Muborak ramazon oyini kuzatish natijasi hamda “Voqeya” telekanalining ochilishi eʼloni

871
0

Auzu billahi minash-shaytonir rojim

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِيَ أُنزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِّلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِّنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ فَمَن شَهِدَ مِنكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ وَمَن كَانَ مَرِيضًا أَوْ عَلَى سَفَرٍ فَعِدَّةٌ مِّنْ أَيَّامٍ أُخَرَ يُرِيدُ اللّهُ بِكُمُ الْيُسْرَ وَلاَ يُرِيدُ بِكُمُ الْعُسْرَ وَلِتُكْمِلُواْ الْعِدَّةَ وَلِتُكَبِّرُواْ اللّهَ عَلَى مَا هَدَاكُمْ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib hamda hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib Qurʼon nozil qilindi. Bas, sizlardan kim bu oyga hozir boʻlsa, roʻza tutsin. Va kim xasta yoki musofir boʻlsa, u holda (roʻza tutolmagan kunlarining) sanogʻini boshqa kunlarda (tuzalgach yoki safardan qaytgach) tutadi. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga ogʻir boʻlishini istamaydi. Bu sanoqni toʻldirishingiz va hidoyat qilgani sababli Allohni ulugʻlashingiz uchundir. Shoyad shukr qilsangiz” [Baqara 185]

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga hamda ul zotga ergashib, yoʻlidan yurgan, Islom aqidasini oʻzining fikratiga asos qilib olgan, sharʼiy ahkomlarni esa amallariga oʻlchov va hukmlariga manba qilgan zotlarga salotu salomlar boʻlsin, ammo baʼd:

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra Gning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy A yoki Abu Qosim A aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Shu xususda bizga Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtadan quyidagilar keldi:

————————-

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Allohga hamd boʻlsin. Allohning Rosuliga, ul zotning oilalari, sahobalari va ul zot bilan doʻst boʻlganlarga salotu salomlar yogʻilsin va baʼd:

Ey musulmonlar… Ey ulugʻ daʼvat egalari… Ey koʻruvchi va eshituvchilar… Ey qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlgan xolda (yaʼni sidqidildan) quloq tutuvchilar…

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh…

Men siz aziz birodarlarimga ushbu yoqimli kechada ikki ajoyib xushxabarni mamnuniyat ila yetkazmoqchiman:

Birinchisi: muborak ramazon oyining kirib kelganligi:

Bugun 2017 yil 27 may, jumʼadan shanbaga oʻtar kechasida muborak ramazon oyi kuzatilgandan keyin oyni sharʼiy koʻrish bilan koʻrilgani ayrim islomiy yurtlarda oʻz isbotini topdi. Shunga binoan, ertaga shanba kuni muborak ramazon oyining birinchi kunidir.

Buxoriy oʻzining sahihida Muhammad ibn Ziyod orqali ushbu hadisni keltirdi. Muhammad ibn Ziyod aytadi, men Abu Hurayra Gning bunday deganlarini eshitgandim: Nabiy A yoki Abu Qosim A aytdilar:

“صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةََ شَعْبَانَ ثَلاَثِينَ”

“Oyni koʻrib roʻzani boshlanglar, oyni koʻrib roʻzani tugatinglar. Agar havo bulut boʻlsa, shaʼbon oyining sanogʻini toʻla oʻttiz kun qilinglar”.

Ha, Alloh Taolo ushbu ulugʻ oyni alohida-xos oy qildiki, unda Oʻzi istagan bandalarini behisob mukofotlaydi. Rosululloh A muttafaqun alayhi hadisi qudsiyda bunday dedilar:

“كُلُّ عَمَلِ ابْنِ آدَمَ لَهُ، إِلاَّ الصِّيَامَ، فَإِنَّهُ لِي وَأَنَا أَجْزِي بِهِ…”

“Odam farzandining har bir amali oʻzi uchundir, faqat roʻza bundan mustasno. Chunki u Men uchundir va uning mukofotini Men Oʻzim beraman…”. Bu oy Islom tarixida eng diqqatga sazovor ishlar yuz bergan oydir. Bu oyda Qurʼoni Karim nozil boʻlgan:

شَهْرُ رَمَضَانَ الَّذِي أُنْزِلَ فِيهِ الْقُرْآنُ هُدًى لِلنَّاسِ وَبَيِّنَاتٍ مِنَ الْهُدَى وَالْفُرْقَانِ

“Ramazon oyidirki, bu oyda odamlar uchun hidoyat boʻlib, hidoyat va furqon (haq bilan botilni ajratguvchi)ning ochiq oyatlari boʻlib, Qurʼon nozil qilingan” [Baqara 185]

Bu oyda musulmonlar savob amallarini qilishda bir-birlari bilan bellashadilar. Zero unda ajr va savoblar bir necha barobar qilib beriladi, musulmonlar, sidqidildan, ixlos ila roʻza tutish bilan Allohdan gunohlarini magʻfirat qilishini umid qiladilar. Sahihi Buxoriyda Abu Hurayra G Nabiy Aning bunday deganlarini rivoyat qiladi:

“مَنْ صَامَ رَمَضَانَ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ، وَمَنْ قَامَ لَيْلَةَ القَدْرِ إِيمَانًا وَاحْتِسَابًا غُفِرَ لَهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِهِ”

“Kimki ramazonda sabr-toqat qilib imon bilan roʻza tutsa, uning oldingi gunohlari magʻfirat qilinadi. Kim laylatul qadrni sabr-toqat qilib imon bilan bedor oʻtkazsa uning ham oldingi gunohlari magʻfirat qilinadi”.

