AQShning Afgʻonistondagi strategiyasi

935
0
120210-M-MM918-002 U.S. Marines and Afghan border police off-load from a CH-53D Sea Stallion helicopter during Operation Shahem Tofan Eagle Storm in the Garmsir district, Helmand province, Afghanistan, on Feb. 10, 2012. The Marines are assigned to Weapons Company, 3rd Battalion, 3rd Marine Regiment. DoD photo by Cpl. Reece Lodder, U.S. Marine Corps. (Released)

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

AQShning Afgʻonistondagi strategiyasi

Savolga javob

Savol:

2017 yil 15 avgustda Tolibon harakati AQSh prezidentiga maktub yoʻllab, uni Afgʻonistondan Amerika kuchlarini olib chiqib ketishga, qoʻshimcha kuchlarni kiritmaslikka chaqirdi. “RT Arabic”ning 2017 yil 15 avgustdagi xabarida “Tolibon harakati AQSh prezidenti Donalьd Trampga ochiq xat yoʻllab, unda Afgʻonistondan oʻzining barcha kuchlarini olib chiqib ketishga chaqirdi hamda Vashingtonga qarshilik koʻrsatayotgan ushbu yurtda AQSh kuchlari sonini oshirishga kirishishdan ogohlantirdi”, deyiladi. Tolibon harakati maktubni Trampning Afgʻonistonda yangi strategiya koʻzlayotganiga javoban yozdi va u ayni strategiya zimnida qoʻshimcha kuchlar yuborish ham boʻlishi mumkinligidan choʻchimoqda. Zero, Oq uy masʼullari tomonidan bu yangi strategiyani qabul qilishga yaqin qolgani toʻgʻrisida qator bayonotlar chiqmoqda. Masalan, mazkur saytda xabar qilinishicha, joriy yil 10 avgustda Tramp jurnalistlarga “uning maʼmuriyati Afgʻoniston bilan bogʻliq yangi strategiyani qabul qilishiga yaqin qolgan”ini taʼkidladi. Soʻng “Bu men uchun katta qaror, chunki avvalgi maʼmuriyatdan menga koʻp boshboshdoqliklar qolgan, biz ularni sezilarli darajada ozaytirishga harakat qilyapmiz”, deya qoʻshimcha qildi. Xoʻsh, bularning barchasi Amerika Afgʻonistonda yangi strategiya qabul qilishda jiddiymi? Bu strategiya qoʻshimcha kuchlar yuborishni oʻz ichiga oladimi yoki qoʻshimcha kuchlar yubormasdan faqat Pokiston va Hindistonning Afgʻonistondagi rolini faollashtirishni oʻz ichiga oladimi? Alloh sizdan rozi boʻlsin.

Javob:

Ha, aytish mumkinki, Amerika Afgʻonistondagi aralashuvining “soʻnggi bosqich”iga yoʻl topish umidida oʻz strategiyasini qayta koʻrib chiqishga jiddiy harakat qilmoqda. Tramp Afgʻonistondagi harbiy qoʻmondonlikdan gʻazabda. “Reyter” agentligining joriy yil 3 avgustdagi xabariga koʻra, AQSh prezidenti Tramp bilan Vashington masʼullari oʻrtasidagi uchrashuv keskin suratda oʻtgan, “uchrashuv davomida Tramp AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan qoʻshma shtablar qoʻmitasi raisi general Jozef Danfordga, Afgʻonistondagi AQSh kuchlari qoʻmondoni general Jon Nikolson urushda muvaffaqiyat qozonolmagani uchun uni vazifasidan ozod etish masalasini oʻrganishlari kerak, degan. Ana shunda yigʻilishda tarang vaziyat yuzaga kelgan”.

