Gambiyadagi siyosiy vaziyat

472
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيم

Savolga javob

Gambiyadagi siyosiy vaziyat

Savol: Hizbning boshqa musulmonlar masalalariga ahamiyat bergandek Afrikadagi musulmonlar masalalariga ham ahamiyat qaratishini iltimos qilamiz. Chunki boshqa musulmonlar yurtlarida biron hodisa yuz berdi deguncha u haqda bir kun yoki ikki kundan keyin bayonot chiqadi… Lekin masalan Gambiya haqida shu bugungacha hech narsa chiqqani yoʻq. Holbuki bu mamlakatdagi hodisalar ikki oyga yaqin vaqt davom etdi. Shuning uchun yuz bergan voqealar jarayoniga oydinlik kiritib berishni iltimos qilamiz. Nega Gʻarbiy Afrika davlatlari yangi prezident Adama Berrouni qoʻllab-quvvatladi? Nega bu davlatlar sobiq prezidentga – u hokimiyatdan ketishi uchun – kuchli bosim oʻtkazdi? Xalqaro suddan chiqib ketgani uchunmi yoki Gambiyani Gambiya Islom respublikasi deb atalgani uchunmi? Bularning biron aloqasi bormi? Xususan yangi prezident 2017 yil 28 yanvarda poytaxt Banjulda oʻtkazgan matbuot konferentsiyasida oʻzining “vaʼdasini bajarishini va oʻz mamlakatining xalqaro suddan chiqib ketishi haqida sobiq prezident Yahyo Jomiʼ qabul qilgan qarorni bekor qilishini” aytdi. (Al-Jazira, 2017 yil 29 yanvar).

Javob: Hizb ut-Tahrir bir siyosiy hizb boʻlib, mabdasi Islomdir. Musulmonlarning barcha masalalari uning masalalaridir. U eng birlamchi masalalarga eʼtibor qaratadi. Biri haqida bayonot va nashra chiqarsa, boshqasi haqida keyinroq chiqaradi. Bu ahamiyat qaratmaslikni anglatmaydi. Bu aniq tushunarli boʻlishini umid qilib qolaman. Hizbning oʻz fikrati va tariqati boʻyicha harakati buni aytib turibdi. Alloh Yordamchidir. Endi Alloh tavfiqi bilan savolga javob beraman:

Javob Gambiyaning bu yurtga Islom kirib kelganidan boshlab uning tevaragidagi xalqaro kurashgacha boʻlgan siyosiy voqesini koʻrib-oʻrganib chiqishni taqozo qiladi. Bu quyidagicha boʻladi:

