Doktor Anita Shug: Arakanda 3 kun ichida 2 mingdan ortiq musulmon qatl etildi

529
0

Doktor Anita Shug: Arakanda 3 kun ichida 2 mingdan ortiq musulmon qatl etildi

Soʻngi 3 kun ichida Arakanda 2-3 ming oraligʻida musulmon qatl etildi va 100 mingdan ortiq musulmon quvgʻin qilindi. Bu haqida Yevropa Rohingya kengashining soʻzchisi doktor Anita Shug maʼlum qildi. Shveytsariyada shifokor boʻlib ishlaydigan Shugning taʼkidlashicha, bu qatliom Birma davlat armiyasi tarafidan amalga oshirilgan.

“Arakanda soʻnggi kunlarda Birma harbiylari musulmonlarga qarshi amalga oshirgan qatliomlar 2012 yilda va oʻtgan yil oktyabr oyida amalga oshirilgan qatliomlardan bir necha marotaba ortiqdir. Vaziyat hech qachon bunchalik yomon boʻlmagan edi”, dedi Shug Anadolu axborot agentligiga bergan intervyusida.

Shuningdek Shug kecha Arakanning faqatgina Saugpar qishlogʻida 900-1000 oraligʻida Musulmonlar vahshiylarcha oʻldirilganligini va bu qatliomdan qishloqda faqat birgina bola omon qolganligini qayd etdi.

“Yana Anaukpin va Nyaungpini qishloqlari ham mahalliy budparast aholi tomonidan qamal qilingan. Bu odamlar Birma hukumatiga maktub yoʻllab, oʻzlarining aybsiz ekanliklarini va hech qanday jinoyatga qoʻl urmaganliklarini bildirdilar. Ular hukumatdan qamalni bekor qilish va qishloqdan tezda evakuatsiya qilishni soʻrashdi. Ammo Birma hukumatidan javob kelmadi. Bu qishloqlardagi odamlarning ham hayoti xavf ostida”, deya qoʻshimcha qildi soʻzchi.

Shug Arakan qirgʻiniga chek qoʻyish uchun BMT kabi muassasalar va tashkilotlarni harakatga kelishga chaqirdi.

Oʻrni kelganda shuni taʼkidlab oʻtish joizki, Birma davlati 1948 yil 19 apreldan buyon Anita Shug tilga olib oʻtgan BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)ning aʼzosidir. Biroq shunday boʻlishiga qaramay, dunyo koʻz oʻngida 6 yildan buyon davom etib kelayotgan Birma hukumatining qirgʻinlarini toʻxtatish uchun BMT shu vaqtgacha nomiga boʻlsa ham biror qadam tashlamadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.