Tojikistonda “Antiterror-2017” mashgʻulotlarining ikkinchi qismi boshlandi

766
0

Tojikistonda “Antiterror-2017” mashgʻulotlarining ikkinchi qismi boshlandi

“Sputnik” xabariga koʻra, Dushanbeda MDH xavfsizlik va maxsus xizmatlari organlari rahbar tarkibining yigʻini ochildi. Tojikiston poytaxtiga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Rossiya davlatlari delegatsiyalari yetib keldi.

“Oldinda bizni tigʻiz uch kun kutib turibdi. “Dushanbe-Antiterror-2017” hamkorlik mashgʻulotlari uchrashuvimizning asosini tashkil qiladi,- dedi MDH Antiterror markazi rahbari Andrey Novikov.

31-may kuni Tojikiston davlat xavfsizlik qoʻmitasi rahbarligida mashgʻulotlarning ikkinchi qismi boshlandi. Maxsus xizmatlar terrorchilarga qarshi operatsiyani namoyish etadilar: telemarkazni ozod qiladilar. Oʻquv mashqlari Rossiya va Tojikiston kuch tizimlarining respublika hududiga bostirib kirgan shartli jangarilarni yoʻq qilish bilan yakunlanadi. Antiterror mashqlarining birinchi bosqichi 23-26 may kunlari oʻtkazildi.

Ishtirokchi davlatlarning operativ boʻlinmalari shartli terrorchilik tashkilotlariga jalb etish bilan shugʻullanadigan shartli yollovchilarga qarshi oʻzaro chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Bundan tashqari, ular IP-trafikni hamda ijtimoiy tarmoqlarda yollovchi resurslarni aniqlaydigan qurilmani sinovdan oʻtkazdilar.

Tojikiston mudofaa vaziri Shirali Mirzo MDHning barcha mamlakatlari oldida oʻxshash vazifalar turganini va terrorizmga qarshi kurashda yagona yondashuv rivojlanayotganligini taʼkidladi.

“Chegaralarimiz yaqinidagi vaziyat murakkabligini saqlab turibdi va bu tahdidga qarshi faqatgina birgalikda kurashish mumkin”,- dedi vazir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.