Netanyahu: Arab davlatlari bilan hamkorligimiz misli koʻrilmagan darajaga yetdi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu yahud vujudi bilan Yaqin Sharq mintaqasidagi Arab davlatlari oʻrtasida yuritilayotgan munosabatlar “misli koʻrilmagan” taraqqiyotni namoyon qilayotganini maʼlum qildi.
Isroil bosh vazirligining matbuot kotibi Ofir Gendelman Isroil tashqi ishlar vazirligidagi rasmiylarga murojaat qilib, bosh vazir Netanyahuning “Arab davlatlari bilan aloqalarimiz rivoji misli koʻrilmagan darajaga yetdi”, deganligini bildirdi.
Gendelman Netanyahuning soʻzlariga tayanib aytishicha, yahud askarlari falastinliklarga nisbatan amaga oshirayotgan zulmlar arab davlatlari va Isroil oʻrtasidagi munosabatlarning yuksak darajada davom etishiga taʼsir qilmagan.
“Arab davlatlari bilan oʻrtamizdagi hamkorligimizning hajmi hali aniq belgilab olinmagan, lekin har doimgidek juda ulkan hajmda davom etmoqda. Bu ulkan hamkorliklar falastinliklarga (qilgan muomalamizga) qaramay davom etmoqda. Afsuski, falastinliklar esa har qanday yechimga yerishish uchun hali ham fikrlarini oʻzgartirishgani yoʻq”, degan Isroil bosh vaziri.
Netanyaxu oʻtgan oylarda ham Isroil bilan Arab davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik hajmini va munosabatlarni rivojlantirishga eʼtibor qaratganligini aytib, biroq bu masala boʻyicha batafsil maʼlumot bermagan edi.
Isroil va Falastin oʻrtasidagi tinchlik muzokaralari 2014 yil aprel oyida toʻxtatilganligi eʼlon qilingan edi. Bunga Isroilning 1967 yilda belgilangan chegaralarni va koʻchib ketishga majbur qilingan falastinliklarning ortga qaytish huquqlarini tan omaganligi hamda yahudiy bosqinchi kuchlarining uy-joy qurishlariga chek qoʻyishga rozi boʻlmaganligi sabab qilib koʻrsatilgan edi.