Gambiya bir Islomiy yurtdir. Chunki uning aholisi Islomga kirgan. Bu yurt aholisi soni 2 millionga yaqin boʻlib, musulmonlar aholining 95 %ini tashkil qiladi. Gambiya Britaniya tomonidan mustamlaka qilingan. Britaniya unga 1965 yilda mustaqillik berib, Britan Hamdoʻstligi Davlatlari safiga qoʻshdi… Britaniya Dovud Javarani britan tojiga tobe monarxiya-podshohlik nizomi sharoitida bosh vazir qilib oʻrnatib qoʻydi va unga 1970 yilda respublikani eʼlon qilishni buyurdi. Dovud Javara respublikaning birinchi prezidenti boʻldi. Bu davrga kelib Amerika mustamlakachi Yevropaga tobe boʻlgan Afrika davlatlariga, xususan podshohlik nizomi oʻrnatilgan davlatlarga hujum boshlagan edi. Britaniya Liviyada ham – bu mamlakatga Amerika podshohlik davrida hujumlarini kuchaytirgan paytda – xuddi shunday ish tutdi. Chunki Britaniya 1969 yilda oʻzining malayi podshohga qarshi 26 yoshli Qazzofiy kabi tanilmagan bir zobitning toʻntarish yasab jumhuriyatni eʼlon qilishiga yoʻl qilib berdi. Britaniya Amerikaning Liviyadagi podshohlik nizomiga qarshi toʻntarish yasash uchun boʻlgan kuchli urinishlariga yoʻlni kesib qoʻyish uchun shunday ish tutdi. Shunday qilib, demak Britaniya uchun boshqaruv nizomining shakli oʻzgarishi muhim emas, aksincha oʻz nufuzining va mustamlakasining saqlab qolishini taʼminlaydigan mazmunning saqlanib qolishi muhimdir.
Gambiya oʻtgan asrning oxirida Amerikaning tobora kuchaygan bosimlari va hujumlari ostida qoldi. Ana shu paytda Britaniya tanilmagan va yoshi 29dan oshmagan harbiy zobit Yahyo Jomiʼni olib kelib uni 1994 yil 22 iyulda oʻzining malayi, mamlakatning birinchi prezidenti Dovud Javaraga qarshi – uning prezidentligi 30 yil davom etdi – toʻntarish yasashga majbur qildi. Britaniyaning bundan maqsadi oʻzining bu mamlakatdagi nufuzini saqlab qolish edi. Liviya Qazzofiy davrida Gambiya askarlarini mashqdan oʻtkazib turar edi. Chunki Britaniya oʻzining malayi Qazzofiyni oʻzining Afrikadagi malaylarini himoya qilish uchun ishga solar edi. Qazzofiy ozodlik haqidagi bayonotlar bilan ham chiqa boshladi. Bu bayonotlarga baʼzi islomiy kalimalarni va mustamlakachilikka qarshi arabizm degan soʻzlarni aralashtirar edi. Ayni vaqtda u Britaniya rejalarini amalga oshirar va Islomni tatbiq etishdan butunlay yiroq edi. Yahyo Jomiʼ koʻrgan choralar xuddi shunday boʻldi. Chunki u 2013 yilda Gambiyaning Britan Hamdoʻstligi Davlatlari ittifoqidan chiqishini eʼlon qildi. U bu ittifoqni “yangi mustamlakachilikni yanada chuqurlashtirish tashkiloti” deb atab bu tashkilot “olamdagi barcha rivojlanuvchi davlatlar ustidan Gʻarb hukmronligini oʻrnatish rejalariga xizmat qiladi” dedi. Yahyo Jomiʼ ingliz tilining mamlakatning rasmiy tili sifatidagi statusini bekor qilib arab tilini rasmiy til qilib qoʻydi. U bunday dedi: “300 yil davom etgan mustamlakachilik davrida Britaniya bizga “Xudo qirolichani saqlasin” degan gimnni qanday kuylash kerakligidan boshqa narsani oʻrgatmadi”. U 2015 yilda Gambiya respublikasini islomiy davlat deb eʼlon qildi. U 2015 yil 11 dekabrda mamlakatining rasmiy televideniyesida chiqib oʻzining “oʻzlik va diniy qiymatlar bilan uygʻun-hamohang boʻlish uchun Gambiyani “islomiy davlat” deb eʼlon qilganini” aytdi… U bunda “musulmonlarning mamlakat aholisining eng koʻp qismini tashkil qilishlarini” hisobga olganligini, “Gambiya konstitutsiyasida nizom mamlakat ustidan yuzlab yillar davomida hukmron boʻlib kelgan va uni mustamlakaga aylantirgan ingliz mustamlakachisi mamlakat uchun oʻrnatib qoʻygan ilmoniy nizom ekanligi koʻrsatilgani uchun mustamlakachilik merosi davom etib kelganini, mamlakat endi bu merosning davom etishiga chiday olmasligini” aytdi. Bu bilan esa mamlakat ismi Gambiya Islomiy respublikasi boʻlib qoldi. Faqat nomigina oʻzgardi, mazmun esa oʻzgarmay oʻsha eski holicha qoldi. Islom amalda tatbiq etilmadi. Gambiya ham qoʻshni Mavritaniya kabi boʻlib qoldi. Chunki Mavritaniya ham islomiy respublika deb ataladi. Vaholanki u Islomni tatbiq qilmaydi. Aksincha Yevropa mustamlakachiligiga tobedir. Yahyo Jomiʼ tashlagan bu qadamdan maqsad oʻzining boshqaruvi tanqidlarga uchrayotgan bir sharoitda va Amerika uni qulatib uning oʻrniga oʻz malayini olib kelishga urinayotgan bir paytda oʻz hokimiyatini mustahkamlash va xalq orasida oʻz reytingini yanada koʻtarish edi. Aholining oʻz farzandlarini inglizlar maktablariga yuborishdan – bu maktablarni oʻzligidan mahrum etilib mustamlakachiga tobe boʻlgan avlodlarni yetishtirib chiqaradi deb hisoblab – bosh tortganligi odamlarning Islomga boʻlgan muhabbatining bir dalili edi. Shuning uchun odamlar darslar arab tilida boʻlishini va dars programmalariga islomiy tarbiya darsligi kiritilishini shart qilib qoʻydilar. Shularga qaramay Britaniya nufuzi – unga hech bir zarar yetmay – saqlanib qolaverdi va Britaniya ishlar jilovini bevosita yoki parda ortidan turib oʻzining mamlakatdagi malaylari vositasida oʻz changalida ushlab turishda davom etaverdi. Britaniya Islom nomining respublikaga qoʻshilishining – modomiki u maʼnosiz bir quruq lafz boʻlib qolaverar ekan, yaʼni Islom tatbiq qilinmas ekan va modomiki Britaniya Amerika bosimi qarshisida oʻz malayining reytingini saqlab qolaverar ekan – hech bir taʼsiri boʻlmasligini koʻrdi.
2014 yil 30 dekabrda Yahyo Jomiʼga qarshi toʻntarish urinishi yuz berdi. U bu vaqtda mamlakat tashqarisida edi. Isyonchilar uni qulatish umidida uning prezidentlik saroyiga hujum qilishdi. Bu urinish ortida Amerika turdi. Chunki uni Amerikaning Texas shtatida yashovchi Cherno Njiye hamda Amerikada yashayotgan boshqa uch shaxs boshqarganligi aniqlandi. Toʻntarishga urinish barbod boʻlganidan keyin ana shu toʻrt shaxs Amerikada yengil jazolarga hukm qilindi. Chunki Cherno Njiye bir yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Prokuror Endryu Lyuger “Bu toʻrt kishi mamlakatimiz tashqi siyosatini va Qoʻshma Shtatlar ichkarisi va tashqarisidagi barcha amerikaliklarni himoya qilishga oid mavjud qonunlarni buzishdi” dedi. (Reyter, 2016 yil 13 may). Demak Amerika – goʻyo ana shu urinishni bilmagandek – haqiqatni yashirish uchun oʻzining asl kelib chiqishi gambiyalik boʻlgan fuqarolarini sud qildi. Agar toʻntarishga urinish muvaffaqiyatli chiqqanida edi Amerika uni albatta qoʻllab-quvvatlagan boʻlardi. Lekin bu urinish barbod boʻlgani uchun Amerika ana shu shaxslarni yengil jazolar berish bilan sud qilib ana shu spektaklni uyushtirdi.
