Suriya masalasi boʻyicha uchrashuv qoldirildi

794
0

BMT, AQSh va Rossiya oʻrtasida Jenevada oʻtkazilishi rejalashtirilgan Suriya masalasi boʻyicha uchrashuv qoldirildi. Bu haqida BMT vakili Steffan de Mistura BMTning Jenevadagi ofisida tashkil qilingan matbuot anjumanida eʼlon qildi. Misturaning bildirishicha, baʼzi sharoitlar toʻgʻri kelmaganligi uchun uch tomonlama yigʻilish qoldirilgan.

“Buning oʻrniga Rossiya Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari Gennadiy Gatilov bilan qizgʻin muzokaralar oʻtkaziladi. Ostona va Jeneva jarayonini muhokama qilamiz”, dedi BMT vakili.

AQSh nima uchun bu uchrashuvga ishtirok etmaslikka qaror qilganligi haqida berilgan savolga “Buning sababini ularning oʻzlaridan soʻrashingiz kerak”, deb javob berdi BMT vakili.

Mistura Jeneva-6 uchrashuvi maydondagi oʻzgarishlarni eʼtiborga olgan holda, qulay bir kunda oʻtkazilishi koʻzda tutilganligini qayd etdi.

Jeneva-5 muzokaralari 22 mart va 1 aprel kunlari boʻlib oʻtgan edi.

Turkiston:

Suriyada ilmoniy rejim oʻrnatish uchun Jenevada, Ostonada yoki boshqa-boshqa joylarda bir qancha yigʻilishlar oʻtkazildi. Suriyada muvaqqat hukumat tashkil qilish, yangi konstitutsiya ishlab chiqish va saylovlar oʻtkazish haqida qarorlar qabul qilish uchun bor imkoniyatlar sarflandi.

AQSh boshchiligidagi koalitsion davlatlarning birdan-bir maqsadi Suriyada ilmoniy yaʼni Islomni hayotdan uzoqlashtirgan demokratik davlatni tiklashdir. Bu borada Rossiya, Turkiya va Saudiya Arabistoni kabi davlatlar poy-patak boʻlib AQShga xizmat qilishmoqda. “Biz Suriyada ilmoniy demokratik davlat qurilishining tarafdorimiz”, degan bayonotlarni Turkiya rasmiylaridan ham, boshqalaridan ham takror-takror eshitib kelyapmiz.

“Suriyaning kelajagini Suriya xalqi belgilaydi” degan gaplar esa faqat ogʻizda qolgan gaplardir. Chunki Suriya xalqi Shariatdan boshqasini tan olishmayapti. Biroq ular “Suriya xalqi” deganda Asadning ilmoniy rejimiga qarshi bosh koʻtargan xalqlarni emas, balki mehmonxonalarda agʻanab yotgan va choʻntaklari pulga toʻldirib qoʻyilgan bir nechta kishilarnigina nazarda tutmoqdalar.

Shunday boʻsa-da kufr olami Suriyada oʻzlari koʻzlagan natijaga erisha olmayapti. Chunki Suriya xalqi Islomiy boshqaruv tarafdori ekanligini baralla eʼlon qilib, ilmoniy davlatni qatʼiyan rad etmoqdalar. Shuning uchun bugungacha boʻlgan urunishlarning barchasi puchga chiqdi. Jeneva 6-7-8-9 va hokazo uchrashuvlar davom etishi mumkin. Ammo ulardan ham biror natija chiqmasligi koʻrinib turibdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.