بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم
Savolga javob
Trampning Saudiya va bosib olingan Falastinga tashrifi natijalari
Savol: Rusiyal Yavm sayti 2017 yil 26 mayda Reyter axborot agentligidan koʻchirib, Amerika senati Tramp Saudiya bilan tuzgan 460 milliard dollarlik kelishuvga qarshi ovoz berishini xohlayotganini keltirdi: (Amerika senati aʼzosi Tramp Saudiya bilan tuzgan qurol aslaha borasidagi kelishuvni rad etish taklifi bilan chiqdi va kengashdan mana shu qaror uchun ovoz berishini talab qildi…). Nima uchun kongresc Amerika iqtisodi inqirozga uchragan bir paytda Amerikaning tushiga ham kirmaydigan bunday kelishuvni rad qilmoqda? Bundan tashqari Saudiyaga Tramp tashrifining aks sadosi katta boʻldi, unda Koʻrfaz davlatlari yetakchilari yigʻildi, soʻng Tramp Falastinga bordi. Bu tashrif uning Falastin muammosiga aloqador siyosiy loyihaga ega ekanini anglatadimi? Alloh sizga barakotlar bersin.
Javob: Kongrescning bunday taklif bilan chiqishi siyosiy savdolashuvdir. Kuchliroq ehtimol shuki, bu taklif kelishuv mavzusiga taʼsir qilmaydi, qolaversa uni takomillashtirishi ham mumkin. Chunki kelishuv zavodlarni jonlantirish orqali Amerika iqtisodini tiklaydi va ulkan ish oʻrinlarini yaratadi. Shuning uchun Amerika barcha partiyalari bilan mana shuni xohlaydi. Kongrescning bitimni rad etishi yoki rad etishga urinishi yorqin boʻlishi uchun quyidagi ishlarni keltiramiz:
Amerika prezidenti Tramp Amerikaning oʻzida axborot vositalari tashviqoti kuchaygan bir paytda Saudiya poytaxti Riyozga 2017 yil 20 mayda yetib bordi. Arab kanallari esa bu tashrifni Islom olami bilan yarashuv tashrifi, deya baholadi. Trampning Saudlar bilan uchrashuvi Barak Obama erisholmagan iliqlikka ega boʻldi. Chunki Tramp unda Saudiya, uning qiroli va yetakchilarini shunday maqtadiki, ular bunday soʻzlarni oldingi prezidentlardan eshitishmagan edi. Tramp avval Saudiya qiroli Salmon bilan oliy darajada uchrashuv oʻtkazdi, soʻng 2017 yil 21 mayda olti Koʻrfaz davlati qirol va amirlari bilan uchrashdi. Soʻng shu kunning oʻzida 55ta islomiy oʻlka yetakchilari bilan uchrashdi, bu uchrashuv Tramp ularga leksiya oʻqish shaklida oʻtdi. Bundan tashqari Tramp va ushbu davlatlarning ayrim yetakchilari oʻrtasida ikkinchi darajali uchrashuvlar boʻlib oʻtdi… Bu uchrashuvlar natijasi oʻlaroq, mana shu davlatlar va AQSh oʻrtasida (ekstremizm va terrorizm)ga qarshi kurash uchun ishonchli sheriklik doirasida (ekstremistik) fikrga qarshi kurash markazi ochishga kelishildi. Bunda Riyoz markaz sifatida belgilanib, uchrashuvning yakuniy bayonoti “Riyoz eʼloni” nomli bayonotda toʻla keltirildi. Shunday qilib, Saudiya Gʻarb “terror” deb, Tramp “Radikal islomiy terror” deb nomlayotgan narsaga qarshi kurashni moliyalashtiradigan boʻldi… Shuningdek “Riyoz eʼloni” kelishuvida (Riyoz shahrida Oʻrta Sharq strategik ittifoqi) taʼsis qilinishi mumkinligi haqida aytildi. Yana unda (Bir qancha davlatlar mintaqa va olamda tinchlik va xavfsizlikni roʻyobga chiqarishda ishtirok etish uchun ushbu ittifoqqa qoʻshilishi hamda bu strategik ittifoq 2018 yil amalga oshishi) haqida aytildi.
