Nazarbayev: Gʻarb sanktsiyalari Rossiyaning Qozogʻiston bilan munosabatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin
Oq Oʻrda saytining maʼlum qilishicha, Qozogʻiston prezidenti Nursultan Nazarbayev taʼtildan qaytib keldi va bosh vazir Baqitjan Sagintayev bilan uchrashdi.
Amaliy uchrashuv chogʻida Nazarbayev hukumat yaxshi natijalarga erishish yoʻlida “tinimsiz” ishlashi lozimligini aytdi. Chunki Gʻarbning Rossiyaga qarshi yangi jazo choralari Qozogʻiston iqtisodiyotiga taʼsir koʻrsatishi mumkin ekan.
“Men, hukumat tinisiz ishlayapti, deb oʻylayman. Men barchaga murojaat qilib, yilni yaxshi koʻrsatkichlar bilan yakunlash uchun yil oxiriga qadar uyushqoqlik bilan ishlashimiz lozimligini aytmoqchiman. Xatarlar mavjud. Bizning energiya quvvatlarimizning, xom-ashyo mahsulotlarimizning narxlari tebranib turibdi. Gʻarbning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalari ham taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bularni hammasini hisobga olishimiz kerak”, – degan Nazarbayev.
Rossiya va uning kompaniyalariga qarshi yangi iqtisodiy jazo choralari toʻgʻrisidagi qonun AQSh prezidenti Donalьd Tramp tomonidan 2 avgust kuni imzolandi. Aynan oʻsha kuni Qozogʻistonda dollarning kursi 343 tengegacha koʻtarildi.
Turkiston:
Amerikaning Rossiya ustidagi qariyb 25 yillik strotegiyasi nihoyasiga yetib boryapti. AQSh Rossiyaning sobiq sovetlar ittifoqidan qolgan siyosiy elitasini Putinning komandasi vositasida yoʻq qildi. Ularning oʻrniga siyosiy zaif davlat arboblaridan iborat ochkoʻz, faqat shaxsiy iqtisodiy manfaatlarini asos qilgan elitani olib kelishga imkon yaratib berdi. Natijada Rossiya oʻzining ogʻir sanoatidan va asta-sekin yengil sanoatidan ham ayrilib, energetik resurslarni sotish bilan kun koʻrayotgan xom ashyo bazasiga va Gʻarbning sanoat motohlari bozoriga aylanib qoldi. Xalqini esa, uzoq yillar jamgʻarma fondidan datatsiya qilish bilan boqib keldi. Shu yoʻl bilan Putinning rejimi, boshqaruvidagi iqtisodiy krizis holatini yashirmoqchi boʻldi.
Endi Rossiyaning jamgʻarma valyutalari ham deyarli tugadi. Putin Trampning kelishi bilan AQShning Rossiyaga boʻlgan muomilasi oʻzgaradi deb, siyosiy elitani va fuqorolarini bir qancha vaqt mobaynida aldab keldi. Lekin AQShni prezidentlar emas, yetakchi guruhlar mavjud siyosiy elita vositasida boshqarishini Putin yaxshi bilar edi. Shunga qaramay, AQShning manfaatini himoya qilib, Rossiyaning jamgʻarma fondiga zarar keltirishini eʼtiborga olmay, Suriyaga harbiy quvvatlarini olib kirib, qirgʻinbarot uyushtirdi. Ukrainada esa, siyosiy betainlik paydo qilish uchun harbiy va moliyaviy quvvat bilan juda katta mablagʻ sarflab kelyapti. AQSh uning shuncha harakatlarini inobatga olmadi va munosib taqdirlamadi. Chunki kapitalist sistemasida mamlakatlarni faqat manfaat boshqarib boradi.
AQSh oʻzining uzoq yillik strotegiyasi asosidagi navbatdagi taktik hujumini uyushtirdi. Yaʼni u oʻzining qoʻlida turgan olamiy bank sistemasini boʻgʻib qoʻyish va Rossiya iqtisodining deyarli tayanchi boʻlgan energetika savdosi uchun zaruriy texnologiyalar xarid qilish imkoniyatini dunyo boʻylab siquvga olish sanktsiyalari orqali taktik hujumini uyushtirdi. Bu sanktsiya muvaffaqqiyatli amalga oshirilsa, Rossiya iqtisodiy boʻhronga uchrashi mumkin. Putin bu sanktsiyadan Rossiya qatori zarar koʻrib qolishi kutilayotgan baʼzi Yevropa davlatlari va jumladan Xitoy davlatini Amerikaga qarshi biror chora koʻrishidan umid qiladi. Lekin dunyo ekspertlarining tahliliga koʻra, bu ish amri-mahol boʻlganligi sababli Ukrainaga qarshi urush ochib yuborish ehtimoli kuchliroqdir.
Qozogʻistonning xavotiri oʻrinli. Chunki Qozoq iqtisodiy sistemasi juda koʻp tarmoqlarda Rossiyaga bogʻlanib qolgan. Moliyaviy, energetika savdosi, transport va energetika tranzit qilib berish va yana boshqa tarmoqlarda ular oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik mavjud. Shuning uchun Qozoq prezidenti lotin harfiga oʻtish bilan Rossiyaga saqofiy bogʻliqlikdan qutulmoqchi boʻlayotganidek, endi Rossiya bilan energetika hamkorlik loihalari va kelishimlarni ham qayta koʻrib chiqishi kerak boʻladi!