Shunday qilib, Amerikaning Afgʻonistondagi urushi borasida Trampda shubha paydo boʻlmoqda. Garchi Obama maʼmuriyati ham AQShning Afgʻonistondagi strategiyasini qayta koʻrib chiqqan boʻlsa-da, biroq Tramp maʼmuriyati olib borayotgan bugungi murojaatda oʻziga xoslik bor. Oʻziga xosligi shundaki, bu qayta koʻrib chiqish, Amerika va uning olamdagi mavqei borasida xalqaro muammolar yanada murakkablashayotgan bir paytda boʻlmoqda. Buni quyidagicha batafsil bayon qilish mumkin:

Birinchidan: Amerika 2001 yil oxirida 11 sentyabr hujumlariga javob, degan dastak ostida Afgʻonistonga urush eʼlon qildi. Bu eʼlon kichik Bush maʼmuriyatini iskanjaga olgan Neokonservatorlar qistovi bilan boʻldi. Oradan ikki yil oʻtib, Amerika Iroqqa hujum qilib, uni bosib oldi va bu bilan Iroq qumiga boʻgʻzigacha botdi… undan sugʻurib chiqarishlarini soʻrab, hammani yordamga chaqirdi. Amerikaning Iroq botqogʻiga botishi, unga Afgʻonistondagi urushni ahamiyatsiz qilib qoʻydi, chunki u butun diqqatini Iroq botqogʻidan chiqib olishga qaratdi. Zotan, Iroq va uning qarshilik harakati Bush maʼmuriyatini ham, undan keyingi Obama maʼmuriyatini ham butunlay mashgʻul qilib qoʻygandi. Obama maʼmuriyati 2011 yil oxirlarida Iroqdan Amerika kuchlarining aksarini olib chiqib ketish masalasida muvaffaqiyatga erishdi. Ana shunda Amerika tobora rivojlanib borayotgan Xitoy bilan shugʻullanish uchun yangi strategiya qabul qilishga kirishdi. Bu masala Obama maʼmuriyatining ikkinchi davrida ham, ayni strategiya hali tugamasidan oldin ham, hatto uni tayyorlash va ishlab chiqish jarayonida ham Amerikani butunlay band qilib qoʻydi. Darhaqiqat, Amerika arab bahori qoʻzgʻolonlari oldida oʻzining arab mintaqasidagi, xususan, Suriyadagi nufuziga putur yetayotganiga guvoh boʻldi. Natijada, oʻz saʼy-harakatlarini taqsimlashiga toʻgʻri keldi: arab mintaqasidagi, xususan, Suriyadagi qoʻzgʻolon xavfiga qarshi kurashishga va Uzoq Sharqdagi Xitoyga qarshi kurashga taqsimladi. Oʻzini goʻyo Xitoy nayrangiga aldanmaydigan qilib koʻrsatib, Yaponiya harbiy harakatini jonlantirish va Shimoliy Koreyani provokatsiya qilish yoʻliga oʻtdi. Amerikaning Afgʻonistondagi maʼlum darajadagi magʻlubiyatlari sababli Afgʻoniston va u yerdagi urush masalasi uning diqqat markazidan uzoqlashdi. Albatta, bu Amerikaning Afgʻoniston masalasiga butunlay eʼtibor bermay qoʻyganini anglatmasa-da, biroq maʼlum yangi ustuvor masalalar uning uchun asosiy diqqat markaziga aylangani fosh boʻlmoqda.

Ikkinchidan: Afgʻonistonda oʻn olti yildan beri urush toʻxtamayotgani eʼtiboridan, qatʼiy aytish mumkinki, AQSh kuchlari va urushda ularga hamkorlik qilayotgan NATO kuchlari omadsizlikka uchradi. Bu omadsizlik afgʻon qarshilik harakatini, asosan, 2001 yilda Amerikaning oʻzi hukumatdan chetlatgan Tolibon harakatini ildizi bilan yoʻq qila olmaslikda gavdalanadi. Yana shuni ham qatʼiy aytish mumkinki, Afgʻonistondagi malaylarini mustahkamlashda u uchun tanlov (variant) qolmadi va bu uni navbatdagi omadsizlikka olib keldi. Amerika oʻzining tili bilan aytilayotgan “Afgʻon isyoni”ni toʻxtatish uchun u yerga Hindistonni kiritdi, ammo bu ham unga naf keltirmadi… Afgʻonistondagi Amerika magʻlubiyatlarini kamaytirish uchun Vaziriston va boshqa viloyatlarda urush olib borayotgan pokistonlik malaylari ham unga foyda bermadi, Tolibon harakati bilan yarashuv sari boʻlayotgan saʼy-harakatlar ham oldinga siljimadi…

