Arab davlatlari Tramp pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashdi

763
0

Arab davlatlari Tramp pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashdi

 “RIA Novosti”ning xabar qilishicha, Qatar bilan aloqa uzgan arab mamlakatlari AQSh prezidenti Trampning terrorchilarga moliyaviy koʻmak berishni toʻxtatish zururligi haqidagi pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlashdi. Bu 4 ta arab davlatlarning qoʻshma bayonotida qayd etilgan.

Kuni kecha Quvayt shayxi Sabax al-Axmad al-Jobir bilan oʻtkazilgan uchrashuv chogʻida AQSh prezidenti Tramp Fors koʻrfazi mamlakatlari va Qatar oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni toʻxtatish zarurligi aytdi.

“Suadiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr AQSh prezidenti Donalьd Trampning pozitsiyasini yuqori baholashdi. Tramp kelishmovchiliklarni hal qilishning yagona yoʻli – bu terrorchilikni moliyalashtirish va qoʻllab quvvatlashni toʻxtatish zarurligi va inqirozni ushbu shartsiz hal qilishni istamasligi qatʼiy maʼlum qildi”,- deb yozilgan bayonotda.

Maʼlumki, Suadiya Arabistoni, Baxrayn, BAA va Misr iyun oyida Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzishgan edi.

Qatarga terrorchilikni qoʻllab-quvvatlash va boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish boʻyicha ayblar qoʻyilgan. Keyinchalik ushbu qarorga boshqa davlatlar ham qoʻshildi. Quvayt ushbu kelishmovchilikni hal qilish boʻyicha vositachi sifatida chiqqan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.