Suriyada Islomiy Davlat tashkiloti roli tugadimi?!
Regional va xalqaro manfaatlar birlashgan bir sharoitda keskinlikni yumshatish kelishuvi bir necha bor yuz bergan buzilishlarga qaramasdan oʻz yoʼlida davom etmoqda. Tul ayollar va yetimlar faryodi, qariyb yetti yil davomida Shom ahli bergan qurbonliklar qolib ketdi. Talab qilingan shaklga erishish uchun bu kelishuvda kelishilgan ishlar ham hamon oʻz yoʼlida davom etmoqda. Talab qilingan shakl esa, bitim doirasiga kiruvchi mintaqalar aholisini hech narsa qila olmaydigan bandi aholiga aylantirishdir. Ayniqsa, Shom togʻutiga muxolif kuchlarni ham ayni yirik “qamoq”qa qoʻshish uchun shu kungacha turli mintaqalardan toʻplab kelindi. Bu qamoqda oddiy turmush vositalari ham yetishmaydi, xususan, u yerda yer osti boyliklari va suv manbalari ham yoʼq.
Mana shunday ishlar asnosida Raqqa shahridagi Islomiy Davlat tashkilotiga qarshi jangga hozirlik koʻrilmoqda. Bu shahar xalifalik, deya daʼvo qilinayotgan ayni davlatning poytaxti hisoblanib, poytaxtning ziyon koʻrishi, tashkilotning ulkan zarbaga uchrashini anglatadi. Bundan oldin ayni “xalifalik davlati”ning Iroqdagi qanotiga poytaxt boʻlgan Mosul shahriga ham yaqinda deyarli ziyon yetkazilgan edi. Oʻshanda Iroq armiyasi Mosulni Davlat tashkiloti qoʻliga, hali xalifaligini eʼlon qilmasdanoq qoʻsh qoʻllab topshirib qoʻygandi. Raqqa jangiga Suriya demokratik kuchlarining bosh tayanchi boʻlgan va AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan Kurd Xalq Mudofaasi qismlari yetakchilik qiladi. Xususan, bu qismlarni tayyorgarlikdan oʻtkazish va qurol-yaroq bilan taʼminlash bilan shugʻullangan Amerika, endi uning Davlat tashkilotiga qarshi janglarida havo himoyasi bilan ham taʼminlamoqchi. Bu jangda Davlat tashkilotini Raqqadan Dayrizzur shahriga quvib borish, u yerda oʻz navbatida, jangni Shom togʻuti oʻz qoʻliga olishi maqsad qilingan. Buning uchun esa, oldindan ayni keskinlikni yumshatish bitimi natijasida aksar frontlarni muzlatib turish rejalashtirilgan. Bu reja rejimga Dayrizzurni oʻz nazoratiga olishiga zamin tayyorlagan holda, kuchlarini toʻplab olishi uchun hamda Eron va Afgʻoniston jangarilari tomonidan unga qoʻllov kelishi uchun vaqt va imkoniyat beradi. Zero, endi Dayrizzur quturgan janglarga guvoh boʻlishi… va nihoyat, unda Davlat tashkilotining asl basharasi fosh boʻlib, soxta qudrati puch ekani namoyon boʻlishi kutilmoqda. Shu paytgacha bu tashkilot, qoʻzgʻolon taniga xanjar sanchib, birlashishga juda muhtoj boʻlib turgan qoʻzgʻolon ahli orasini boʻlib tashlash bilan oʻziga chizib berilgan rolni qoyilmaqom qilib uddaladi, soʻng “terrorizm”ga qarshi kurash dastagi ostida butun dunyo unga qarshi kurash boshladi.
Endi, Davlat tashkiloti roliga yakun yasalmoqchi. Buni aynan hozir ado etilayotgani esa, xalqaro hamjamiyat hamda Amerika va yordamchisi Rossiyaning umumiy siyosati bilan uygʻun kelmoqda. Xususan, Suriyadagi baʼzi mintaqalarda taranglikni yumshatish bitimi imzolashga erishilgach, bu ikki uygʻun ish parallel yoʼlda ketmoqda va bu ishlarning har biri uchun talay vaqt kerak boʻladi. Biroq, Jeneva konferentsiyasi va Amerikaning siyosiy yechimi masalasida bu ishlarning barchasi ayni keskinlikni yumshatish bitimining muvaffaqiyatli boʻlishiga bogʻliq, bunga aslo shubha yoʼq. Faol davlatlar bu bitimni katta ahamiyatga molik ekanini tushunib turibdi va shu bois ham unga hamma imkoniyatlarini sarflashyapti, uning muvaffaqiyatli chiqishi uchun barcha kerakli bosimlarni qoʻllashyapti. Bu vaqtga qadar, Davlat tashkiloti bilan “terrorizm”ga qarshi kurash olaboʻji boʻlib turadi albatta, shu orqali Shom ahliga qarshi butun davlatlararo terroristik bosimlar davom etadi, bu ishlarni Shom togʻuti va uning kofir Gʻarbdagi xoʻjayinlari bajaradi.
Ahmad Abdulvahhob