilan bugun delegatsiyalar ishtirokida va alohida yakkama-yakka ikki tomonlama muzokaralar olib boramiz”, “Ishonamanki, xoh Amerika va Turkiya aloqalari boʻlsin, xoh mintaqaviy oʻzgarishlar boʻlsin, yoki jahondagi boshqa masalalar boʻlsin, ularni hal qilishga fursat topamiz. Bu fursatni qoʻlga kiritganimiz uchun (Trampga) koʻpdan-koʻp minnatdorchilik bildiraman”, dedi Erdogʻan.
Musulmonlarning ashaddiy dushmani boʻlishiga qaramay, Erdogan “aziz doʻstim” deb atagan Tramp ham uchrashuvdan soʻng qisqacha bayonot berdi.