Nazarbayev soqol va hijobni taqiqlashga chaqirdi

853
0

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev 19-aprel kuni Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi bilan uchrashdi.

Ostona shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Nazarbayev ayrim qozoq fuqarolari soqol qoʻyib, shimini qisqartirib kiyishi (shim poychasini toʻpiqdan tepada boʻlishi) qozoq urf-odatlariga zid ekanligini belgilab, bunga qonun doirasida taqiq qoʻyish chorasini koʻrib chiqishni taklif qildi.

“Ilmsizlik tufayli bizning yoshlar soqol oʻstirib, shimlarini qisqartirib olishyapti. Butunlay qoraga burkanib olgan qozoq qizlari koʻpayib boryapti. Bu bizning anʼanaga ham, xalqimizga ham yot boʻlgan koʻrinish, bunga qonun doirasida taqiq qoʻyish yoʻlini koʻrib chiqish kerak. Qozoqlar azador boʻlgandagina qora kiygan”,-dedi Nazarbayev.
Qozoq prezidenti kerak boʻlsa hukumat diniy boshqarmani qoʻllab, minglab imomlarning malakasini oshirishda yordam berishini qoʻshimcha qildi.

Prezident maʼmuriyati tarqatgan xabarga koʻra, Nazarbayev mazkur uchrashuvda mamlakat uchun anʼanaviy mazhab – Islom dinining Hanafiy mazhabi ekanligini alohida belgilab oʻtdi.

Turkiston:
Markaziy Osiyo respublikalarining mustabid prezidentlari AQSh bayroq qilib bergan “terrorizm”ga qarshi kurash bahonasida sof Islom dini va muxlis musulmonlarga qarshi kurash olib borishmoqda. Oʻzbekiston jallodi Karimov ham 1999-yil 16-fevral portlashlarini uyushtirganidan soʻng ommaviy ravishda Islom va musulmonlarga qarshi kurash boshlab yuborgan edi. U ham terrorizmga qarshi kurash bahonasida jamiyat ichidan islomiy koʻrinish va qadriyatlarni yoʻq qildi. Erkaklar soqoli, oq doʻppisi va ayollar hijobiga qarshi kurash boshlandi. Maktab va kollej oʻquvchilarini masjidlarga kirishiga va umuman diniy ilm olishlariga chek qoʻyildi.

Tojikiston togʻuti Imomali Rahmon esa terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonasida hatto yangi tugʻilgan chaqaloqlarga islomiy ismlar berishni man qildi. Kuni kecha eʼlon qilingan ismlar roʻyxatida ota-onalar uchun uch mingdan ziyod ismlardan birini oʻz farzandlariga qoʻyishlari tavsiya qilindi.

Endi Qozogʻiston prezidenti ham terrorizmga qarshi kurash bayrogʻi ostida Islomda farz va vojib boʻlgan qadriyatlarga qarshi kurashni kuchaytirmoqchi. Bu togʻut hokimlar Islom diniga qarshi kurash olib borishayotganda Hanafiy mazhabiga ergashishlarini daʼvo qilishadi. Holbuki, Axli sunna val jamoaning toʻrtala mazhabida ham soqolni qirib olish HAROM. Soqolni bir qabzagacha (7.7 sm – iyakdagi soqolni changallaganda mushtidan oshib qolgunicha) oʻstirish sunnat, oshganini kesib kaltalatish mustahabdir.

Marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Alloh u kishini rahmat qilsin – soqol haqida berilgan savolga quyidagicha javob bergan edi: Hanafiy mazhabi boʻyicha vojib. Soqolning chetlarini, yaʼni boʻyin va yuz qismidagi tuklarni olib tartibga solish mumkin. Hamda soch oladigan mashinkada soqolni kalta qilib qisqartirib yurish ixtilofli masala. Uzrli holat yoki kasb yoʻq.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Mushriklarga xilof qilinglar: soqollarni toʻliq qoʻyinglar, moʻylablarni qiringlar”, dedilar. “Ibn Umar roziyallohu anhu haj yoki umra qilsa soqolini tutamlab turib, ortigʻini olar edi”. Beshovlari rivoyat qilganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.