Shunday qilib, demak Amerikaning Yevropa, jumladan Britaniyaning Gʻarbiy Afrika mintaqasidagi nufuziga hujumi tobora kuchaydi. Buni boshqa mintaqalarda ham kuzatish mumkin. Amerika bunda bu yoki anavi davlatda inson huquqlari yomon ahvolda degan narsani bahona qildi. Aslida esa bu mustamlakachilar uchun inson huquqining hech bir qiymati va vazni yoʻq! Amerika bu bahonani Gambiyadagi Yahyo Jomiʼga qarshi zoʻr berib ishlatdi. Amerikaning bundan maqsadi uni oʻzgartirish va Britaniya nufuzini siqib chiqarib uning oʻrniga oʻz nufuzini kiritish edi. Ana shu hujum shu darajada shiddatli boʻldiki, Yevropa Amerikaga yoʻlni kesib qoʻyish uchun bu hujum bilan yonma-yon qadam tashladi… Masalan Yevropa Ittifoqi oʻzining Gambiyaga yordamlarini xuddi oʻsha bahonaning oʻzi bilan, yaʼni “Bu mamlakatda inson huquqlari sohasida yomon koʻrsatkichlar qayd etildi” degan bahona bilan vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. Britaniya malaylarni Amerika qarshi chiqolmaydigan tarzda almashtirish maqsadini koʻzladi. Chunki bu almashtirish demokratiya nomi bilan boʻldi. Bu vositadan Gʻarb davlatlari bir-birining nufuzini siqib chiqarish uchun foydalanadi yoki uni aralashish uchun bir bahona sifatida ishga soladi. Maʼlumki Gambiya konstitutsiyasi har besh yilda saylovlar oʻtkazilishini taqozo qiladi. Dovud Javara hamda uning Gambiya siyosatiga, yaʼni Gambiyadagi inglizparast siyosiy doiraga hukmron boʻlib kelgan xalq taraqqiyot partiyasi saylovlarda doimo gʻalaba qozonib keldi. Yahyo Jomiʼning 22 yillik davrida ham xuddi shunday boʻldi, u ham doimo oʻzining gʻalaba qozonganini eʼlon qilib keldi. Shunday qilib oʻtgan yilning oxirida, 2016 yil 2 dekabrdagi prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Uning raqibi Adama Berrouning gʻalaba qozongani eʼlon qilindi. Adama Londondagi savdo doʻkonlaridan birida xavfsizlik soqchisi boʻlib ishlayotgan edi. U 2006 yilda oʻz mamlakatiga qaytib koʻchmas mulklar shirkatini taʼsis etdi va uni oʻzi doim boshqarib keldi. Demak u boshidan oxirigacha inglizlar bilan bogʻlanib keldi.
Yahyo Jomiʼ magʻlubiyatni tan olib rasmiy televideniyeda “Gambiyaliklar mening ketishimga qaror berib, mamlakatni boshqarish uchun boshqa shaxsni yoqlab ovoz berishdi” deb bildirdi. U oʻz raqibi bilan telefon orqali bogʻlanib “Sen Gambiyaning saylangan prezidentisan, senga yanada muvaffaqiyat tilayman” dedi. Lekin u uzil-kesil gʻalabani qayta koʻrib chiqish kengashi ikki raqib oʻrtasidagi farq 60 mingdan 20 mingdan kamroqqa qisqarganini eʼlon qilgan paytda oʻz soʻzidan qaytdi va “Baʼzi fuqarolar ovoz berish imkoniga ega boʻlolmaganini, ayni paytda notoʻgʻri maʼlumotlar boshqalarning ovoz berishiga toʻsiq boʻlganini” aytdi. U bunday dedi: “Saylov qutilariga yana qaytamiz, chunki men butun Gambiya betaraf va mustaqil boʻlgan, hech qanday ajnabiy taʼsirga boʻysunmaydigan saylov komissiyasi nazorati ostida ovoz berayotganiga ishonch hosil qilmoqchiman”. Bu yerda uning hokimiyatdan ketishi va yangi malay foydasiga prezidentlik mansabidan voz kechishi toʻgʻrisida u bilan tuzilgan bir kelishuv borga oʻxshaydi. Lekin u oʻzining hokimiyatda yana bir necha yillar qolishiga Britaniyani koʻndirishi mumkin deb oʻylagan koʻrinadi! Biroq yevropaliklar, xususan