Terrorizmga aloqador shaxslar roʻyxati tuziladi

881
0

Terrorizmga aloqador shaxslar roʻyxati tuziladi

 Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlari terrorchilik faoliyatiga daxldor boʻlgan shaxslarning maʼlumotlarini almashadi va umumiy maʼlumotlar bazasini tashkil etadi. Bu haqda Qirgʻiziston hukumati huzuridagi moliyaviy razvedka davlat xizmati tashkiliy-huquqiy boʻlimi mudiri Chingiz Kenenbayevning maʼlum qildi.

 25-26 iyul kunlari MDHning Minskdagi Ijroiya qoʻmitasida Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurollari tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha kelishuvning ekspertlik muhokamasi boʻladi.

 “Biz MDH hududida terrorchilik jinoyatiga qarshi kurashga doir saʼy harakatlarimizni birlashtira olishimiz uchun davlatlar terrorchilar roʻyxatini tan olishi mumkinligini eʼtiborga oldik, yaʼni birlashgan roʻyxatlar boʻladi”, – degan Kenenbayev.

 Uning aytishicha, agar ekspertlar kengashi shartnoma loyihasini maʼqullasa, MDH mamlakatlari hukumat rahbarlari Kengashining noyabr oyidagi yigʻilishida shartnoma imzolanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.