Lavrov: Suriya masalasida AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildik

431
0

Lavrov: Suriya masalasida AQSh bilan hamkorlikni davom ettirishga qaror qildik

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning amerikalik kasbdoshi Reks Tillerson Moskvadagi muzokaralardan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanida qoʻshma bayonot berdi. Sergey Lavrov Suriyada qoʻllangan kimyoviy qurollar hujumi haqida tekshiruv oʻtkazishga chaqirdi.

Lavrovga koʻra, AQShning Idlibdagi kimyoviy hujum ustida tekshiruv oʻtkazishni qoʻllab quvvatlashga tayyorligi Rossiyaga maʼlumdir. Shuningdek Lavrov yuzaga kelgan baʼzi muammolarga qaramay, oʻzaro hamkorlikdan umidi borligini bildirib, Rossiyaning hali ham AQSh bilan har sohada hamkorlik qilishga tayyorligini taʼkidlab oʻtdi.

“Bizning Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan aloqamizni buzmoqchi boʻlayotganlar bor. Idlib shahridagi kimyoviy hujum ustidan tekshiruv oʻtkazishni talab qilamiz. AQSh bilan Suriya masalasida hamkorlikni davom ettirishga qaror qildik. Suriyada havo sohasi boʻyicha shartnoma yangidan tuziladi”, dedi Lavrov.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson esa Asad rejimi ellikta joyda xlor bombasi va turli kimyoviy qurollar ishlatganligi haqida gapirar ekan, “Idlibdagi kimyoviy hujumni Asad rejimi uyushtirganligidan ishonchimiz komil”, deya qoʻshimcha qildi.

AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mattis ham Suriya rejimi Idlib shahrida uyushtirgan kimyoviy hujum haqida “kimyoviy hujumdan rejim javobgarligidan hech shubhamiz yoʻq”, dedi. Shu bilan birga Mattis Amerikaning Suriyadagi ustuvor masalasi oʻzgarmaganligini va IShIDni yoʻq qilish milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan AQShning eng muhim ustuvor masalasi boʻlishda davom etishini taʼkidladi. “AQShning Suriyadagi harbiy siyosati oʻzgargani yoʻq”, dedi u.

Turkiston:

Rossiya buyuk davlatlar qatorida tursada, biroq Yaqin Sharq mintaqasida oʻz bilganicha ish yuritish imkoniyatiga ega emas. Shunga koʻra Rossiya u yerlarda oʻzi tuzgan reja asosida ish olib bora olmaydi. Uning u yerlarda qiladigan birdan-bir ishi kelishilgan bitim doirasida Amerikaga xizmat koʻrsatishdan iboratdir.

Shuning uchun IShIDga qarshi kurash olib borayotganligini daʼvo qilayotgan Rossiya Iroqda hech qanday faoliyat olib borayotgani yoʻq. Vaholangki yirik miqdorda neftu gaz va resurslarga boy boʻlgan Iroqda ham IShIDning anchagina nufuzi bor. Mana shundan koʻrinib turibdiki, Rossiya bu mintaqalarda AQShning ruxsati va koʻrsatmasi bilangina ish yuritadi. Rossiya bu borada Amerikaga biroz boʻlsa ham, taʼsir oʻtkazishga qodir emas.

Shuningdek, Rossiya Suriyada ham, oʻzining mustaqil siyosatini yurgiza olmaydi. U faqat oʻziga yuklangan vazifani qoyilmaqom qilib amalga oshirmoqda xolos. Yaʼni rus hukmdorlari siyosiy jihatdan uzoqni koʻra olmaganliklari tufayli AQShning Suriyadagi oʻzi qila olmaydigan ishlarini bajarib bermoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.