Rossiya Hizb ut-Tahrir aʼzolarini hatto Shvetsiyada ham taʼqib qilmoqda!!

518
0

Rossiya Hizb ut-Tahrir aʼzolarini hatto Shvetsiyada ham taʼqib qilmoqda!!

Rossiya ommaviy axborot vositalarining 2017 yil 25 yanvarda tarqatgan xabarlariga koʻra, Tatariston respublikasi boʻyicha ichki ishlar vaziri Artem Xoxorin hozirda Shvetsiyada yashayotgan va bundan sal avval qarindoshlari uyida tintuv va boshqa amaliyotlar oʻtkazilgan rossiyalik Hizb ut-Tahrir aʼzolaridan bir nechtasiga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi. Buni u ichki ishlar vazirligining 2016 yilgi ish faoliyatlariga oid yakuniy majlisda aytib oʻtdi. U Hizb aʼzolarini “Shvetsiyada yashab, internetda rusiyzabon foydalanuvchilar orasida ekstremistik gʻoyalar tarqatayotgan tatar fuqarolar toʻdasi”, deya sifatladi.

Ushbu jinoiy ishlar Rustam Axmedov, Elьnur Minov, Lenar Galimov va uning rafiqasi Leysanlarga qarshi qoʻzgʻatildi. Koʻrinib turibdiki, mazkur Hizb ut-Tahrir aʼzolariga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatilishiga ularning jamoiy faoliyat olib borganligi sabab boʻlgan. Bu birodarlarimiz Rossiyani tark etganlaridan soʻng, videoroliklar tayyorlash, intervьyular berish hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat koʻrsatish orqali jamoatchilikka rus rejimi jinoyatlarini fosh qilib kelayotgan edilar.

Rossiya hukumati Hizb ut-Tahrir aʼzolarini hatto Rossiyadan koʻchib ketganlaridan keyin ham taʼqib qilishda davom etmoqda. Bundan tashqari, Rossiya xavfsizlik kuchlari mamlakatni tark etgan Hizb aʼzolariga qarshi nafaqat jinoiy ish qoʻzgʻamoqda, balki tinimsiz ravishda ularning yaqinlarini ham tazyiq ostiga olib kelmoqda. Keyin esa yillik “yutuq”lari bilan maqtanib, bu ishlarini “terrorizmga qarshi kurash” deya daʼvo qilishmoqda! Umuman dalillikka yaramaydigan yolgʻon va tuhmatlari ularning abgor siyosatidagi birdan-bir vosita boʻlib qoldi.

Shunga qaramay, ularning barcha saʼy-harakatlari bekorga ketadi. Chunki ularning yolgʻonlari real haqiqatni yashira olmaydi. Zero, butun dunyo Hizb ut-Tahrirning qanday hizb ekanini yaxshi biladi. Hizbning Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash yoʻlida zoʻravonlikni qoʻllamasligi, balki bu yoʻlda Rosululloh Aning fikriy va siyosiy kurash tariqatlarini mahkam ushlagani barchaga maʼlum.

Alloh Subhanahu va Taolodan Rossiya Islomga qarshi dushmanlik siyosatini olib borishdan tiyib qoʻyiladigan, Rossiya zindonlaridagi barcha mazlum musulmonlar ozodlikka chiqadigan, musulmonlar tinchlik va xavfsizlik izlab oʻz yurtlari va yaqinlarini tark etishga majbur boʻlmaydigan kunga barchalarimizni tezroq yetkazishini soʻrab qolamiz! Alloh Subhanahu va Taolo aytadi:

وَلَا تَحْسَبَنَّ اللَّهَ غَافِلاً عَمَّا يَعْمَلُ الظَّالِمُونَ إِنَّمَا يُؤَخِّرُهُمْ لِيَوْمٍ تَشْخَصُ فِيهِ الْأَبْصَارُ

“Siz hargiz: “Alloh zolim kimsalarning qilayotgan amallaridan gʻaflatda”, deb oʻylamang. Faqat Alloh ularni(ng jazolarini) koʻzlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qoʻrqinchli qiyomat) kuniga qoldirmoqda, xolos” [Ibrohim 42]

781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.