Shuning uchun 16 yildan beri olib borayotgan urushdan soʻng, Amerikaning Afgʻonistondagi vaziyati gʻoyat ogʻirligi koʻrinadi. Chunki Tolibon harakati Afgʻonistondagi katta mintaqada emin-erkin harakatlanyapti, Qobuldagi malay hukumat bu harakatga hech qanday taʼsir oʻtkaza olmayapti. Bu harakat yurtning aksar mintaqalarida, hatto poytaxt Qobulda ham dahshatli kuchli hujumlarni amalga oshiryapti… AQSh kuchlari Afgʻonistonda xavfsizlik oʻrnatishga muvaffaq boʻlolmadi. Qolaversa, amerikalik kuchlarga qarshi sodir etilayotgan koʻp hujumlar manbasi Vashington oʻzi mashgʻulotdan oʻtkazayotgan afgʻon armiyasidagi oddiy askarlar boʻlmoqda… Bu bilan Amerikaning Afgʻonistondagi tanlovlari barbod boʻlyapti.

Bugun Afgʻoniston voqesi va uning ne chogʻli xavfli ekani toʻgʻrisida Karnegi instituti 2017 yil 22 maydagi hisobotida bunday deydi: “Afgʻon rejimining bir muncha zaifligi va Tolibon harakatining qayta nazoratsiz qolishi, afgʻon hukumati rejimini halokatga olib kelishi, oʻz navbatida, qayta anarxiya boshlanib, terrorchi jamoalarning koʻpayishiga sabab boʻlishi mumkin”. Bu hisobotda Afgʻonistondagi kurash yiliga 23 milliardga tushayotgani uchun unga barham berish lozimligi taʼkidlanayotgani yoʻq, balki bu yurtdagi yechim uchun taklif qilinayotgan tanlovlar tugayotgani uchun urushni tezroq toʻxtatish taʼkidlanmoqda.

Toʻgʻri, Obama boshqaruvi davrida amerikalik askarlardan koʻpchiligi chiqib ketib, 10 ming atrofida qoldi, ularga 3 mingta NATO kuchlari yordam bermoqda, shuningdek, AQSh xavfsizlik xizmati kompaniyalarining 20 ming askari qolgan, xolos… Biroq bu chiqib ketishlar biror gʻalaba yoki oldinga siljishlar natijasida boʻlgani yoʻq. Darhaqiqat, Tolibon harakati AQSh armiyasidan xoli qolgan bazalarni darhol bosib oldi… Aftidan, malay afgʻon hukumati armiyasi shuncha koʻp boʻlsa ham, amerikalik askarlar ularga shuncha mehnat sarflab mashgʻulotdan oʻtkazsa ham, bu hukumat armiyasi poytaxt tashqarisida hech qanday faoliyat qilolmayapti. Bu harbiy jihatdan.

