Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Bishkekka keldi

524
0

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu kuni kecha Bishkek shahriga tashrif buyurdi.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko ham Bishkekka kelib ketgan. Bu haqida Qirgʻiziston hukumatidagi manbaga tayangan holda “24.kg” axborot agentligi xabar tarqatdi.
Qirgʻiziston rasmiylari amalga oshirilgan tashriflar tafsilotlari haqida gapirishni istamay, faqatgina Sergey Shoyguning tashrifi xususiy xarakterga ega ekanligini maʼlum qilishdi. Xabarga koʻra, prezident Almazbek Atambayev Sergey Shoygu bilan uchrashuvida Rossiya va Qirgʻiziston hamkorligini mustahkamlash masalasi muhokama qilingan.

“24.kg” maʼlumotiga koʻra, Rossiya mudofaa vaziri ortidan Bishkekka Rossiya prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari Sergey Kiriyenko ham tashrif buyurigan.

Agentlik manbalari xabar qilishicha, Sergey Kiriyenkoning tashrifi ham Sergey Shoygu tashrifi kabi shaxsiy xarakterga ega.

Rossiyaning Qirgʻizistondagi elchixonasi Kremlning yuqori martabali rasmiysi Sergey Kiriyenkoni Bishkekka tashrif buyuriganini tasdiqladi. Ammo elchixona xodimlari Bishkekka amalga oshirilgan shaxsiy tashriflar dasturi va maqsadi haqida axborot berishni istashmagan. Sergey Shoygu tashrifi borasida izoh berishdan bosh tortishgan.

Turkiston:
Kufr olami Oʻrta Osiyoda navbatdagi qattiq bir silkinishga tayorgarlik koʻrishayotgandek harakat olib boryapti. Ular oʻzlariga moyil yetakchilarni oʻz atroflariga toʻplab olib, ular vositasida Oʻrta Osiyo mintaqasida borayotgan repressiyani yanada kuchaytirish bilan, urush holatini paydo qilishmoqchi. Chunki Afgʻoniston vahimasi Oʻrta Osiyo mamlakatlarida davlat tomonidan musulmonlarga qarata repressiv harakatlarni yanada kuchaytirilishiga sharoit yaratib beradi. Bu esa, davlat bilan musulmonlar oʻrtalaridagi jarlikni kengaytiradi. Natijada, Afgʻonistondagi holat Oʻrta Osiyoga koʻchib oʻtishi uchun oʻta keskin vaziyat yuzaga keladi. Bu kabi xoin yetakchilarimiz kufr tomonidan oʻzlari uchun kafolat berilgan tinchlik, osoishtalik uchun, bila turib oʻz mamlakatlarini jar yoqasi tomon tortishyapti.
Davlat rahbarlari kufrga xizmatchi boʻlib qolishsa, biz musulmonlar qanday pozitsiyada turishimiz kerak???

Avvalombor haqiqatni anglab olishimiz va biror moddiy manfaat evaziga toʻgʻri mulohazadan ogʻib ketmasligimiz vojib. Haqiqatni anglab yetish yuz berayotgan jarayonlarga siyosiy islomiy ong bilan baho berishga harakat qilish deganidir. Yaʼni, kufr biz musulmonlarni oʻrtalarimizdagi aloqalarimizni buzish orqali oʻrtalarimizga oʻzaro adovat solib, birimizni boshqamizga qarshi qoʻymoqchi. Buni anglagan musulmon kufrning bu maqsadi qanday oqibatlarga olib borishini va ularga ergashish yoki inkor qilishdagi shariy tomonlarini anglay boshlaydi. Shunda u toʻgʻri va samarali (toʻgʻri tomonga yoʻnalgan manfaatli) fikrlay boshlaydi. Lekin shayton uxlamaydi. Musulmonlarga bosim (imtihon) kelganida, ular ikki tanlov orasida qolib ketishlari tabiiy. Bir tomonda shu hayotdagi moddiy osoyishtalik (ish joyi, ozodlik, moddiy manfaatdorlik…) ikkinchi tomonda esa, ochiq oydin haqiqat (har bir zulmga qarshi sharʼiy munosabatlar). Birodarlar, biz avvalom bor Islom va musulmonlarga qarshi yomon gumonda boʻlishdan tiyilishimiz kerak. Soʻng eng yomon musulmonni ham kufrga topshirib, uning ustidan hukm qilishiga rozi boʻlmasligimiz vojib. Chunki har bir musulmon qahramon, shahid, gʻoziy va sobir boʻla olmasligi mumkin. Lekin har bir musulmon, xoinlar safidan oʻrin olib qolishdan oʻzini tiyib, Islom va musulmonlarga qarshi guvohlik berishdan bosh torta oladi. Birodarlar iymonimizni saqlab qolaylik! Kufr va uning iflos loihalarini bizlarning ustimizga olib kelayotgan xoin rahbarlarimizni bu jirkanch xiyonatlaridan toʻxtatib qolaylik. Chunki ularni bu qabih rejalarini faqat biz musulmonlarning birdamligimizgina toʻxtata oladi!!!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.