Bu oyda musulmonlar xalifasi va uning voliylari yurt va fuqarolar xavfsizligini himoya qilib, Islomni butun dunyoga daʼvat va jihod orqali yetkazar edi. Musulmonlar xalifasi Alloh shariati bilan hukm yuritardi, Allohning yoʻlida ular bilan birga jihod qilardi. Islomiy armiyalar Allohning kalimasini oliy qilish va butun dunyoga adolat ulashish uchun choʻlu biyobonlarni kechib, markablari dengiz toʻlqinlariga shoʻngʻir edi. Musulmonlar qoʻshinlari okeanga qarab, “Agar ortingda biror yurt borligini bilganimizda edi, Islom bayrogʻini tikish uchun albatta senga shoʻngʻigan boʻlar edik”, deya xitob qilardi. Musulmonlar xalifasi bulutga qarab, “Istagan yeringga yomgʻir yogʻdir. Chunki sen islomiy yurtlarni sugʻorasan”, derdi… Musulmonlar xalifalari ortida turib, agar yaxshi ish olib borsa, beliga quvvat boʻlardilar, agar yaxshi ish olib bormasa, undan hisob talab qilardilar, u ham, ular ham Allohning shariati oldida barobar edi. Ummat, davlat va jamiyatni harakatlantiruvchi kuch Islom edi, Islom bilangina harakat qilardilar. Ramazonni moʻminlar yuzlari yorugʻ, kulguvchi va xurram holda kutib olardilar, bu oyni mahzunlik bilan kuzatib, undagi yaxshiliklarga guvoh boʻlish va ikki dunyo yutugʻini qoʻlga kiritish uchun unga yana mushtoq boʻlardilar. Zero, eng buyuk yutuq mana shudir.

Biz Alloh Subhanahuga duo qilib, ushbu oyni jamiki musulmonlar uchun yaxshilik va barakot oyi qilishini, kelasi Ramazonni roshid Xalifalik barpo etilgan holda olib kelishini soʻraymiz. Darhaqiqat, xalifa oy kuzatilishini oʻzi boshqaradi va faqat oʻzi eʼlon qildiradi, keyin bu oyni jihod, nusrat, barakot va bandalarga rahmat oyiga aylantiradi. Ana shunda Ramazon Xalifalik soyasida davom etadi, oʻz nuri va ziyosiga hamda ibodat va jihod oyi boʻlgan holatiga qaytadi, qaytadan ikki marta takbir aytiladigan boʻladi: muazzin roʻza iftori uchun takbir aytadi, mujohid nusrat quchgani bilan takbir aytadi… va bunga Allohning izni ila yaqin qoldi.

إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا

“Albatta Alloh Oʻzi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-oʻlchov qilib qoʻygandir” [Taloq 3]

Sizga ikkinchi xushxabarim shuki, ushbu muborak kechada “Voqeya” kanali ish boshladi.

Ha, bugun Hizb ut-Tahrirning axborot daraxti meva berdi, meva berganda ham, qip-qizarib, totli va barakali boʻldi, koʻrib koʻzlar quvonadi, qalblar orom oladi… uning tomoshabinlari toyilish, adashish va aldanishdan omon qoladi, bu meva haqni baralla aytadi, botilni yakson etadi, uni dil koʻzlari tomosha qiladi, shu mevaga loyiq boʻlganlarga va oʻzi hozir boʻlgan xolda (yaʼni sidqidildan) quloq tutganlarga yaxshilik olib keladi… Bu mevaning nomi ham “Voqeya” (himoya qiluvchi), atamasi ham “Voqeya”dir… qanday ajoyib nom va atama-ya, chunki u nuri bilan yoʻlni yoritib, baralla aytuvchi haq soʻzlari bilan toʻgʻri yoʻlga yetaklaydi:

قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ

“Ayting – mana shu Mening yoʻlimdir, Men Allohga daʼvat qilaman, Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga-ishonchga egamiz, Allohni poklayman, (Zero) men mushriklardan emasman” [Yusuf 108]

Va nihoyat: men bismillo ila, koʻzimiz quvonchi boʻlmish “Voqeya” ochiq, deb eʼlon qilaman… Toki, u eshittirishlar berib kelayotgan radioga va Roya gazetasiga yetib olsin va ular bilan, eshitadiganimiz, oʻqiydiganimiz, tomosha qiladiganimiz goʻzal soʻzlarni nido qilib, qalblarni tiriltirsin, butun dunyoga ezgulik ulashib, osmoni falakka yetib borsin… Soʻnggi duoimiz butun olamlar Parvardigori Allohga hamd aytmoqlikdir.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Birdaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta – Hizb ut-Tahrirning amiri

————————-

Shuningdek, men ham Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʻlimi raisi va matbuot boʻlimi xodimlari tomonidan ushbu muborak oy munosabati bilan yoʻllangan tabrikni Hizb ut-Tahrir amiri ulugʻ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaga va barcha musulmonlarga yetkazayotganimdan mamnunman. Alloh Subhanahudan barchamizni ushbu magʻfirat va yaxshiliklar oyi boʻlmish ramazon oyida doʻzaxdan ozod etilgan bandalar jumlasidan qilishini hamda Laylatul Qadrga yetkazib uning ajriga erishgan zotlardan qilishini soʻrab qolamiz.

Allohim, osmonlaru yerning Parvardigori, bizni tez orada, kechiktirmay, ikkinchi roshid Xalifalikda musulmonlar xalifasiga bayʼat berish bilan sharaflantir…

Allohim omin, omin, omin.

Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Jumʼadan shanbaga oʻtar kechasi, hijriy 1438 yilgi muborak ramazon oyining birinchi kuni, milodiy 2017 yil 27 may.

Doktor Usmon Baxxosh Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot boʻlimi raisi

Manzil: al­Mazraa — “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat
Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.