Putin: Siz tufayli mujohidlarga katta zarbalar berildi

446
0

Putin: Siz tufayli mujohidlarga katta zarbalar berildi

Germaniyaning Hamburg shahrida boʻlib oʻtgan G20 rahbarlari sammiti ortidan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogʻan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi. Yopiq eshiklar ortida oʻtkazilgan uchrashuv bir soat davom etdi.

Uchrashuvdan ilgari qisqacha bayonot bergan Putin rus kuchlarining Suriyada amalga oshirgan ishlarida Erdogʻanning roli katta boʻlganligini bidirib, uning pozitsiyasiga maqtovlar yogʻdirdi.

 “Janob prezident, sizning pozitsiyangiz tufayli Suriyadagi vaziyatni oʻzgartirish imkoniyatiga ega boʻldik. Bu davr mobaynida terrorchilarga (mujohidlarga) katta zarba berildi, va yechim jarayoni jiddiy tarzda ilgariladi. Xususan siz bilan kelishilgan shartnomalar tufayli Suriya masalasida juda ijobiy qadamlar tashlashga muvaffaq boʻldik”, “Sizning va barcha hamkasblaringizning hamda barcha hamkorlaringizning pozitsiyasini qadrlayman”, dedi Putin Erdogʻanga xitoban.

U yana Rossiya-Turkiya aloqalariga doir “ikki tomonlama munosabatlarni toʻliq shaklda rivojlantirish va bizning eʼtiborimizni tortgan masalalarni hal qilish uchun soʻngi paytlarda bir qancha ishlar qilindi”, deya qoʻshimcha qildi.

Erdogʻan esa bu sohada Turkiya-Rossiya munosabatlarining ijobiy natijalariga ishora qildi. Erdogʻanning ishonch bilan taʼkidlashicha, xoh iqtisodiy aloqalarda boʻlsin, xoh turizm sohasida boʻlsin, xoh xavfsizlik masalasida boʻlsin, Turkiya-Rossiya oʻrtasidagi aloqalarning rivojlanishi ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni juda kuchli mavqega olib chiqadi.

“Ishonamanki, mintaqa xalqi va dunyo aholisiga namuna sifatida oʻrtamizdagi ikki tomonlama munosabatlarning mustahkamlanishi haqiqatan har ikki davlat xalqi uchun ulkan foydalar keltirmoqda”, “Avvalambor Suriya, Iroq borasida kutganlarimiz roʻyobga chiqmoqda. Men shu jihatdan uchrashuvlarimizni yuqori baholayman. Hozirgacha boʻlgan qatʼiyatingizga shaxsan oʻzim nomimdan va xalqim nomidan tashakkur bidiraman”, dedi Erdogʻan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.