Tramp uchun bu yigʻilish, markaz va ittifoqdan ham koʻra Saudiya bilan boʻlgan iqtisodiy kelishuv muvaffaqiyatli boʻldi. Chunki Amerika iqtisodi krizis va zarbalardan keyin olamda birinchi boʻlishiga qaramay jar yoqasiga kelib qoldi. Xitoy iqtisodi toʻxtamay oʻsayotgan bir paytda Amerika uchun ulkan qarzdorlikni tuzatish va iqtisodni oʻstirish eng zarur masala boʻlib qoldi. Shuningdek iqtisodga aloqador masalalar Amerika yetakchilari uchun birinchi darajali ish va ularning tashqi iqtisodiy siyosatlaridagi oldingidan ham koʻra muhimroq dastakka aylanib qoldi. Amerika prezidenti Tramp 2016 yil oxiridagi prezidentlik saylovlarida amerikaliklarga ish oʻrinlarini yaratish hamda Amerika shirkatlarini Amerikaga qaytishga undash va olam davlatlarini Amerika ularni himoya qilayotgani uchun unga moliyaviy “Soliq” toʻlashlariga majburlash orqali Amerika iqtisodini oyoqqa turgʻazish kabi shiorlarni koʻtardi. Trampning foydali kelishuvlar borasida mahoratli kapitalist ekani Respublikachilarni prezidentlikka Trampni nomzod qilib koʻrsatishga undadi.
Tramp ushbu siyosatini tatbiq qilar ekan, Angela Merkelning 2017 yil 17 martda Vashingtonga tashrifi chogʻida undan Amerika ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyani himoya qilgani evaziga oshkor etmasdan milliardlagan dollarlarni berishini talab qildi. Shuningdek 2017 yil 28 martda Janubiy Koreyadan ushbu davlatga Amerikaning “TAAD” raketalari joylashtirilishi evaziga milliard dollar berishini talab qildi. Bu raketalar Shimoliy Koreya raketa sinovlarini oʻtkazib ikki davlat oʻrtasida taranglik kuchaygandan keyin, Amerika armiyasi tomonidan joylashtirilgan edi… Lekin Germaniya Amerika askarlari ushbu davlatda turishi evaziga moliyaviy qarzdor boʻlishdan bosh tortgani kabi, Janubiy Koreya ham “TAAD” raketalari evaziga pul toʻlashdan bosh tortdi. Shunday qilib Amerikaning xalqaro moliyaviy “soliq” yigʻish harakati muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Lekin Amerika bu ish borasida Saudiya va Koʻrfaz davlatlari bilan boʻlgan kelishuvda muvaffaqiyatga erishdi. Bu Tramp va Saudiya oʻrtasida imzolangan ulkan bahodagi kelishuvda koʻrindi.
Boshqacha aytganda Amerikaning “oʻlpon” yigʻishdagi siyosatining muvaffaqiyati Saudiyada koʻrindi. Chunki Amerika tarixda eng ulkan qurol aslaha kelishuvini imzoladi. Al-Jaziraning Mubashir kanali 2017 yil 20 mayda shunday xabar tarqatdi: (Saudiya qiroli Salmon va Amerika prezidenti Tramp shanba kuni Saudiya poytaxti Riyozda bir qancha kelishuvlarni imzolashdi. Oq uy Riyoz bilan bahosi 460 milliard dollarlik harbiy kelishuvlar imzolanganini eʼlon qildi. Saudiya tijorat vaziri Majid Qasabiy Amerikaning 23ta gigant shirkatiga Saudiyaga investitsiya yotqizishiga ruxsat berganini aytdi. Al-Jaziraning Riyozdagi xabarchilarining aytishicha Saudiya va Amerika bahosi 460 milliard dollarlik mudofaa kelishuvlarini imzolashgan. Shundan 110 milliard dollari tezda amalga oshiriladigan harbiy kelishuv boʻlib, unga koʻra Vashington Saudiyaga zudlik bilan kerakli qurol aslahani yetkazib beradi. Qolgan 350 milliardi esa oʻn yil ichida amalga oshiriladi).
