Nazarboyev konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi

463
0

Nazarboyev konstitutsiyaga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi

“Kun.uz”ning xabar qilishicha, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakatning konstitutsiyasiga kiritilgan tuzatishlarni imzoladi. Unga koʻra prezidentning qator vakolatlari parlament va hukumatga beriladi.

“Davlat rahbari “Qozogʻiston respublikasi konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini imzoladi”,- deyilgan xabarda.

Oʻtgan haftada Qozogʻiston parlamenti konstitutsiyaga kiritiladigan oʻzgartirishlar loyihasini birinchi oʻqishda maʼqullagandi.

Hujjatda mamlakat asosiy qonunining davlat tarmoqlari oʻrtasida vakolatlarni taqsimlashga qaratilgan 23ta moddasiga oʻzgarishlar kiritilishi koʻzda tutilgan.

Taklif etilgan tuzatishlar parlament rolini kuchaytirish, hukumat mustaqilligi va masʼuliyatini oshirishga qaratilgan. Qonun loyihasi, shuningdek, sud tizimi va prokuraturaning konstitutsiyaviy asoslariga aniqlik kiritadi.

Turkiston:

Islom Karimovning kutilmaganda oʻlib qolishi ortidan, uning oila aʼzolariga koʻrsatilayotgan salbiy munosabatlar Nursulton Nazarbayev va Almazbek Atambayevni xavotirlantira boshladi.

Qirgʻizistonda avtoritar rejim oʻrnatilgan emas. Shuning uchun bu mamlakatda qattiq silkinish kutilmaydi. Lekin Qozogʻistonda Nazarbayev prezident boshqaruvi asosidagi avtoritar rejim oʻrnatib olgan. Uning rejimi bir tomondan Oʻzbekistondagi Karimov rejimini eslatadi. Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyayev sobiq prezidentning oilasi homiyligi ostida shakillangan har bir tarmoq vakillarini almashtirib, butun bir sistemani yangilab boryapti. Karimovlar oilasiga tegishli biznes tarmoqlari, mol mulk va jamiyatdagi obruy-eʼtiborlari tortib olinyapti. Shunga oʻxshash holat, albatta Nazarbayev va Atambayevlar oila aʼzolarini va yaqinlarini ham kutyapti.

Shuning uchun Nazarbayev boshqaruv salohiyati tugaguniga qadar, yetakchilik salohiyatini Qiziga olib berish maqsadida reformalar boshlab yubordi. Qirgʻizistonda Almazbek Atambayev ham referendum oʻtkazib, boshqaruv tizginini parlamentga olib berish maqsadida jiddiy harakatlar olib boryapti. Atambayev parlamentda oʻz partiyasi diktaturasini oʻrnatib olmoqchi. Nazarbayev esa, parlamendagi partiyaviy diktaturasi ustiga qizini olib kelib, koʻzi tiriklik vaqtida rejimni unga boʻyin sindirib bermoqchi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.