Qirgʻiziston favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻsh viloyati Oʻzgan tumanining Ayuu qishlogʻida yuz bergan kuchli tuproq koʻchkisi oqibatida 24 kishi halok boʻldi.
FVV matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, 29 aprel kuni soat 6:40lar chamasida Oʻzgan tumanining Ayuu qishlogʻida 1 mln kub metr keladigan koʻchki yuz bergan.
“Koʻchki 7 ta uyni bosib qolgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, ulkan tuproq massasi ostida 24 kishi qolib ketgan. Shulardan 9tasi bolalar”,- deb aytildi xabarda.
“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]
Biz, Turkiston sayti xodimlari Qirgʻizistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir aʼzolari nomidan Rahmli va Mehribon Allohdan koʻchki yuz berishi natijasida halok boʻlgan vatandoshlarimizning gunohlarini magʻfirat qilib, qilgan solih amallarini oʻzlariga hamroh qilishini soʻraymiz.
Ularning oila aʼzolari, qarindosh-urugʻlari va oilaga yaqin boʻlgan barcha doʻstlariga chuqur taʼziyamizni bildiramiz. Alloh sizlarga sabru jamil ato etsin. Alloh sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.
“Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir!” [Anfol, 46]