Uchinchidan: Endi siyosiy jihatga kelsak, Amerika oʻzining Afgʻonistondagi tanlovlari kamayib qolayotganini hamda Hindiston tanlovi omadsiz chiqqanini tushunib yetgach, Tolibon harakatiga muzokara taklifini qoʻyishga majbur boʻldi, shu orqali uni Afgʻonistondagi amerikacha boshqaruvga qoʻshishni maqsad qildi, Tolibonni muzokara stoliga tortish uchun Pokistondagi oʻz malay hukmdorlarini ishga soldi. Biroq Amerikaga bu urinishlari ham omad keltirmadi, Afgʻoniston mavzusida ham harbiy, ham siyosiy muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qolaversa, uning qarshisida bu mavzu uchun aniq reja ham topilmay qoldi va buning uchun tanqidlarga uchradi. Interfaks axborot agentligining Rossiya tashqi ishlar vazirligidagi bir manbaga tayangan holda qilgan xabariga koʻra, “Donalьd Tramp maʼmuriyatining Afgʻonistonga oid biror real siyosiy taklif bilan chiqa olmasligi, bu yurtdagi mubhamlikka va beqarorlikka qoʻshimcha boʻlmoqda. Bundan tashqari bu holat afgʻon hukumatining mustahkamligi darajasiga, NATOga aʼzo davlatlarning oʻz harbiy kuchlarini joylashtirishda egallagan pozitsiyasiga, umuman olganda yurtdagi vaziyatni izga solish jarayonlariga bogʻliqdir”. (Rusiyal Yavm 2017 yil 3 avgust).

Toʻrtinchidan: Bundan ayon boʻlyaptiki, AQShning Afgʻonistondagi boʻhroni juda murakkab boʻlib, tanlovlari qolmadi. Amerika harbiy va iqtisodiy energiyasining yemirilishdan toʻxtatib qolish uchun ayni urushga butunlay yakun yasashning imkoni boʻlmasa, u holda, Afgʻon urushini muzlatishga juda muhtoj boʻladi. Baʼzi harbiy rahbarlar Tolibon harakati ustidan gʻalaba qozonish uchun amerikalik kuchlar sonini yanada koʻpaytirish zarur, deb hisoblashyapti. Prezident Tramp bu fikrga rozi boʻlish uchun uzoqqa choʻzilmaydigan programma va sezilarli aniq natijani talab qilmoqda. Ammo harbiylar, 16 yillik achchiq tajribalari eʼtiboridan, bu talabni unga amalga oshirish qoʻllaridan kelmaydi, bu faqat nazariy jihatdan shunday, xolos. Ochkoʻz Trampning soʻlagini oqizayotgan narsa esa, bu yurtdagi ulkan mineral boyliklar… Amerika ularning qiymatini trillion dollar, deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, Afgʻoniston Oʻrta Osiyo neftini tashish uchun yoʻlak vazifasini ham oʻtaydi. 2017 yil 26 iyulda “Dastur” gazetasi saytining “The New York Times”ga tayangan holda qilgan xabarida bunday deyiladi: “Oʻtgan hafta imkoniyatlarni oʻrganib chiqish maqsadida Oq uy afgʻonistonlik metallurgiya masʼullari bilan uchrashish uchun Qobulga oʻzining maxsus vakilini yuborish masalasini oʻrgandi. Oq uy Afgʻonistonga oid siyosat borasida gʻoyat kuchli murosasiz janjalga kirgan bir paytda, Trampning taniqli yordamchilaridan uch nafari “American Elements” kimyo kompaniyasining taniqli direktorlaridan biri Maykl N. Silьver bilan uchrashib, Afgʻonistondagi nodir metallarni qazib olish imkoniyatlarini muhokama qilishdi”. Lekin hatto Tramp aqliyasini (fikrlashini) egallab olgan savdo shartnomalari nuqtai nazaridan olib qaraganda ham, bu yurtdagi AQSh kuchlari sonini koʻpaytirish hamda u yerdagi konlarni qazib olish uchun temir yoʻli va yoʻllar qurish kabi infratuzilmaga sarmoya yotqizish tanlovi xavfsiz tanlov emas. Chunki ayni konlar Tolibon harakati nazorati ostidagi yerlarda joylashgan.

