Putin: IShID Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzmoqda
“Sputnik” sayti xabar qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “IShID” tashkiloti Markaziy Osiyo va Rossiya janubida vaziyatni izdan chiqarish boʻyicha reja tayyorlayotganini maʼlum qildi.
Ostonada boʻlib oʻtgan ShHT sammitida Putin Peterburgdagi teraktlardan keyin olib borilgan tergov jarayonida tashkilotga aʼzo mamlakatlar hududlarida IDning yashirin guruhlari faoliyat olib borayotgani maʼlum boʻlganini aytgan.
“Bizdagi maʼlumotlarga qaraganda, “IShID” Markaziy Osiyo va Rossiya janubida vaziyatni izdan chiqarish boʻyicha reja tayyorlamoqda. ShHTning maxsus xizmatlari, xususan mintaqaviy antiterror tuzilmasining oʻzaro hamkorligini mustahkamlash lozim”,- degan Putin.
Turkiston:
“RIA Novosti” axborot agentligi tarqatgan xabarda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu, “Afgʻonistondan kelayotgan xavfni oldini olish uchun Tojikiston va Qirgʻizistonda harbiy quvvatlarimizni kuchaytiramiz” degan edi, QXShTning Astanadagi navbatdagi yigʻilishida.
Yuqoridagi Putinning bayonoti ham Rossiyaning QXShTga, xossatan Markaziy Osiyoga nisbatan olib borayotgan harbiy mustamlakachilik yurishiga dalolat qilayotgan siyosatining namunasi boʻldi. Uning Sank Peterburgdagi voqeʼaga bogʻlab gapirib oʻtganidan, asosiy eʼtibor Oʻrta Osiyoga qaratilayotganini tushunish mumkin.
Putinning “IShID” tashkiloti haqidagi malumotlari, atayin boʻrttirib koʻrsatilayotgan qalbaki vahimadan oʻzga narsa emas. Chunki bu tashkilot birorta, hatto kichik bir mamlakatni izdan chiqarib yubora oladigan quvvatga ham ega emas. “IShID”ning quvvati kufr harbiy maxsus kuchlari uning nomidan mintaqalarda faoliyat olib borayotganidadir. Xuddi ilgari “Al-qoida”ning nomidan olib borilgani singari, dunyoning har chekkalarida boʻlayotgan qoʻporuv amaliyoti “IShID” tashkiloti nomidan amalga oshirilyapti. Mustamlakachi davlatlar oʻzlarining manfaatlari yoʻlida “IShID”ning nomidan foydalanib kelishyapti.
Rossiya ham oʻzining Markaziy Osiyoga harbiy mustamlakachi yurishida xalqaro siyosat tomonidan atayin paydo qilingan “IShID” vahimasidan foydalanmoqchi. U hozircha matbuot hujumlari olib boryapti. Matbuot hujumida muvoffaqqiyat qozongach, albatta moddiy faoliyatlarga oʻtadi. Rossiyaning oʻz elchixonalari orqali uyushtirib borayotgan qoʻporuv aktsiyalarini hatto bir necha yirik Yevropa davlatlari va Turkiya ham toʻxtatib qola olmadi.
Demak Qirgʻiziston kabi zaif va quvvatsiz davlatlar Rossiyaning matbuot propogandalariga va yuqoridagi singari rasmiy bayonotlar orqali oʻtkazayotgan siyosiy bosimlariga qarshi kuchli matbuot kurashi olib borishdan oʻzga choramiz yoʻq! Biz ularning biz uchun oʻta xatarli boʻlgan bu bayonotlariga raddiya berib, hozirlik koʻrilyotgan qoʻporuv amaliyotlari islomiy kuchlar tarafidan amalga oshirishi mumkin emaslinigi va ishning asl mohiyatini oshkor qilib borishda bardavom turishimiz lozim! Aks holda ular mintaqamizda juda xavfli vaziyatlar paydo qilishmoqchi!