Bu kelishuv oʻta ulkan boʻlganidan Amerikaning Dou Jons, Standard end Purs va Nasdak kabi asosiy birjalarining aktsiyalari narxi oshdi. Bu narsa Tramp saylov kampaniyasida vaʼda bergan Amerika iqtisodi va amerikaliklarni ish bilan taʼminlash uchun Saudiya beradigan katta mablagʻlarga qarab boʻlgan. Bu kelishuvlarga nazar solar ekanmiz, Saudiyani Amerika qurol aslaha sanoatiga davlat kirimidan bir qancha koʻp mablagʻni toʻkayotgani koʻrinadi (Saudiyaning 2016 yildagi kirimi 528 milliard riyol yaʼni 140 milliard dollarga teng boʻlgan… Arabiya net, 2016 yil 22 dekabr). Shunday qilib Tramp moliya borasida izlagan narsasini Saudiyadan topgan…!
Ammo kongrescning taklifi siyosiy savdolashuvdir. Kuchliroq ehtimol shuki, bu taklif kelishuv mavzusiga taʼsir qilmaydi, qolaversa uni takomillashtirishi ham mumkin. Chunki kelishuv korxonalarni jonlantirish orqali Amerika iqtisodini tiklaydi va keng ish oʻrinlarini ochadi, Amerikaning ikkala partiyasi ham shuni xohlaydi. Lekin avval aytganimizdek bu siyosiy savdolashuvdir. Chunki Tramp Rossiya bilan aloqalariga doir mojarolarni hamda kuyovi va qarindoshlariga qarshi koʻtarilgan masalalarni yopishga harakat qildi. Tramp bularning barchasini mana shu iqtisodiy kelishuv orqali va ushbu katta sondagi davlat hokimlarini yigʻishdek siyosiy ish orqali yopdi. Chunki Trampning safari, uchrashuvlari, Saudiya bilan tuzgan ulkan qurol aslaha kelishuvlari, bir qancha davlatlardan kelgan musulmon podshoh va yetakchilar Tramp leksiyasiga yigʻilishi va Amerikaga itoat qilishlari borasida oʻtkazgan marosimlari, bularning barchasini Amerika matbuoti keng yoritgani maʼlum vaqtgacha prezident Tramp va uning idorasini ushbu mojarolardan xalos etadi. Shuningdek uni gʻalaba va muvaffaqiyat sohibi qilib koʻrsatadi. Lekin Trampning sharmandagarchiligi va siyosiy ishlarda zaifligidan tashqari yana bir qancha muammolari boʻlib, ular hozirgi vaziyatda uning muhim jihati emas.
Mana shundan katta sondagi musulmon podshoh va yetakchilar Amerika prezidentini kutib olish uchun zudlik bilan yigʻilishgani va bu bunday hajmda birinchi marta boʻlayotganini bilib olish mumkin. Deutsche Welle sayti 2017 yil 19 mayda shunday xabar tarqatdi: (Saudiya Arabistoni Amerika prezidenti Donalьd Tramp va Riyozga chaqirilgan 55ta davlat yetakchilari oʻrtasida boʻlishi kutilayotgan uchrashuvga qattiq tayyorgarlik koʻrmoqda. Bunda Amerika prezidentining Saudiyaga kelishi matbuotda keng yoritilmoqda. Ayni paytda kuzatuvchilarning aytishicha Saudiya tarixda birinchi marta boʻlayotgan bunday uchrashuvga koʻp sonli musulmon va arab yetakchilarini yigʻish bilan ushbu tashrifga dunyo eʼtiborini tortgan). Shuning uchun ayrim kongresc aʼzolari, xususan demokratlar tomonidan mana shu siyosiy savdolashuv sodir boʻldi.