Shularga binoan, demak, Tramp maʼmuriyati tanlashi ehtimoli boʻlgan tanlov shundan iboratki, AQSh armiyasi Afgʻonistondagi harbiy bazalarga cheklanadi-chekinadi va shu orqali yuvindixoʻr hukumatni yemirilishdan saqlab turadi, u yerga olib kirgan Hindistonning muvaffaqiyatsizligi ortidan, endi, Pokistonni olib kirish uchun unga boʻlgan bosimni kuchaytiradi. Bularning barchasi Qobuldagi amerikacha siyosiy boshqaruvga Tolibon harakatini qoʻshishga, afgʻon qoʻzgʻolonini toʻxtatishga, yaʼni Amerikaning uzoq vaqtlik urushiga yakun yasashga qaratiladi. Shunday qilib Amerika oʻzining ayni yurtdagi joylashuvini xavf tugʻilgan paytda harakatga keluvchi harbiy bazalarga oʻzgartirish orqali cheklashni, Afgʻonistondagi urushi xarajatlarini salmoqli tarzda ozaytirishni umid qilmoqda. Ana shunda Amerikaning Afgʻonistondagi holati xuddi Fors Koʻrfazi mintaqasidagi holatiga oʻxshab qoladi. Chunki u yerda ham oʻz bazalari bilan cheklangan. Bundan tashqari, Amerika pokistonlik malaylari yordamiga ham cheklanadi, chunki ularning Tolibon harakati bilan boʻlgan aloqa iplari uzilmagan. Shu bois, Tolibon Amerikaning shartlariga rozi boʻlishi uchun Pokiston yordamida u bilan qayta aloqalarni tiklab, ishonchini qozonishga harakat qilishi ham mumkin. Darvoqe, Obama davrida Amerika oʻzining pokistonlik malaylaridan yaxshi foydalangan. “Afgʻon hukumati yurtdagi ikkinchi ekstremistik jamoa boʻlgan Hizbul Islomiy bilan bitim tuzishga muvaffaq boʻldi. Bitim imzolanishida jamoa rahbari Gulbiddin Hikmatyor boʻlmadi. Bitimga prezident Ashraf Gʻaniy bilan ayni qurolli jamoa vakillari imzo chekdi”. (Bi-Bi-Si 2017 yil 22 sentyabr). Bu Amerikaga Tolibon mavzuida Pokistondan foydalanishiga yanada shijoat berdi, xususan, yaqinda Hikmatyor yarashuvdan soʻng Qobuldagi hukumatga qaytib, Tolibon harakatini siyosiy rejimga qoʻshilishga daʼvat qildi: “Afgʻoniston Hizbul Islomiy rahbari Gulbiddin Hikmatyor Tolibon harakatidan afgʻon hukumatiga qoʻshilishni talab qildi. Qobulga qaytganidan soʻng qilgan ilk maʼruzasida Tolibonni ajnabiy kuchlarni yurtdan tinch yoʻl bilan chiqarishda koʻmaklashishga targʻib qildi”. (Al-Jazira net 2017 yil 5 iyun).

Beshinchidan: Maʼlumki, Amerika Xitoy havzasida ulkan xavfga duch keldi. Ayniqsa, Shimoliy Koreya bilan oʻrtalaridagi vaziyat kundan-kunga sovuqlashib boryapti, Suriyada xavf-xatar davom etyapti… Amerikaning “iqtisodni tiklash yoʻlidagi samarali siyosati” ham omadsiz chiqdi. Bu bir tomondan. Boshqa tomondan, Afgʻonistondagi AQSh qoʻshini holdan toygan, gʻalaba qozonishga umidlari soʻngan, buning ustiga, Hindistonning Afgʻonistondagi roli ham mahalliy jihatdan abgor ahvolda, endi Hikmatyorning qaytishidan biror yaxshilik umid qilyapti… Mana shularning barchasidan koʻrinib turibdiki, Amerika urush qilish bilan uddasidan chiqolmagan maqsadlarini endi yarashuv yoʻli orqali roʻyobga chiqarishni umid qilmoqda. Shuning uchun Pokistonni Afgʻonistondagi rolini qayta faollashtirishga hamda Pokiston ichkarisidagi va Afgʻoniston bilan chegaralaridagi hujumlarni yengillatishga qaror qildi. Masalan, yangi harbiy qoʻmondon Bajva davomida sakkiz oy Pokiston maydoni katta amaliyotlardan xoli boʻldi. Ammo ayni katta amaliyotlar Bajvadan oldingi Rahil Sharif qoʻmondonligi zamoni “Azb zarbasi” kabi katta amaliyotlar bilan mashhur boʻlgandi. Turli bosqichdagi bu amaliyotlar Afgʻoniston bilan chegaradosh hududlardagi Rahil tili bilan aytilgan “terrorchilar”ga qarshi olib borildi. Hatto general Rahil davrida Kashmir chegaralari boʻyida Pokiston armisi bilan Hindiston oʻrtasidagi ayrim kichik-kichik toʻqnashuvlar haqida quloqqa chalinadigan boʻldi. Buning esa, ichki jihatdan ham, Tolibon harakati rahbariyati darajasida ham Bajvadan rozi boʻlish kayfiyatini oshirishiga aslo shubha yoʻq.

