Rossiya Qirgʻiziston va Qozogʻistonga oʻz harbiylarini Suriyaga yuborishni taklif qildi

827
0

Rossiya Qirgʻiziston va Qozogʻistonga oʻz harbiylarini Suriyaga yuborishni taklif qildi

 Rossiya Qirgʻiziston va Qozogʻiston bilan oʻz qoʻshinlarini Suriyaga yuborish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida “RIA Novosti” axborot agentligiga Rossiya davlat dumasining mudofaa masalalari boʻyicha qoʻmita rahbari Vladimir Shamanov maʼlum qildi.

 “Hozir muzokaralar olib borilmoqda. Rossiya harbiy politsiya vakillarini Suriyada tartibni taʼminlashga jalb qilish masalalari koʻrib chiqilyapti, shuningdek, Qirgʻiziston va Qozogʻistonlik hamkasblarimiz uchun taklif masalalari ustida ishlanmoqda”,- dedi Shamanov. Uning soʻzlariga koʻra, hozircha qaror qabul qilingani yoʻq, muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

 Bundan avvalroq Turkiya prezidenti vakili Ibroxim Qalin ham Rossiya tomoni Suriyadagi deeskalatsiya (harbiy harakatlardan xoli) hududlarga Qirgʻiziston va Qozogʻiston harbiylarini jalb qilish taklifini kiritgani haqida maʼlum qilgan edi.

 “Hozircha biror joy nomini aytishga erta, ammo Turkiya bilan ham muzokaralar olib borilmoqda, ular ham Ostonadagi muzokaralar ishtirokchilari hisoblanishadi”, – dedi Shamanov.

 Turkiston:

Qozogʻiston va Qirgʻiziston oʻz harbiylarini Suriyaga olib kirishga rozi boʻlishi bilan, ulkan xalqaro tuzoqqa tushish arafasida turibdi.

Kufr olami bu ikki davlatning bir chimdim zaif harbiy askarlariga muxtoj boʻlib qolgani yoʻq! Ular bu mamlakatlarni, nomiga boʻlsa ham olamiy kufr yetakchi davlatlarning Shomga boʻlgan harbiy qatagʻonlariga sherik ekanliklarini amalda tasdiqlatib qoʻyishmoqchi boʻlishyapti. Maqsadlari Qozogʻiston va Qirgʻizistonda musulmonlarning tuygʻularini junbushga keltirib, bu mintaqada “islomiy urush” harakatlari uchun qulay muhit yaratib berishdir.

Bu Putinning loihasi boʻlishiga qaramay, AQSh uning bunday maqsad sari harakatlarini inkor qilmaydi. Chunki Suriya muammosini Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston tomon koʻchirish loihasi aslida AQShning manfaatlariga ham mos keladi.

Qozogʻiston va Qirgʻiziston armiyalari hatto oʻz chegaralarini himoya qilish quvvatiga ham ega emas. Ularning har ikkalasida ham ulkan iqtisodiy muammolar mavjud. Ikki prezidentning yuqoridagi loihani imzolashlari oʻz mamlakati uchun ulkan xiyonat va juda katta tarixiy xato boʻlishi mumkin. Rossiyaning Suriyadagi qonli yurishlariga sherik qilib qoʻyadigan bu harbiy bitim ikki davlatni doimiy xavf-xatarlar ostida yashaydigan holatga tushirib qoʻyadi. Bu esa Putinning Markaziy Osiyo uchun tayorlab borayotgan maqsadlariga mos keladi. Rossiya uchun bu davlatlarning harbiy koʻmaklari emas, balki ularning kufrga moil boʻlgan rasmiy maʼnodagi ishtiroklari va nomiga boʻlsa ham ular bilan harbiy hamkorlik qilishayotgani muhim.

Shu kunda Qozoq parlamenti islomiy terrorchilarni fuqorolikdan mahrum qilish koʻzda tutilgan qonunni tasdiqladi. Demak Qozogʻiston ham Qirgʻiziston ham, ichki siyosatida Islom va musulmonlarga qarshi repressiv harakatlarini kuchaytirishga majbur boʻlishadi. Chunki Suriyaga askar olib kirish islomiy qatlam uchun singdirib boʻlmaydigan darajada noroziliklar keltirib chiqarishi mumkin. Kufr olamining bu loihasidan kutayotgan asosiy maqsadi ham, xuddi shu islomiy norozilik muhitidan foydalanib olish ustiga quriladi!   

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.