Ammo Koʻrfaz hokimlariga kelsak, Amerika ularning Britaniyaga malayligini bilsada, ularni avrab oʻziga ogʻdirib olishni xohlaydi. Amerika bu ishni ular bilan qurol aslaha kelishuvlarini tuzish va Eron xataridan ularni qoʻrqitib, ushbu davlatlar ichki ishlariga aralashish orqali amalga oshiradi… Tramp oʻz nutqida shunday dedi: (Amerika markaziy yetakchiligini yaxshi kutib olayotgan Qatar muhim strategik hamkor hisoblanadi. Quvayt va Bahrayn bilan boʻlgan uzoq muddatli hamkorligimiz mintaqadagi xavfsizlikni kuchaytiradi… Birlashgan Arab amirliklari joni dili bilan jangga qatnashdi va internetda nomaqbul ishlar tarqalishiga qarshi kurashish uchun markaz ochishi uchun Amerikaga ruxsat berdi. Bahrayn esa jangarilik va ekstremizmga chek qoʻyish uchun harakat qilayapti). (CNN 2017 yil 21 may).
(Amerika prezidenti Donalьd Tramp AQSh va Qatar qurol aslaha boʻyicha yangi kelishuv tuzish haqida soʻzlashishdi. “Assoshieyted Press” axborot agentligi xabar berishicha Amerika prezidenti Qatar amiri bilan “harbiy qurol yarogʻlar” sotish haqida soʻzlashganini aytgan. Tramp va Qatar amiri Shayx Tamim bugun ertalab Riyoz shahrida oliy darajadagi Islom Amerika uchrashuvidan alohida ikkinchi darajali soʻzlashuvlarni oʻtkazdi. Unda Amerika prezidenti “Hech kim Amerikadan yaxshiroq qurol aslaha ishlab chiqa olmaydi” dedi va kelishuvga ishora qilar ekan, “Yaqinda Amerikada ish oʻrinlari yaratiladi va Qatarning xavfsizlik quvvati oshadi” dedi…). (Misrning Dot kanali 2017 yil 21 may).
Amerikaning mintaqa davlatlarini Eron xataridan qoʻrqitish borasidagi siyosatidan maqsadi Amerika bu hokimlarga Eronga qarshi shirin soʻzlarni aytib, ular bilan qurol aslaha, harbiy bazalar va asbob uskunalar borasida kelishuv tuzishdir. Bunda barcha chiqimlarni Koʻrfaz davlatlari koʻtaradi, Amerika esa Eronga qarshi biror chora koʻrmaydi. Balki Obama davrida Yamandagi Husiylarni qurollantirishda Eronga tayanganidek, Suriyadagi qoʻzgʻolonni bostirishda ham Eronga tayanadi. Shuningdek Eronning Iroq va Livandagi nufuzi saqlanib turishiga yoʻl qoʻyadi. Tramp Riyozda qilgan nutqida Hizbullohni terrorchi jamoat deb tilga olgan boʻlsada, Hizbullohni Suriyaga kirishi uchun yashirin yoʻllarni ochib bergan va Jarad Arsalda u bilan birga Suriya qoʻzgʻolonchilariga qarshi jang qilgan Livan armiyasini maqtagan.