Shu bilan birga Pokiston armiyasining yangi qoʻmondoni Bajva Afgʻonistonga Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurash dastagi ostida yordam qoʻlini choʻzishga harakat qildi. Yaʼni Tolibon harakatiga qarshi kurashni Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurash tomoniga burish bilan terrorizmga qarshi kurash tushunchasini bir oz oʻzgartirdi. Bunday yoʻnalish agʻfon hukumatiga ham tegishli, Bajvadan oldingi Rahilga qattiq nafrat tuyib kelgan Qabilalar mintaqasi jangchilariga ham tegishli. Bajvaning afgʻon-Tolibon harakati bilan olib borgan soʻzlashuvi sir tutildi: “Pokiston armiyasi qoʻmondoni general Qamar Javid Bajva ikki qoʻshni davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni ilgari kuzatilmagan darajada rivojlantirish yoʻlida Islomiy Davlat tashkiloti tahdidiga qarshi kurashish uchun Afgʻonistonga hamkorlik qoʻlini choʻzdi. General bu saʼy-harakatini Afgʻoniston bilan chegaradosh mintaqalardagi Pokiston qabilalar Ittihodi boshqaruvida joylashgan Vodiy Kurramda qabila yetakchilari bilan oʻtkazgan uchrashuvida bildirdi. U ikki tomonlama aloqalarda ilgari kuzatilmagan darajadagi bunday munosabatlarni “ittifoq va sergaklik” deya yuksak baholadi. Soʻng – biz ayni tahdid qarshisida doim birdam, hushyor va tayyor turmogʻimiz lozim, dedi”. (Xolij onlayn 2017 yil 1 iyul).

Amerikaning afgʻon mujohidlari, ayniqsa, Tolibon harakati bilan boʻylashishga ojizlik qilayotganini, afgʻon prezidentining Saudiyadagi Tramp sammiti ortidan bergan mana bu bayonoti ham tasdiqlab turibdi: “Eng muhimi afgʻon hukumati yarashishni istaydi, biz Tolibondan tanlovni istaymiz, agar ular yarashuvni tanlasalar, barcha istagan narsalariga siyosiy va qonuniy tomondan erishishlari mumkin. Biz Tolibondan terrorchilardan uzoqlashishini istaymiz”. (Sharqul Avsat 2017 yil 25 may). Ushbu bayonotdan maʼlum boʻlyaptiki, Amerika Tolibon harakatiga – ularni oʻzining terrorizmga qarshi urushidan chiqarganiga, hatto ular bu urushda afgʻon hukumati tomoniga oʻtishlari mumkinligiga, keyin esa, oʻzlarining Amerikaga qoʻygan chiqib ketish talablarini urush yoʻli bilan emas, tinchlik yoʻli orqali amalga oshirishlari mumkinligiga ishora qilyapti.

