Turkiyada muhojirlarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda

421
0

Turkiyaning Istambul shahri Zaytunburni provintsiyasida “terrorga qarshi kurash” (TEM) guruhi tarafidan tozalash amaliyoti oʻtkazildi. Amaliyot chogʻida 21 nafar musulmon uygʻurlar qoʻlga olinib, Zaytunburni xavfsizlik idorasiga olib ketildi. Hozirda ularni oʻz yurtlariga deportatsiya qilinishi aytilmoqda. Qamoqqa olinganlarning deyarli barchasi ayollar va yosh bolalardir. Ularning pasportlari bor va hatto koʻpchiligining Turkiyada doimiy yashash uchun ruxsatnomasi (iqoma izni) ham mavjud.

Xabarda aytilishicha, nodavlat tashkilotlar vakillari Zaytunburni xavfsizlik idorasiga borib, masʼullar bilan uchrashgan. Biroq ular mazkur amaliyot “TEM” guruhi tarafidan amalga oshirilganligi bois bu mavzuda biror maʼlumot bera olmasligini aytishgan. Qamoqqa olingan shaxslarning nomlari soʻralganda esa, “faqatgina advokatga maʼlumot beramiz, hozir favqulodda holat mavjud, shuning uchun ular bilan uchrashtirish ham mumkin emas”, deb javob berishgan.

Nodavlat tashkilotlar vakillari mavzuga doir Istambul xavfsizlik departamentiga ham murojaat qilishgan va yuqoridagi javobni olishgan. Xavfsizlik idoralari favqulodda holat sababli bu borada besh kungacha hech qanday maʼlumot bera olmasliklarini bildirishgan.

Turkiston:
Qamoqqa olinganlarning koʻpchiligining Turkiyada doimiy yashash uchun ruxsatnomasi (iqoma izni) borligi ularning kimligi va qayerda yashashlari davlatga maʼlum demakdir. Shunday ekan ularni IShIDga aloqadorlikka ayblash aqlga toʻgʻri kelmaydi. Buning ustiga yosh bolalar va muslima ayollar qanday terrorist boʻlishi mumkin?!

Agar mana shu kishilar Xitoyning xansu butparastlaridan boʻlganida, TEM guruhi ularni ham qoʻlga olgan va davlat ularni deport qilgan boʻlarmidi?! Aslo! Shundogʻam minglagan xansular Turkiyada bemalol ishlab, tinchgina yashab yurishibdi. Hech kim ularni qamoqqa olmayapti. Biroq oʻsha xansularning zulmidan qochib, Musulmonlar yurtiga panoh izlab kelgan mazlum musumonlar uchun esa sichqonning ini ming tanga. Ammo qachongacha???

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.