Koʻrfaz hokimlari Saudiya hokimlari kabi Amerika Eronni ularning taxtlarini titratish uchun yoʻllashidan xotirjam emas. Shuning uchun ular Amerika Eron va uning xatari haqida gapirganda, u amalda hech narsa qilmasada, uning xohish irodasini bajo keltirishadi. Tramp oʻz nutqida shunday dedi: “Eron Livandan boshlab Iroq va Yamangacha mintaqada boshboshdoqlik va vayronagarchilik tarqatayotgan ekstremist jamoatlar, terrorchilar va jangarilarni qurollantirmoqda va pul bilan taʼminlamoqda. Yana u bir qancha vaqtdan beri toifachilik va terror urushlariga oʻt qalamoqda. Eron hukumati qatli om qilishi haqida gapirib, (Isroil)ni vayron qilishi, Amerikaga oʻlim boʻlishi hamda shu qitʼadagi aksar yetakchi va xalqlar boʻlishi haqida qoʻrqityapti. Eronning Suriya ishlariga aralashishi barqarorlikka putur yetkazadigan aralashishdir. Chunki Asad Eron koʻmagi bilan mislsiz jinoyatlarni amalga oshirdi…”. (CNN 2017 yil 21 may).
Bunda Amerika goʻyo Eronni bu ishlarga buyurmagandek va Koʻrfaz hokimlari bularni bilmagandek boʻlib koʻrinadi. Amerika Eronni yolgʻizlatib qoʻyishga chaqirdi, Eronga nisbatan biror chora koʻrmadi. Tramp saylov kampaniyasida Eronga qarshi ochiq gapirsada, Amerika hanuz u bilan boʻlgan yadroviy kelishuvini buzmagan… Amerika bularning barchasini Koʻrfaz davlatlarini Eron nomli olaboʻjidan qoʻrqitish uchun qiladi va shu orqali ular bilan qurol aslaha, harbiy baza va asbob uskuna borasida keshuvlar tuzadi. Bundan tashqari yuqorida aytganimizdek barcha sarf xarajatni Koʻrfaz davlatlariga yuklaydi.
Ammo yahud vujudi bilan boʻlgan siyosiy loyiha, Tramp 2017 yil 22 mayda Saudiyadan keyin Falastinga borgani va u yerga siyosiy yechim uchun loyiha olib borgani haqidagi savolga kelsak, bugun Amerika Falastin muammosi haqida bosh qotirmaydi, chunki bugun Amerika idorasining boshqa birlamchi masalalari bor…
Biz 2017 yil 12 mayda chiqargan savol javobda shunday degan edik: “Arab mintaqasi, xususan Suriyadagi vaziyat izdan chiqishi va Amerika bilan Shimoliy Koreya oʻrtasidagi taranglikning kuchayishi tufayli Falastin muammosi Amerikaning hozirgi idorasi uchun birlamchi muammo boʻlmay turibdi. Shuning uchun Amerika bu muammoga nisbatan shoshilmay munosabat bildirmoqda… Falastin masalasi yechimining kelajagi borasida izlanmoqda va arablar, xususan falastinliklar bilan yahud vujudi oʻrtasida muzokara boshlash imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Soʻzlarimizni BBC 2017 yil 13 martda tarqatgan xabari tasdiqlaydi: (Reyter axborot agentligi Falastin yetakchiligi vakili Nubayl Abu Radiynaning: Tramp Abbosga qayta muzokaralar oʻtkazish haqida izlanayotgani haqida hamda “haqiqiy tinchlikka olib boradigan tinchlik amaliyotlari”ni qoʻllashi haqida aytdi degan soʻzlarini tarqatgan. Unda aytilishacha Tramp Oq uydagi Abbos bilan boʻlgan qoʻshma matbuot konferentsiyasida: “Men nima zarur boʻlsa shuni qilaman… Ikki taraf oʻrtasida vositachi yoki yoʻllovchi yoki hakam sifatida qatnashishga roziman, biz bu ishda yaqinda muvaffaqiyatga erishamiz”). (Rusiyal Yavm, 2017 yil 4 may). Boshqacha aytganda Amerika hozir Falastin muammosi borasida tayin reja taqdim qilmaydi hamda bu holat Suriya va Shimoliy Koreya masalasiga uzil kesil chek qoʻymaguncha davom etadi.