Oltinchidan: Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki, Trampning Afgʻonistondagi strategiyasi qayta koʻrib chiqilmoqda, chunki bugun Amerikaning dunyo boʻylab olib borayotgan siyosiy harakatlarida xavf-xatarlar qalashib ketgan. Yuqorida yoritilgan voqea-hodisalardan, demak, koʻproq taxmin shuki, Amerikaning Afgʻonistondagi strategiyasini qayta koʻrib chiqishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

Afgʻoniston urush maydonini mutlaq muzlatish, AQShning u yerdagi harbiy joylashuvini bazalarga cheklash va ulardan biror xavf tugʻilgan paytda foydalanib, goʻyo ularning vazifasini Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi kurashishdan iborat, qilib koʻrsatish;
Amerikaning Afgʻonistonga qoʻshimcha kuchlarni jangni kuchaytirish maqsadida joʻnatishi ehtimoldan uzoq. Ularni faqat qisqa vaqtga va harbiy maqsadsiz joʻnatadi. Yaʼni bu kuchlar “Agar Tolibon harakati yon berib, afgʻon hukumati bilan – tabiiyki, Amerika manfaatlariga daxl qilmagan holda – hamkorlikda ishlashga rozi boʻlsa, biz ham ayni kuchlarimizni olib chiqib ketamiz”, degan maqsad uchun kerak boʻladi.
Tolibonni rozi boʻlishga avrash maqsadida Amerika Pokiston rolini qayta faollashtiradi. Buni Pokistondagi yangi armiya qoʻmondonligini Tolibon bilan gʻoyat muloyim iliq munosabat oʻrnatgan qilib koʻrsatish bilan amalga oshiradi. Bundan esa, Tolibonni Qobuldagi hukumat bilan muzokara stoliga oʻtirishga va Afgʻonistondagi amerikaparast siyosiy boshqaruvda u bilan hamkorlik qilishga koʻndirish koʻzlangan.
Yettinchidan: Soʻzimizni tamomlar ekanmiz, musulmonlarni Amerikaga yuvindixoʻr boʻlgan Pokistondagi rahbarlarga tayanishdan hamda u yerdagi harbiy qoʻmondonlikning Afgʻoniston bilan iliq munosabatiga aldanib qolishdan ogohlantiramiz. Zotan, moziydan saboq olmoq lozim. Chunki Amerika Pokistondagi malaylari yordami boʻlmaganda edi, Afgʻonistonga qadamini ham qoʻya olmasdi. Bugun Pokiston Tolibonga bunchalar iliq siyosat olib borayotgan ekan, bu masxarabozlik sahnasidan oʻzga narsa emas. Amerikaning rejasi, Afgʻonistondagi oʻzining malay boshqaruviga hech qanday xarajatsiz burnini suqib, undan xavf-xatarlarni yoʻq qilishdan iborat. Pokiston hukmdorlaridan esa, mana shu iflos rejaning ikkinchi basharasi koʻrinib, fosh boʻlmoqda. Ilgari Amerika Obama rejasi bilan Rahil kabi pokistonlik tobelari orqali Vaziristondagi afgʻon mujohidlariga bosim qilib, shavkatini sindirishni talab qilib keldi. Ammo shu paytga qadar bu bosqinchi davlat Tolibonni halokatli muzokaralar stoliga kuch bilan oʻtirishga majbur qilish va jihod rejasini ildizi bilan yoʻq qilish siyosatini olib borish bilan omadi kelmagach, endi, bugun Tramp rejasi boʻyicha, Pokistondagi oʻzining yangi malaylari orqali Tolibonni avrab, jilovlab olishga urinmoqda. Uning pokistonlik malaylari makkorlik bilan Tolibon harakatiga yaqinlik koʻrsatib, uni muzokaralar stoliga oʻtqazishmoqchi. Shuning uchun biz Amerika va uning malaylari qoʻygan bunday fitna qopqoniga ilinishdan yoki ularga tayanishdan ogohlantiramiz:

“Zulm yoʻlini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga doʻzax oʻti yetar. Sizlar uchun Allohdan oʻzga biron doʻst yoʻqdir. Keyin (yaʼni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas” [Hud 113]

24 zul-qaʼda 1438h

16 avgust 2017m

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.