Jeenbekov isteʼfoga chiqdi
Mamlakat prezidentligi uchun asosiy nomzod boʻlib turgan Qirgʻiziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov isteʼfo berdi. Bu uning saylovoldi poygasiga kirishishi bilan bogʻliq hisoblanadi.
“Bugun men lavozimni boʻsh qoldirishga qaror qabul qildim. Men Qirgʻiziston prezidentini bu haqda xabardor qilaman. Bugun Markaziy saylov komissiyasi meni prezidentlikka nomzod sifatida roʻyxatdan oʻtkazdi”, – degan Jeenbekov hukumat yigʻilishida.
May oyida Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi (QSDP) Jeenbekov nomzodini shu yilning 15 oktyabrida boʻlib oʻtadigan saylovlar uchun ilgari surgandi.
Yangi hukumat saylangunga qadar bosh vazir vazifasini bosh vazir oʻrinbosari Muxammetkali Abulgaziyev bajarib turadi.