Britaniya bu malayining endilikda hokimiyatda qolishi imkoni qolmadi degan fikrga keldi. Yevropa Amerikaning bu mamlakatga hukmron boʻlib olib uni Britaniyadan tortib olishi mumkinligidan xavf qilib qoldi. Ayniqsa Amerika oʻz tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mark Toner orqali 2016 yil 10 dekabrda Gambiya prezidentining saylov natijalarini rad etganini qoralaganidan keyin Yevropa shunday xavotirga tushib qoldi. Amerika rasmiy vakili bunday dedi: “Jomiʼning pozitsiyasi oʻz mamlakati Gambiya xalqi ishonchini qoʻpol tarzda mensimaslikdir. U gambiya xalqining haqiqiy saylov protsessiga boʻlgan ishonchiga putur yetkazishga boʻlgan bir sharmandali urinishdir. Jomiʼning maqsadi hokimiyatda gʻayriqonuniy tarzda qolishdir”. Bu esa Amerikaning aralashuvi uchun bir kuchli hujjat-bahonadir. Shuning uchun Britaniya Jomiʼning hokimiyatda qolishini rad etdi va bu mavzuni Gʻarbiy Afrika davlatlari (EKOVAS)ning aralashuv haqidagi qarori bilan hal qildi. U aslida Yevropa, xususan bu mintaqadagi nufuz egalari Britaniya va Frantsiya foydasiga boʻlgan amaliyotdir. Xavfsizlik Kengashining doimiy boʻlmagan aʼzosi Senegal 2017 yil 19 yanvarda Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari Britaniya va Frantsiyaning qoʻllab-quvvatlovi bilan boʻladigan aralashuvga ruxsat berilishi uchun ana shu qaror loyihasini Xavfsizlik Kengashiga taqdim qildi. Yahyo Jomiʼ rejimiga qarshi oppozitsiyani boshqarayotgan va aralashish uchun bahonalar qidirayotgan Amerika bunga yoʻq deyolmaydi. Shu sababli Xavfsizlik Kengashi 2017 yil 19 yanvarda bu qaror loyihasini bir ovozdan maʼqulladi. Chunki Xavfsizlik Kengashi oʻzining “Bir guruh Gʻarbiy Afrika davlatlarining Gambiyadagi xalq istak-xohishini eng avvalo siyosiy vositalar orqali hurmatlashni kafolatlashga qattiq amal qilayotganini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini” bildirdi. Yaʼni bu vositalar barbod boʻlgan paytda gʻayrisiyosiy vositalarni ishga solish mumkin boʻladi. Natijada bu davlatlar harbiy vositalarni ishga solishga oʻtadi.
Shunday qilib bu masala hal boʻldi… 2016 yil 15 dekabrdan boshlab Senegalda yashayotgan Adama Berrou oʻz mamlakatining Senegaldagi elchixonasida 2017 yil 19 yanvarda qasamyod qildi… Shundan keyin Senegal, Nigeriya va Gana quruqlik kuchlarini Gambiya chegaralari sari yubordi. Bu bilan bir vaqtda Jomiʼni hokimiyatdan ketishga va mamlakatni tark etishga majbur qilish uchun vositachiliklar amalga oshirildi. Gʻarbiy Afrika davlatlari Yahyo Jomiʼga fursat berdi, oxiri u 2017 yil 20 yanvarda chiqib hokimiyatdan ketishini va mamlakatni tark etishini bildirdi. Bu davlatlarning boshliqlari Yahyo Jomiʼga – uni mamlakatga allaqachon yetib kelishga ulgurgan regional harbiy kuchlar agʻdarib tashlashidan oldin – hokimiyatni tinch yoʻl bilan topshirishiga oxirgi fursatni berish uchun Gambiya poytaxtiga kelishdi… Oʻsha kunning oʻzida, yaʼni 2017 yil 20 yanvarda Gambiya armiyasi qoʻmondoni “yangi prezident Adama Berrouni oliy qoʻmondon deb tan olishini va muddati tugagan prezident Yahyo Jomiʼni agʻdarib tashlashga tayyorlanayotgan regional kuchlarga qarshi aslo jang qilmasligini” eʼlon qildi… Natijada Yahyo Jomiʼ 2017 yil 21 yanvarda hokimiyatdan