Putin: Atambayev vaʼdasida turadi va uni amalga oshirish uchun oxirigacha boradi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qirgʻizistonlik jurnalist Siyagul Karamanga intervьyu berdi va unda Qozogʻiston va Rossiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, Qirgʻizistonni porloq kelajak kutayotgani haqida soʻzladi.
“Agar biz qirgʻiz xalqining isteʼdodi va mehnatsevarligi va qirgʻiz yerining imkoniyatlari, maʼdanli zaxiralarini hisobga olsak, Qirgʻizistonda qiziq va porloq kelajak bor”,- degan Putin intervьyuda.
Uning aytishicha, Qirgʻiziston va Rossiyani umumiy tarix, madaniyat bogʻlab turadi.
“Biroq bu bizni birlashtiradigan yagona narsalar emas. Koʻplab qardosh, shaxsiy, doʻstona aloqalar mavjud. Qirgʻizistondan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar importi 2,3 marotaba oshgan”,- degan Putin.
Intervьyuning katta qismi prezident Almazbek Atambayevga bagʻishlandi.
“Qirgʻiziston prezidenti yorqin, his-tuygʻularga boy odam. U bir soʻzli insondir. U bilan baʼzida nimadir haqida kelishish qiyin kechadi, biroq agar kelishilsa, u kelishuvni bajarish uchun oxirigacha boradi. Men ham shunday qilishga harakat qilaman. Balki uning qilayotgan ishlari hammaga ham yoqmas. Biroq hamma unga juda jiddiy odamdek munosabatda boʻladi. Uning soʻzi ishi bilan ayro emasligi sababli shundaydir. Oʻylaymanki, Qirgʻiziston bundan faqat yutadi, davlatga jiddiy hamkor sifatida qaraladi”,- deb aytgan Putin.
Turkiston:
Putin Qirgʻizistonda bu safar davlat toʻntarish yasamay, prezident almashtirmoqchi! Chunki barcha prezidenlikka talabgorlar uning taʼsiri ostida. Muammo Atambayevning oʻzini saqlab qolish ustida boryapti. Qizigʻi, uning oʻzini ilgarigi safdoshlari boʻlgan Qirgʻiz elitasi va Qirgʻiz xalqining bir boʻlak alamzada xalqi va muxolif siyosatchilardan saqlab qolmoqchi ekanida!
Lekin Atambayevni haqiqatda Putin saqlab qola oladi. Qirgʻizistonda prezidentga talabgorlar ichida sahnada faqat Babanov va SDPK partiyasi turtayotgan Jiyanbekov qoldi. Qolganlari ularning atrofiga birlashib boryapti. Demak siyosiy arenada boshqa jiddiy quvvat va muammo yoʻq. Har ikki talabgor ham Rossiyaning fatvosini kutib turishibdi. Shuning uchun faqat Putin yangi prezidentdan Atambayev uchun daxlsizlik sharti va birlashuv tantemini qurib bera oladi!