Ulamolar zakotni BMTga berish haqida fatvo chiqarishdi

531
0

Ulamolar zakotni BMTga berish haqida fatvo chiqarishdi

Islomdagi besh farzidan biri boʻlgan zakot Qurʼoni Karim oyatlariga binoan sakkiz toifadan boshqasiga berilishi qatʼiyan taʼqiqlanadi. Shunday boʻilishiga qaramay, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman va Marokashdagi hukumatga tobe Islom ulamolari zakotni BMTga berish mumkinligi haqida fatvo berishdi. Saroy uamolarining fatvosida qayd etilishicha, zakotni munosib oʻringa yetkazish maqsadida gʻayridinlarga topshirish mumkin. Shunga koʻra, BMT musulmon boylardan yigʻilgan mablagʻni qochqinlarga tarqatganligi uchun zakotni unga berish kerak boʻladi.

Mazkur fatvoga binoan BMTning Qochqinlar boʻyicha oliy komissari “qochqinlarga tarqatish” maqsadida boy musulmonlardan zakot pullarini toʻplashga kirishdi. Zakot yigʻish uchun BMT tomonidan internetda ham maxsus onlayn manzil tashkil qilindi.

BMTning qochqinlar boʻyicha agentligi Fors koʻrfazidagi boyvachcha arablardan hamda neft shayxaridan moʻmaygina zakot mablagʻlarini toʻplab olishga umid qilmoqda. Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, dunyodagi boy musulmonlar oʻz mulkidan har yili zakot sifatida 20 milliard dollar bilan 30 milliard dollar oraligʻida mablagʻ ajratadi.

Ayni paytda ilmoniylik va demokratiya hukmron boʻlib turgan dunyoda hozirda BMTning hisobotiga koʻra, 65 milliondan ortiq qochqin mavjud. Islom oʻlkalarini mustamlaka qilish va boyliklarini talon-taroj qilish uchun tuzilgan rejalar tufayli Islomiy geografiyada qochqinlar soni rekord darajaga yetdi.

Usmonli xalifalik davlati bekor qilingandan keyin ellikdan ortiq davlatchalarga boʻlinib ketgan islom olamida musulmonlar tinchlik, xavfsizlik va adolat nimalini unitishdi. BMTning soʻnggi maʼlumotiga koʻra, har 113 kishidan biri qochin yoki oʻzi yashab turgan mamlakatni tashlab ketishga majbur boʻlgan. Oʻtgan yilning oʻzida uy-joylarini tark etgan kishilarning soni 10 million 300 ming kishiga yetgan. Bu har 3 soniyada bir kishi oʻz uyini tark etishga majbur boʻlgan, degan maʼnoni anglatadi.

AQSh demokratiya olib kelgan Iroqda 2 million musulmon halok boʻldi. 10 million kishi uy-joylarini tashlab ketishga majbur boʻldi. Shuningdek, AQSh nazorati ostidagi Asad rejimining qirgʻinlari tufayli Suriyada 12 million kishi, yaʼni mamlakat aholisining uchdan ikki qismi uy-joylarini tark etishga majbur boʻldi. BMT hisobotiga koʻra, qochqinlarga boshpana berishda boy mamlakatlardan koʻra kambagʻal mamlakatlar faolroq.

Turkiston:

Bu fatvo bilan mazkur ulamolar Islom va musulmonlar uchun ulkan xiyonat qilishdi. Chunki aksari arab boylarining mablagʻlari AQSh va boshqa Gʻarb davlatlardagi banklarda saqlanadi. Endi kufr quvvatlari bu boy qatlamga bosim oʻtkazib, BMTga zakotidan ulush bermaganlariga yomon muomilada boʻladi va ulamolar tarafidan sharʼiy tus berilgan xaqlarini talab qila boshlashadi. Kufrga ularning bu pullari kerak emas. Shundoq ham bu pullarning deyarli hammasi kufrning sudxoʻr banklarida saqlanyapti. Kufr sistemasi oʻz tasarrufi ostidagi bu pullar ichidan bir qismini, sharʼiy majburiyat sifatida musulmonlarga zakot qilib berilayotgan yoʻlni toʻsib qoʻymoqchi.

Bu kufrning oʻz qoʻl ostidagi ulamolari ogʻizlari bilan sharʼiy libos kiydirib chiqargan siyosiy fatvosi boʻlibdi desak toʻgʻri boʻladi. Yaʼni bu kufr olamining fatvosi boʻlib, endi ular Islom shariatini oʻz maqsadlari yoʻliga burmalamoqchi boʻlishyapti. Bu kufr fatvosiga yurishdan bosh tortgan musulmonlarning boyliklari har xil bahonalar bilan muzlatib qoʻyiladi. Bunga oʻhshagan xolatni Saudiya bosh boʻlib amalga oshirgan “Qatar krizisi” misolida koʻrdik.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.