Qatar inqirozidan soʻng yangi hamkorlik
Qatar inqirozi davom etar ekan, Saudiya Arabistoni Isroil bilan ikki tomonlama munosabatlar oʻrnatish, xususan iqtisodiy sohada hamkorlikni tashkil etish uchun uchrashuv oʻtkazganligi xabar qilinmoda. Xabarda aytilishicha, ikki mamlakat oʻrtasida avvalo iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish bilan boshlangan muzokaralar boshqa sohalarda ham oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
“Taymes” gazetasining xabariga koʻra, mintaqada Eron tahdidiga uchragandigi daʼvo qilingan ikki mamlakat soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarni oʻrnatish ustida muzokaralar olib bormoqda. Shunga koʻra, Saudiya Arabistoni Isroilga oid korxonalarning koʻrfazda ish yuritishiga va Isroil aviakompaniyalarining Saudiya Arabistoni havo hududidan foydalanishiga imkon yaratib beradi.
Qatar inqirozi ortidan Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman parlamentda soʻzlagan nutqida Qatar inqirozi Islomga qarshi kurashda Isroil uchun katta imkoniyat yaratishi haqida aytgan edi.
“Qatar va baʼzi arab davlatlari oʻrtasida yuzaga kelgan inqiroz radikal islomiy terrorizmga qarshi arab davlatlari bilan hamkorlik qilish uchun Isroilga katta imkoniyat taqdim etmoqda. Arab davlatlarining oʻzlari ham mintaqadagi xavf-xatar Isroil emas, balki terrorizm (Islom) ekanligini anglab yetishdi. Bu holat hamkorlik uchun imkoniyatdir”, degan edi Avigdor Liberman.