Qirgʻiziston yana qashshoq davlatlar safida

861
0

Qirgʻiziston yana qashshoq davlatlar safida

Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev bundan ikki yil oldin OAV bergan intervьyusida, Xalqaro hamjamiyat endilikda Qirgʻizistonni qashshoq davlat deb hisoblamasligini maʼlum qilgan va “Koʻpchilik, shu jumladan OAVlari ham bu xabarga jiddiy eʼtibor qaratishmadi, ammo Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar tasnifi boʻyicha bizning mamlakat 2014 yildan boshlab qashshoq davlatlar qatoridan chiqdi va oʻrtacha daromadga ega rivojlanayotgan mamlakatlar safiga oʻtdi”, – degan edi.

Oradan ikki yil oʻtib esa Qirgʻiziston yana qayta qashshoq davlatlar safidan oʻrin oldi. Amerikaning Global Finance iqtisodiy jurnali 2016 yilgi boy va qashshoq mamlakatlar anʼanaviy reytingini eʼlon qildi. Tahlilchilar tomonidan 189 davlat koʻrsatkichlari inobatga olingan roʻyxatda Qirgʻiziston 148-oʻrinni egallagan va avvalgi koʻrsatkichga nisbatan 6 pogʻona pastga tushib ketgan. Qirgʻiziston Papua-Yangi Gvineya va Jibuti davlatlari oʻrtasidan joy olib, dunyodagi eng qashshoq davlatlar 50taligi safiga kiritilgan.

Jurnal reytingni tuzishda Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining ochiq maʼlumotlaridan foydalangan. Reyting asosiga aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning xarid qobiliyati tengligi boʻyicha qayta hissoblangan natijasi olingan.

Reytingga koʻra, MDH mamlakatlari orasida eng yuqori natija Rossiyaga tegishli boʻlib, u aholi jon boshiga 26,109 dollarlik koʻrsatkich bilan 52-oʻrinda. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng badavlat deb topilgan (54-oʻrin) Qozogʻistonning har bir fuqarosiga bir yilda 25,670 dollar toʻgʻri keladi. Turkmaniston 17,4 ming dollar bilan 73, Qirgʻiziston 3467 dollar bilan 148, Tojikiston 2982 dollar bilan 157-oʻrinda joylashgan.

Turkiston:

Ha, Atambayev yuzini Rossiya tomonga burmoqda. Endi unga qarshi Gʻarb tomonidan matbuot hujumlari boshlanadi. Xalqaro siyosatda zaif davlatlarga qarshi hamisha iflos va gʻirrom uslublar bilan kurash olib boriladi. Kapitalistik sistema butun yer yuzidagi mamlakatlarni bir nechta davlatlar manfaati uchun xizmat qiladigan global (markazlashtirilgan) tizimni paydo qildi. Atambayev singari zaif davlatning zaif yetakchilari, olamiy yetakchi davlatning manfaatlaridan yuz oʻgirishsa, ularga qarshi siyosiy, iqtisodiy bosimlar bilan birga, matbuot urushi ham eʼlon qilinadi. Toki davlat yetakchilari bilan fuqorolari oʻrtalaridagi jarlik kengayib boraversin. Yuqoridagi statistik maʼlumot orqali ham siyosiy kurash uyushtirishmoqchi. Manqurtlashtirilgan zaif davlat siyosatchilari esa, bu xalqaro siyosatning iflos boshqaruv sistemasiga yopishib olishgan!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.