AQSh Xitoyni terrorizmga (Islomga) qarshi faol rol oʻynashga chaqirdi

659
0

AQSh Xitoyni terrorizmga (Islomga) qarshi faol rol oʻynashga chaqirdi

AQSh Davlat departamentining Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqalari boʻyicha masʼul vazirning yordamchisi Sьyuzan Tornton AQSh va Xitoy oʻrtasidagi diplomatik va xavfsizlik sammiti oldidan Vashingtonda tashkil qilingan uchrashuvda jurnalistlarga bayonot berdi. Masʼul oʻzining bayonotida Pekin hukumatini terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda yanada faol rol oʻynashga chaqirdi.

Tornton Xitoyning Sharqiy turkistonlik uygʻur musulmonlariga nisbtan amalga oshirayotgan bosimlarini inobatga olib, Pekin hukumati terrorizmga (Islomga) qarshi kurashda cheklangan suratda rol oʻynayotganligini daʼvo qildi. Torntonga koʻra, Xitoy AQSh boshchiligida tashkil qilingan koalitsiyaga ham ishtirok etishi lozim.

“Xitoyning shaxdam qadamlar bilan yana ham kattaroq rol oʻynashini istaymiz. Bunda Xitoyning ham manfaatlari bor. Masalan, IShIDga qarshi Iroqda tashkil etilgan xalqaro koalitsiyani qoʻllab-quvvatlab, koʻproq hissa qoʻshishi kerak”, dedi Tornton.

Torntonning taʼkidlashicha, AQSh va Xitoy oʻrtasidagi bu hafta tashkil qilinadigan diplomatik va xavfsizlik sammitida aynan shu masala muhokama qilinadi.

“Biz ularning qoʻlidan keladigan ishlarni kun tartibiga keltiramiz. Bizning istagimiz samarali uchrashuv oʻtkazishdir”, dedi Sьyuzan Tornton.

Uchrashuvga AQSh tashqi ishlar vaziri Reks Tillerson va AQSh mudofaa vaziri Jim Mattis ishtirok etadi. Xitoy tarafdan esa davlat tashqi ishlar vaziri Yan Tszechi va bosh shtab boshqarmasining raisi general Fan Fenxuey ishtirok etadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.