Atambayev: Rossiya va Qirgʻiziston har doim birga boʻlishi kerak

839
0

Atambayev: Rossiya va Qirgʻiziston har doim birga boʻlishi kerak

 Rossiyaga besh kunlik rasmiy tashrif bilan kelgan Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev oʻz prezidentlik muddatining asosiy yakunlaridan biri sifatida Rossiya va Qirgʻiziston oʻrtasidagi munosabatlar yangi darajaga chiqqanini aytdi.

 Uning eslatishicha, Qirgʻiziston prezidenti lavozimida yana bir necha oy qoladi.

 “Men bu lavozimda yana bir necha oy qolaman, hamda Qirgʻizistonda yangi prezident boʻladi. Biroq sizni ishontirib aytishim mumkinki, Qirgʻiziston oʻzi topgan yoʻldan chetga chiqmaydi. Oʻz ishimning dastlabki yakunlarini sarhisob qilar ekanman, prezidentlik muddatimdagi eng asosiy natijalardan biri sifatida – Rossiya bilan aloqalarni strategik munosabatlar, doʻstlik, birodarlik darajasiga olib chiqilganini qayd etmoqchiman”, – deya maʼlum qildi Atambayev Rossiya prezidenti bilan muloqot davomida.

 Uning qayd etishicha, “Biz Qirgʻizistonda, Rossiya – bizning dastlabki vatanimiz, bizning ildimiz ekanini bilamiz. Va, albatta, biz har doim birgalikda boʻlishimiz kerak. Hamda ota-bobolarimiz ishini davom ettirishimiz lozim”, – deya qoʻshimcha qildi Atambayev.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.