AQSh Mudofaa vaziri Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika safarini boshladi

543
0

AQSh Mudofaa vaziri Jim Mattis vazifasini boshlagandan buyon ilk bor Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika safarini boshladi. Mattis 18 apreldan 23 aprelgacha Saudiya Arabistoni, Isroil, Qatar, Misr va Jibuti davlatlarini aylanib chiqadi. AQSh rasmiylariga koʻra, Mattisning vazifasi IShIDga qarshi kurash va Trampning Suriyaga doir siyosatini ularga yetkazishdir. Mattis safarini Saudiya Arabistonidan boshladi.

Saudiya Arabistoni Qroli Salmon bin Abdulaziz Pentagon rahbarini poytaxt Ar-Riyoddagi Yamoma saroyida qabul qildi. Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi “SPA”ning xabariga koʻra, uchrashuv chogʻida asosan mudofaa sohasini kuchaytirish va ikki davlat oʻrtasidagi strategik doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlash hamda mintaqaviy va xalqaro oʻzgarishlar borasidagi masalalar muhokama qilingan.

Ar-Riyod shahrida tashkil qilingan matbuot anjumanida Jim Mattis Saudiya Arabistonining mintaqa va AQSh manfaatlari uchun xavfsizlik ustuni boʻlishda davom etayotganligini bildirdi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, AQShning ittifoqchilari AQSh prezidenti Donald Trampdan Suriya siyosatiga doir juda koʻp savollarga javob kutmoqda. Ular IShIDdan tozalangan joylar etnik yoki mazhablararo nizolarga sahna boʻlmasligi uchun yoki bu mintaqalardagi “ekstremistik” tashkilotlarning qayta jonlanishini oldini olish uchun Vashington qanday strategiyalar ishlab chiqqanligi haqida eshitishni istaydi. Biroq AQSh IShIDni yoʻq qilgandan soʻng qanday yoʻl tutishi va Saudiya Arabistoni kabi ittifoqchilariga qanday rol topshirishini hanuz maʼlum qilgan emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.