ketish va mamlakatni tark etish haqida qaror qabul qilishga majbur boʻldi. Chunki uni mamlakat ichkarisida va xorijda himoya qiladigan biron kuch qolmagan edi… Ana shundan keyin BMT, Afrika Ittifoqi va Gʻarbiy Afrika davlatlari iqtisodiy guruhi Gambiyada harbiy harakat toʻxtatilishini hamda Yahyo Jomiʼning – u hokimiyatdan ketishini va mamlakatni tark etishini eʼlon qilganidan keyin – oʻz mamlakatiga qaytish huquqi kafolatlanishini eʼlon qildi. Ekvatorial Gvineya hukumati rasmiy vakili Agustin Nze 2017 yil 24 yanvarda oʻzining mamlakati Gambiya prezidenti Yahyo Jomiʼga – Gambiyada har qanday qurolli toʻqnashuvning oldini olish uchun – siyosiy boshpana huquqini berishini taʼkidladi. (AFP 2017 yil 25 yanvar). Bu bilan esa Gambiyada olti hafta davom etgan siyosiy krizis yakuniga yetdi. Shunday qilib Yahyo Jomiʼning 22 yil davom etgan boshqaruv davri yopildi. Bu Yevropa nufuzini saqlab qolish uchun bir malay oʻrniga boshqa malayni olib kelish bilan amalga oshirildi.
Xulosa: Gambiyada oʻzgarish Yahyo Jomiʼ xalqaro suddan chiqib ketgani uchun boʻlgani yoʻq. Chunki bu yerda xalqaro sudga kirmagan koʻpgina davlatlar, jumladan Amerika bor… Yahyo Jomiʼ davlat nomiga “islomiy” degan soʻzni qoʻygani uchun ham hokimiyatdan ketgani yoʻq. Chunki shu nomdagi bir necha davlatlar bor. Chunki Gʻarbni qoʻrquvga soladigan narsa Islomning Islom davlatida tatbiq etilishidir. Ammo maʼnosiz quruq lafzning oʻzi mustamlakachilarni qoʻrquvga solmaydi… Aksincha yuz bergan bu oʻzgarish xalqaro kurash sirasiga kiradi. Chunki Amerika yevropaliklarni ularning Afrikadagi mustamlakalarida taʼqib qilmoqda. Amerika qulay fursat topgan paytda bu mustamlakalarga chang solib ularni yevropaliklardan tortib olmoqchi. Amerika bunday fursatni Yahyo Jomiʼ boshqaruvi ostidagi Gambiyada “inson huquqlarining poymol etilishi” degan bahona bilan topganga oʻxshaydi. Shuning uchun Yevropa (Britaniya) toʻlqinga minib olish va bir malay oʻrniga boshqa malayni olib kelish zarur, degan fikrga keldi. Chunki shunda Yevropa Amerikaga yoʻlni kesib qoʻyadi va ana shundan keyin Britaniyaning Gambiyadagi nufuzini bir muncha paytgacha boʻlsa ham davom etishini saqlab qolgan boʻladi…
Gambiya ahli ham boshqa musulmonlar kabi Islom boshqaruviga mushtoqlik bilan intilmoqdalar. Ular oʻzlarini mustamlaka sirtmogʻidan va kufr boshqaruvidan xalos qiladigan kishini intizor boʻlib kutmoqdalar. Bu xalos qilish daʼvatni Rosululloh A koʻtarib chiqqanidek va Rosululloh Aning sahobalari – ulardan Alloh rozi boʻlsin – Paygʻambarimiz yoʻlini tutganlaridek koʻtarib chiqishda va roshid Xalifalikni tiklashda butun kuchini sarflashga qodir boʻlgan har bir musulmonning masʼuliyatidir. Natijada Xalifalikda hayot kechirgan ochiq-oydin hujjat bilan hayot kechiradi va halok boʻlgan ham ochiq-oydin hujjat bilan halok boʻladi:

وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ الْمُؤْمِنُونَ * بِنَصْرِ اللَّهِ يَنْصُرُ مَنْ يَشَاءُ وَهُوَ الْعَزِيزُ الرَّحِيمُ

“Oʻsha kunda moʻminlar Alloh nusrat bergani sababli shodlanurlar. (Alloh) Oʻzi xohlagan kishiga nusrat berur. U qudrat va rahm-shafqat egasidir” [Rum 4-5]

3 jumodul-avval 1438h

31 yanvar 2017m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.