Shavkat Mirziyoyev 5−6 sentyabrь kunlari Qirgʻizistonda boʻladi

805
0

Shavkat Mirziyoyev 5−6 sentyabrь kunlari Qirgʻizistonda boʻladi

“Sputnik” sayti xabar qilishicha, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev prezident Almazbek Atambayevning taklifiga binoan 2017 yil 5-6 sentyabrь kunlari davlat tashrifi bilan Qirgʻiziston respublikasida boʻladi.

 Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, mamlakatlarimizning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilishadi.

 Muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlar oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.