Ostonada Suriya masalasi boʻyicha muzokara boshlandi
Olti yildan buyon davom etib kelayotgan Suriya mojarosiga yechim topish maqsadida Ostona muzokaralarining beshinchi turi boshlandi. Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida uyushtirilgan muzokaralarning beshinchi turida Suriyada yana-da koʻproq xavfsiz hudud tashkil qilish rejalari koʻrib chiqilishi koʻzda tutilgan.
Rossiyaga qarashli axborot vositalari Ostona yigʻilishida Rossiya, Eron va Turkiya rasmiylari ishtirok etishini maʼlum qildi. Ikki kun davom etadigan uchrashuvlar doirasida umumiy majlisdan ilgari ikki tomonlama muzokaralar ham oʻtkazish rejalashtirilgan.
Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot maslahatchisi Anuar Jaynakov Bashar Asad maʼmuriyati va muxolifat vakillaridan tarkib topgan delegatlarning Ostonaga yetib kelganligini tasdiqladi.
Turkiston:
Amerika Suriya qoʻzgʻoloniga barham berish uchun qoʻlidan kelgan ishni qilmoqda. U Jenevadan hech qanday samarali natija chiqara omagach, Turkiyani ishga soldi. Erdugʻon AQShning talabi bilan Suriyadagi oʻziga tobe (yaʼni Turkiyadan moddiy dastak olib kelayotgan) muxolafat jamoalarni Ostona bitimlariga rozi boʻlishga majbur qildi. Oqibatda toʻrt mintaqada “xavfsiz zonalar” yaratish bitimiga imzo chekildi. Bu reja Asad rejimini himoya qilish uchun amalga oshirilganligi sir emas. Chunki bu bitimga imzo chekkan guruhlar bilan bunga qarshi boʻlgan guruhlar oʻrtasida janglar kelib chiqishi tabiiy edi. Shunday boʻldi ham. Qarabsizki, Asad rejimiga qarshi kurashayotgan baʼzi muxolifat vakillari mazkur bitim tufayli Asad rejimining qoʻriqchilariga aylandi.
Ammo Ummat ichidagi xolis musulmonlar bu makr hiylalarni fosh qilish yoʻlida bor kuchlarini sarflashdi. Asad rejimini qulatishga bel bogʻlagan barcha taraflarni Ummat dushmanlari bilan aloqa oʻrnatish va ulardan gʻarazli yordamlar va harom mablagʻlar olish oqibatidan jiddiy ogohlatirishdan aslo charchashmadi. Va nihoyat ularning xolis Alloh uchun qilgan harakatlari soʻngi paytlarda oʻz samarasini bera boshlagandek koʻrinmoqda.
Ummat masalasini, shu jumladan Suriya masalasini muntazam yoritib, xolisona baho berib ketayotgan “Ar-Roya” gazetasi “Oʻlsak oʻlamiz, biroq xor boʻlmaymiz” shiori ostida Asad rejimiga qarshi olib borilayotgan jang dillarda qayta umid uygʻotganligi haqida xabar tarqatdi. Chunki, gazetaga koʻra, bu jang Shom ahli qoʻzgʻoloniga qarshi til biriktirgan jinoyatkor davlatlar bilan aloqalarni tamoman uzgan, oʻzlarini goʻyo Suriya xalqining doʻstlaridek koʻrsatib, aslida esa qoʻzgʻolonni boʻgʻizlash uchun qora niyatda tuzilgan “MOS” josuslik xizmatlarini ortga uloqtirgan, barcha iflos zahri qotil mablagʻlardan yuz oʻgirgan guruh tomonidan olib borilmoqda. Xalq bazasining naqadar kuchliligini isbotlagan guruhning Islom dushmanlari hamda ularning malaylaridan yuz oʻgiririshi va faqat yagona Allohga suyanishi ular uchun muvaffaqiyat garovidir.