Ostonada oʻtadigan Suriya boʻyicha uchrashuvga kimlar taklif etilgani maʼlum boʻldi

729
0

Ostonada oʻtadigan Suriya boʻyicha uchrashuvga kimlar taklif etilgani maʼlum boʻldi

“Kun.uz”ning maʼlum qilishicha, Suriya mojarosini hal etish boʻyicha Ostonada oʻtadigan uchrashuvga AQSh va Iordaniya vakillari taklif etildi. Bu haqda Qozogʻiston tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berildi.

Qozogʻiston poytaxtida Suriya boʻyicha navbatdagi yigʻilishni 2017 yilning 15-16 fevralь kunlari oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuvda Suriyada harbiy harakatlarni toʻxtatish boʻyicha rejimga amalga qilish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, qoʻshma tezkor guruh haqidagi nizomning qabul qilinishi, sulh rejimini davom ettirish boʻyicha qoʻshimcha choralar hamda boshqa amaliy qadamlar yuzasidan ham fikr almashiladi.

“Ostonadagi ushbu uchrashuvga Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi, Suriya Arab Respublikasi hukumati delegatsiyalari, Suriya qurollangan muxolifati vakillari, BMTning maxsus vakili S. de Mistura, kuzatuvchi sifatida esa – AQSh vakillari taklif etildi”,- deya taʼkidlab oʻtilgan tashqi ishlar vazirligida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.