Shuning uchun Tramp oldida nafaqat muzokaralarni qayta tiklash va oʻzi xohlayotgan tinchlik jarayonini boshlash muammo, balki u Falastin muammosi borasida ikki tarafni oʻrganish, izlanish va bekorchi gap sotish bosqichidadir… Amerika bunda oʻzi xohlayotgan yoki yahud vujudi xohlayotgan yechimga kelishishlari uchun bevosita uchrashishlarini xohlaydi, shuning uchun ulardan bevosita muzokara oʻtkazishlarini talab qilyapti. (AQShning BMTdagi vakili Nikki Xeyli oʻtgan seshanba kuni Falastin vakili Riyoz Mansur bilan birinchi marta uchrashdi. Uchrashuvdan soʻng tvitter orqali ijtimoiy tarmoqlarda sayrar ekan: Falastinliklar “natijaga erishish uchun BMTga murojaat qilish oʻrniga isroilliklar bilan bevosita muzokara oʻtkazishlari kerak” degan…). (BBC 2017 yil 11 mart).
Xotima oʻrnida shuni aytamizki, Amerika buzuq qiymatlari va sassiq hazorati natijasida ichini qurt kemirayotgan boʻlsa, lekin u musulmon oʻlkalarda xohlaganicha kezib yursa va oʻzlarini hokim deb hisoblayotganlar uning manfaatiga xizmat qilish uchun poyga oʻynashayotgani achinarli holdir. Shundan keyin u qoʻli bilan bir ishora qilsa, balki koʻzini qiri bilan qarab qoʻysa, 55ta ruvaybiza Islom va musulmonlarga nisbatan ulkan jinoyatlarni qilayotgan kofirga itoat qilish va doʻstlik izhor qilish uchun bir biri bilan musobaqa oʻynashi achinarli ish… Bundan tashqari musulmonlarning boyliklari Amerika iqtisodini qayta tiklayotgani, amerikaliklarni qayta jonlantirayotgani, ulardagi ishsizlikka barham berib, boyitayotgani, ayni paytda musulmon yurtlarda ishsizlik avjiga mingani achinarli ishdir.
Malaylar bu boyliklarni oʻz egalaridan tortib olmoqda, Allohning shariatida esa ular barcha musulmonlar mulkidir. Lekin malaylar ularni musulmonlar yurtlarida amalga oshirayotgan qirgʻinlarida yanada kuchga toʻlishi uchun Tramp qoʻliga topshirishyapti. Sabab esa aniq, biz uni aytganmiz va yana takrorlaymiz… Buning sababi ortida turib himoyalaniladigan Xalifa yoʻqligidir. Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Rosululloh A aytadi:
“إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ، يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ، وَيُتَّقَى بِهِ”
“Imom qalqondir, uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi”. Imom Muslim chiqargan. Alloh va Rosulini yaxshi koʻrgan har bir musulmonning hayot va mamot masalasi Allohga xolis va Rosuliga sodiq boʻlib jiddiy faoliyat qilish boʻlishi kerak. Bu esa roshid Xalifalikni tiklash orqali boʻladi. Ana oʻshanda sahih hadisda kelganidek zoʻravon boshqaruvdan keyingi Rosulullohning xushxabari roʻyobga chiqadi. Rosululloh A aytadi:
“…ثُمَّ تَكُونُ جَبْرِيَّةً، فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ، ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا، ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ”
“Soʻng zolim-zoʻravon podshohlik boʻladi va u Alloh xohlagancha davom etadi. Soʻng Alloh Oʻzi xohlaganda uni koʻtaradi. Soʻng paygʻambarlik minhoji asosidagi Xalifalik boʻladi”. Ahmad va Tayolisiylar chiqargan.
Shundan soʻng musulmonlar aziz va mustamlakachi kofirlar xor boʻladi, soʻng musulmonlar yurtidan oʻz hovlisi ichkarisiga (agar qolgan boʻlsa) ketishadi.
Muborak ramazon oyining birinchi kuni 1438h
27 may 2017m